Toshkent-2012 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. TROPIK TIBBIYOT Tropik patologiyaning xususiyatlari
- Iqlimiy sharoit
- Yuqori haroratning roli
- Namligi yuqori issiq o‘lkalar
- Quruq-issiq (arid) iqlimli o‘lkalar
- Suvning roli
- Tuproqning roli
- Tropik o‘lkalardagi infeksiya va invaziyalarni tarqalishida tuproq va suvning taqqosiy roli (Lisenko A.Ya., 1983)
- Ijtimoiy—iqtisodiy omillarni tropik o‘lkalar aholisi sog‘ligiga ta’siri
Simptomatik davolash. Bu usullar bemorni bevosita qilayotgan u yoki bu alomatlarni yo‘qotish maqsadida qo‘llanadi. Bosh va qo‘l-oyoq qaqshab og‘rishini qoldirish uchun aspirin yoki tarkibida shu preparati bo‘lgan dorilar, asfen, askofen, shuningdek, analgin, pentalgin, amidopirin, butadion, spazmalgon kabi tabletkalar qo‘llanadi. Aspirin tutgan preparatlarni faqat ovqatdan so‘ng ichish tavsiya qilinadi. Och qoringa ichilganda bu preparatlar me’da shilliq qavatiga yemiruvchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ko‘ngil aynab, qusish to‘xtamasa, serukaldan ukol qilish yaxshi foyda beradi. 37 Qorindagi og‘riqni qoldirish maqsadida papaverin, no-shpa, bekarbon, spazmalgon, baralgin kabi dorilar tabletka holida yoki inyeksiyasi buyuriladi. Tana harorati uzoq vaqt yuqori bo‘lib ketganida analgin dimedrol, novokain eritmalari aralashmasi inyeksiya qilinib kuniga 1—2 marta yuboriladi. Bolalarda bunday holda sefikon shamchasini to‘g‘ri ichakka kiritish yoki panadol suspenziyasidan ichirish samara beradi. 38 II. TROPIK TIBBIYOT Tropik patologiyaning xususiyatlari Tropik tibbiyot issiq o‘lkalarda tarqalgan kasalliklar va ularga xos xususiyatlarni o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha bilimlarni o‘z ichiga oladi. Tropik kasalliklar yer kurrasining ekvatorial, subekvatorial, tropik va subtropik iqlimiy sharoitli, juda keng hududida tarqalgan. Tropik hudud — Afrika qit’asining deyarli barcha qismi, Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo, Lotin Amerikasi va Okeaniyaning katta qismi, shuningdek Avstraliyaning shumoliy qismini egallaydi. Shuningdek, tropik o‘lkalar bilan chegaradosh bo‘lgan — tibbiy-geografik jihatidan ham tropik, ham mo‘tadil iqlimli sharoitga xos xususiyatli («oraliq kamar») hududlar ham mavjud. Tropik o‘lkalar bilan chegaradosh hududlarga — O‘rtayer dengizi o‘lkalari, Oldingi va O‘rta Osiyo, Uzoq Sharqning katta qismi, Avstraliya, AQSH ning janubi, Janubiy Amerikaning ba’zi hududlarini kiritish mumkin. Tropik va subtropik o‘lkalarda yer yuzi aholisining 3/4 qismi istiqomat qiladi. Aholining ko‘pchilik qismi taraqqiy etayotgan davlatlar hududida yashaydi. Tropik kasalliklar — yuqumli, parazitar va yuqumsiz kasalliklar guruhlariga ajratiladi. Tropik kasalliklar iqlimiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sharoitlar ta’sirida shakillanadi. Aytilgan sharoitlar, kasallikning klinik— epidemiologik xususiyatlari va mahalliy kasalliklarni geografik tarqa- lishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham tropik yuqumli va parazitar kasalliklar o‘zining xususiyatlari va ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Yuqumli-parazitar tropik kasalliklar tropik va subtropik o‘lkalar aholisi orasida keng tarqalgan. Ular xalq salomatligiga juda katta putur yetkazish bilan birga, aholining ish qobiliyatini keskin pasaytirib, ulkan iqtisodiy zarar ham keltiradi. 39 JSST ning bergan ma’lumotiga ko‘ra (1997-yil) — yer yuzining 90 ta davlatida bezgak bilan har yili 300—500 mln. odam kasallanadi va 1,5—2,7 mln. odam (ularning 80% i Afrikada) o‘lmoqda. Yevropada har yili 7000—10000 chetdan kirib kelgan bezgak qayd etilmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra ommaviy kasallanish va o‘lim, ayniqsa bolalar orasida ko‘proq rivojlanayotgan mamlakatlarda kuzatilmoqda. Har yili qizamiqdan — 2,5 mln, bezgakdan — 1 mln., diareya kasalliklaridan — 5 mln. bolalar o‘lmoqda. Tropik iqlimli hududlarda, mo‘tadil iqlimli o‘lkalarda kuzatiladigan kasalliklarning barchasi va ulardan tashqari, shu o‘lkalarga xos, bir qancha yuqumli va parazitar kasalliklar uchraydi. Faqat tropik o‘lkalarning o‘zidagina tarqalgan kasalliklar turi unchalik ko‘p bo‘lmasada (sariq isitma, denge isitmasi, pappatachi, tropik virusli gemorragik isitmalar, uyqu kasalligi, amerika tri panosomozi, shistosomozlar, ankilostomidozlar, filyaridozlar, drukunkulez, leyshmaniozlar, frambeziya va b.), ular xalq salomatligiga katta zarar yetkazadi. Tropik o‘lkalarda uchraydigan ayrim yuqumli kasalliklarning klinik kechimi mo‘tadil iqlimli o‘lkalardagi shu kasalliklar kechimidan ancha farq qiladi. Issiq o‘lkalarda tropik yuqumli va parazitar kasalliklarning tarqalishi, qator tabiiy va ijtimoiy omillar majmui bilan bog‘liq. Tropik va subtropik hududlarda tabiiy (yer yuzasining issiqlik balansi, havo, suv va tuproqning harorati) omillar, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy (uy-joy, yashash, mehnat sharoitlari, sog‘liqni saqlash tizimining takomilligi va boshqa.) omillarning ahamiyati kattadir. Iqlimiy sharoit Tropik o‘lkalarning iqlimiy sharoiti juda xilma-xil bo‘lib, u hududning okeanga yaqinligi, ichki suv xavzalarining mavjudligi, dengiz sathidan balandligi va o‘ziga xos o‘simlik dunyosi bilan bog‘liqdir. O‘lka patologiyasining xususiyatlari barcha hududlarda ham shu o‘lkaning iqlimiy sharoiti bilan bog‘liq. Tropik hududlarning iqlimi 40 uchun xos umumiy xususiyati — yillik jami issiqlikning yuqoriligidir. Tropik hududlarning iqlimiy sharoiti xilma-xilligi bilan ikki ti pga bo‘linadi: 1, Quruq issiqli (arid) va 2, Nam issiqli (gumid) hududlar. Tropik o‘lkalarning iqlimi issiq. Yillik jami issiqlikning yuqoriligi, sayyoraning quyi kengliklari uchun xos bo‘lgan, quyosh radiatsiyasining juda kuchliligi bilan bog‘liq. Iqlimning ikkinchi xos xususiyati — yog‘ingarchilikning ko‘p bo‘lishidir. Yog‘in ko‘p bo‘ladigan tropik o‘rmon (djungliya) larda namlik juda yuqoridir. Agar mo‘tadil iqlimli hududlarda yillik yog‘in miqdori o‘rtacha 1000 mm bo‘lsa, ekvatorial o‘rmonlarda 3—5 va hatto 10 ming ml ga boradi. Issiq o‘lkalarda yog‘in davrida havoning nisbiy namligi doimiy yuqori bo‘lib, 80—90%, ba’zan hatto 100% ga yetadi. Tropik hududlarda yilning fasillarini havoning issiq-sovuqligi yoki oylar bilan belgilash qiyin. Tropik o‘lkalarga ko‘proq ikki xil: yomg‘irli va qurg‘oqchil mavsumlar xosdir. Yuqori haroratning roli Issiqlikning o‘zi va ayniqsa u yuqori namlik bilan birgalikda ta’sir etganda organizmning fiziologik jarayonlarida chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Issiqlik tana haroratini idora etuvchi sistema hamda suv-elektrolit almashinuvi mexanizmiga ta’sir ko‘rsatadi. Issiqlik kuchli chanqov qo‘zg‘atib, odamni ko‘p suyuqlik iste’mol etishga, shu jumladan mavjud suv manbalari va ochiq suv havzalaridan suv ichishga majbur etadi. Qaynatilmagan suv ichilganda ichak infeksiyalari va invaziyalari bilan zararlanish xavfi ortadi. Ayrim hollarda iqlimiy muhit, tropik o‘lkalarga xos bo‘lgan ba’zi (issiq urishi, quyoshdan kuyish singari) kasalliklarning asosiy sababchisi bo‘ladi. Ayniqsa, issiqlikning salbiy ta’siri tufayli organizmda yuzaga keladigan reaktiv o‘zgarishlarning ahamiyati muhimdir. Namligi yuqori bo‘lgan tropik sharoitda ko‘p miqdorda ajralayotgan terning dimlanishi va to‘qimalarning bo‘kishi (matseratsiyasi), bo‘kkan terida shartli-patogen mikroblarning tez ko‘payishi, keng tarqalgan zamburug‘lar va treponematozlarning ayrimlari (frambeziya, penta) bilan zararlanishi tufayli terida der- matitlar ko‘p rivojlanadi. 41 Namligi yuqori issiq o‘lkalar Namligi yuqori issiq (gumid) hududlarga — ekvatorial va subekvatorial doimo namligi yuqori bo‘lgan Afrika (Kongo daryosi sohili) va Janubiy Amerika (Amazonka daryosi sohili) o‘rmonlari, Indoneziya, Hindiston yarim oroli, Avstraliyaning shimoliy qismi kiradi. Bu hududlar uchun havoning harorati va namligini turg‘un saqlanishi xos bo‘lib, eng past (24—25°C) haroratli oylar bilan yuqori haroratli kunlarni farqi uncha katta bo‘lmaydi va haroratning sutkalik tebranishi 10°C dan dan oshmaydi. Yog‘inning yillik miqdori 2000—4000 mm, havo namligi esa 75—90% bo‘ladi. Bunday iqlimiy muhit ko‘pchilik mikroblar, parazitar hayvonlar hamda kasallik manbayi va yuqtiruvchisi bo‘lgan bo‘g‘imoyoqli hasharotlarning yashashi va ko‘payishi uchun qulay sharoit yaratadi. Tuproqning yuqori namligi va issiqligi unda geogelmintoz (askarida, qilbosh gijja) larni tez rivojlanishiga va zamburug‘larni tez ko‘payishiga yaxshi omil bo‘ladi. Ochiq havzalardagi suvlarning issiqligi ko‘pchilik hasharot (chivin, mayda chivin va b.) larni tezlik bilan urchishiga hamda ayrim (shistosomalar, drakunkulez va b.) invaziyalarning oraliq xo‘jayini bo‘lmish yumshoq tanli (mollyuska) lar va qisqichba- qasimonlarni tez ko‘payishiga yaxshi muhit yaratadi. Issiq iqlimning turg‘unligi, bir qancha virusli va parazitar kasalliklarni hamda ularni yuqtiruvchi hasharotlarni, masalan: Afrikada — uyqu kasalligini yuqtiruvchi — sese pashshasi, Amerika qit’asida — Shagas kasalligini yuqtiruvchi — triatom qandalalari, odam shistosomozining qo‘zg‘atuvchisi uchun oraliq xo‘jayin bo‘lmish malyuskalarni va yana ko‘p boshqa hasharotlarni saqla- nishiga qulay sharoitdir. Yog‘ingarchilikni ko‘pligi tufayli saqlanib turadigan yuqori namlik, nisbatan yuqori haroratli (25—30°C) sharoitda havoning og‘ir dimligini yaratadi va nafas olishni og‘irlashtirib, inson ruxiya- tiga salbiy ta’sir etadi va ish qobiliyatini pasaytiradi. Yerlik aholida, bunday iqlimiy sharoitga moslanishni bir qancha belgilari yuzaga kelgan, masalan: bo‘yning pastligi, terining qoraligi, 42 burunning kengligi, shuningdek, tanada issiqlik ishlab chiqarishni kamaytiruvchi, issiqlik yo‘qotishni esa ko‘paytiruvchi moslama belgilar — ter bezlarining ko‘pligi, ko‘p ter chiqarish, asosiy modda almashinuvi xolesterin miqdori va moy ajratishning pasayishi kuzatiladi. Shu bilan birga, mahalliy alohida bir qancha kasallik alomatlari ham kuzatiladi. Havo namligining yuqoriligi va ko‘p terlash turli xil yuqumli va yuqimsiz teri kasalliklarining keng tarqalishiga sabab bo‘ladi. Mahalliy aholi orasida, yetakchi o‘rin tutgan, parazitar ka- salliklar, surunkali kechimi va juda tez tarqalishi bilan farqlanadi. Bu albatta, tabiiy sharoit bilan bevosita bog‘liqdir. Quruq-issiq (arid) iqlimli o‘lkalar Bunday iqlimliy o‘lkalar tropik va subtropik sahroli hududlarda joylashgan — Jazoir, Tunis, Marokko, Misr A.R., Sudan, Arab yarimoroli, Avstraliya, AQSH, Markaziy va Janubiy Osiyo va boshqalardir. Bu o‘lkalar asosan sahroli (Sahara) hududlarda joylashgan bo‘lib, iqlimiy sharoiti gumid hududlardagidan keskin farq qiladi — havo harorati yuqori, namligi esa juda kam, quyosh radiatsiyasi kuchli bo‘lib, vaqti-vaqti bilan chang-to‘zonli bo‘ronlar kuzatilib turadi. Yoz oylarida sahrolarda havoning o‘rtacha harorati 25—30°C dan yuqori bo‘lib, kunduz kunlari soya joyda 40—50°C ga yetadi. Ayniqsa yilning qish hamda bahor oylarida havo va tuproq haroratining sutkalik tebranishi keskin bo‘ladi, masalan: Saharada harorat 30° va 70°C orasida, qish oylarida esa kunduzgi 15—20°C dan kechasi 4—6°C gacha o‘zgarib turadi. Sahrolarda havo juda quruq bo‘ladi. Havoning o‘rtacha oylik namligi 20—30% orasida, yozning issiq oylarida esa 3% dan 8% gacha bo‘ladi. Sahro iqlimining yana bir asosiy xususiyati — quyosh radiatsiyasining kuchliligi bo‘lib, mahalliy aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Sahro havosida bulutning deyarli bo‘lmasligi quyosh nurini to‘siqsiz yerga tushishi va yer yuzasining kuchli qizishi, yerdan qo‘shimcha issiqlik nurlanishiga olib keladi va odam organizmiga 43 salbiy ta’sir etadi. Yer yuzasini kuchli qizish va uni havoga o‘tishi tufayli chang-to‘zonli bo‘ronlar va kuchli issiq-quruq shamollar kuzatilib turadi. Bunday paytlarda odam o‘zini juda yomon xos qiladi, teri va shilliq pardalar qurshab, bosh og‘riydi, asabiy jumbushlar kuzatiladi. Sahro iqlimining organizmga salbiy ta’siri mahalliy aholida va chetdan kelgan odamlarda turlicha namoyon bo‘ladi. Mahalliy aholida evalutsion tarzda bir qancha biologik moslashuvlar majmui yaralgan. Ular organizmda jadal issiqlik yo‘qotish, tananing ortiqcha qizib ketishdan va quyosh radiatsiyasidan asrashga moslashgan. Ularning tana og‘irliklari kam bo‘lgani holda, bo‘ylari uzun, ozg‘in bo‘ladilar, umumiy modda almashinuvi (10—15% ga) va gaz almashinuvi pasaygan, yurak urish tezligi kamaygan, xolesterin miqdori past, moy ajralishi va ter ajralishi kamaygan bo‘ladi. Bularning barchasi tanada issiqlik ishlanishini kamaytirib, issiqlik yo‘qotishini kuchaytiradi. Teri pigmentatsiyasining kuchliligi sahro aholisini quyosh radiatsiyasini kuydiruvchi va konserogen ta’siridan saqlaydi. Quyoshli kunlarning ko‘p bo‘lishi sababli boshqa, mo‘tadil iqlimli o‘lkalarga nisbatan tropik o‘lkalarda terini quyoshdan kuyishi va teri saratoni kasalliklari ko‘p uchraydi. Osiyo va Janubiy Amerikaning ayrim o‘lkalari mahalliy aholisining kiyinish tarzi (yopiq kiyim, keng soyabonli bosh kiyimi) ham quyosh radiat- siyasidan saqlashga moslashgan. Tropik o‘lkalarda chetdan kelgan odamlarga ultrabinafsha nurlanishning kuchliligi juda ahamiyatlidir. Teri saratoni Afrika va Avstraliyaning yerli aholisi orasida, oqtanlilarga nisbatan 27 marta kam uchraydi. Quyosh radiatsiyasining foydali ta’siri ham bor. Ultrabinafsha nurlanish kuchli bo‘lgan hudud aholisi orasida gi povitaminoz «D» kam kuzatiladi. Aholi chiqindi bilan ifloslangan atrof-muhitni infeksiyadan tozalash (sanatsiyalash) da quyosh radiatsiyasining ahamiyati beqiyosdir. Yilning quruq va issiq davrida tuproqqa yoki sabzavot hamda mevalarga tushgan ichak infeksiyalari, shuningdek havo yo‘li bilan yuquvchi infeksiyalar va ayniqsa viruslarni ham ko‘payishi va saqlanishi uchun sharoit keskin kamayadi. 44 Biroq sahroning quruq va issq havosi, sutka davomida haroratning keskin o‘zgarib turishi, quruq hamda ko‘p changli havo nafas yo‘llarini qitiqlashi tez-tez shamollash kasalliklariga sabab bo‘ladi, chunki mahalliy aholining kiyimi ham uy-joy sharoiti ham havo haroratini qisqa muddatli, biroq ba’zan keskin, tungi yoki mavsumiy sovib ketishlariga moslashmagan. Havo haroratining sutkalik farqlanishi 50°C ga yetishi mumkinligini inobatga olmoq kerak. Ayrim qurg‘oqchil o‘lkalarda havoning ortiqcha quruqligi va changliligi yuqori nafas yo‘li a’zolarining barerlik faoliyatini pasaytiradi, ularni (bronxitlar, rinitlar) va ko‘z shilliq pardasini zararlaydi (konyunktivitlar). Bu xastaliklar umumiy kasalliklar va o‘lim majmuida salmoqli o‘rin tutadi hamda o‘pka sili kasalligini ko‘payishiga omil yaratadi. Ko‘z kasalliklaridan yuqumli konyunktivitlar va traxoma ko‘p uchraydi. Bunday iqlimiy sharoit shilliq pardalar va teriga ta’sir etib, ularni qurshatadi hamda oqibatda ular onson jarohatlanadi va terida stafilokokkli (sahro yarasi, fagedenik yara singari) yaralar, teri difteriyasi, hamda leykoz va boshqa kasalliklarni keng tarqalishiga sabab bo‘ladi. Chetdan kelgan odamlarga yuqori haroratdan tashqari, ayniqsa qumli (hamsina, sirokko, shergi va b.) bo‘ronlar og‘ir ta’sir etadi, oqibatda bemorning ishtahasi yo‘qoladi, teri qitiqlanib yallig‘lanadi, yurak-tomir faoliyati buziladi (Morokko bo‘yicha — shergi sindromi), shuningdek, depressiv, nevrologik va psixik o‘zgarishlar yuzaga keladi. Sahroli hududlardagi ekstremal iqlimiy sharoit chetdan kelgan odamlar organizmiga salbiy ta’sir etib, ularning salomatligini buzadi va keyinchalik organizmning qarshi kuchini kamaytirib mavjud bo‘lgan surunkali kasalliklarning qo‘zg‘alishiga olib kelishi mumkin. Suvning roli Tropik issiq o‘lkalarda yog‘inning ko‘p va davomli bo‘lishi oqibatida ko‘p ochiq suv havzalari paydo bo‘ladi va barcha suv 45 manbalari (daryolar, irmoqlar, dengiz plyajlari, quduqlar), ko‘cha va hojatxonalar chiqindilari bilan ifloslanadi. Suvning doimiy iliqligi va namlikning yuqoriligi esa bu suvlarda ichak infeksiyalarini (amyobiaz, ichburug‘, vabo, tif—paratif kasalligi, salmonellyoz, leptospiroz va b.), shuningdek, suv havzalarining doimiy yashov- chilari bo‘lgan — mollyuskalar (shistosoma va b., trematodlar), qisqichbaqa — sikloplar (dranukul) va boshqalarni saqlanishi hamda ko‘payishiga juda qulay sharoit yaratadi. Bunday kasalliklarni yuqishi qaynatilmagan suv ichilganda, cho‘milganda yoki behosdan suv yutilganda sodir bo‘ladi. Suv, nafaqat kasallik qo‘zg‘atuvchilari va ularning oraliq xo‘jayinlarini, balki ularni yuqtiruvchi hasharotlarni ham ko‘payishi uchun yaxshi omil bo‘ladi. Suv havzalarida juda ko‘p hasharotlar, jumladan — bezgak, filyaridozlar, sariqli isitma, denge isitmasi kasalliklarini yuqtiruvchi-chivinlar; onxotserkozni yuqtiruvchi — mayda pashshalar; di petalonematozni yuqtiruvchi — mokritsalar va boshqalar ham tez ko‘payadi. Qurg‘oqchilik davrlarida suv havzalarining soni va hajmi kamayadi, aholi ko‘pincha yaroqsiz suvni ichishga majbur bo‘ladi. Suv havzalarida suv kamaygan sari undagi zararli jonzotlar (masalan: serkariyalar, shistosomalar) ning konsentratsiyasi ortib boradi, demak yuqish xavfi ham ortadi. Daryo suvlarining kamayishi oqibatida suvi yaxshi isiydigan ko‘lmaklar paydo bo‘lib, bezgak chivinlarining tez ko‘payishiga yaxshi omil bo‘ladi. Binobarin, tropik o‘lkalarda suv, ko‘plab transmissiv kasallik- lar, ichak infeksiyalari va invaziyalarining keng tarqalishiga imkon yaratuvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Tuproqning roli Tuproqda bir necha xil yuqumli va parazitar kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari istiqomat qilishlari mumkin. Odamlar va ko‘pchilik hayvonlarni ajralmalari bilan ifloslangan tuproqda ayrim o‘tkir yuqumli kasalliklar (qoqshol, kuydirgi, botulizm) ni qo‘zg‘atuvchi mikroblarning sporalari va hatto ayrim o‘tkir ichak kasalliklari (iersiniozlar va b.) ning qo‘zg‘atuvchilari 46 saqlanishi mumkin. Ayrim parazitlar, masalan: geogelmintlar o‘zining rivojlanishida ma’lum bir bosqichni albatta tuproqda o‘tkazadi. Ayniqsa, inson va hayvonlar chiqindilaridan go‘ng sifatida foydalanuvchi xo‘jaliklarda ishlovchi aholi orasida sanalgan kasalliklarni keng tarqalishida tuproqning roli kattadir. Bunday tuproqlarda bolalarni o‘ynashi, ayniqsa yalang qo‘l va oyoq bilan tuproqqa ishlov berish, doimiy suv quyiladigan maydonlarda ishlash, shuningdek xom sabzavot va ko‘katlarni iste’mol qilish bu kasalliklarni yuqishiga keng yo‘l ochib beradi. Mo‘tadil iqlimli o‘lkalarga nisbatan tropik o‘lkalarda, iqlimiy sharoiti qulay bo‘lganligi tufayli, o‘nlab o‘simlik va hayvonat turlari yashnab yashaydi. Bu holat ko‘plab mikroblar, parazitar hayvonlar va kasalliklarni yuqtiruvchi, bo‘g‘im oyoqli hasharotlarning yasha- shiga ham taalluqlidir. Tuproqning yuqori namligi va issiqligi, unda geogelmint (askarida, qilbosh va b.) larni jadal rivojlanishi hamda zambu- rug‘larni tez ko‘payishiga imkon yaratadi. Bunday tuproqda trepanosomoz kasalliklarini yuqtiruvchi hasharotlar (sese pashshasi va treatom qandalasi) hamda leyshmaniozni yuqtiruvchi iskabtopar (maskit) lar ham tez ko‘payadi. Tropik o‘lkalardagi infeksiya va invaziyalarni tarqalishida tuproq va suvning taqqosiy roli (Lisenko A.Ya., 1983) Tuproq — omillar: ifloslangan qo‘l, yangi sabzavot va mevalar — kasalliklar: amyobiaz, ankilostomoz, askaridoz, (qorin tifi), (dizenteriya), (nekatoroz), poliomielit, (strongiloidoz), (qoqshol), toksokoroz, trixotsefalez. Yalang oyoq yurish, yalang‘och holda yerda yotish — kasallik- lar: (ankilostomoz), nekotoroz, stolbnyak, strongiloidoz. Yuqtiruvchi—hasharotlar yoki kasallik qo‘zg‘atuvchilarining ko‘payishi — kasalliklar: leyshmaniozlar, papatachi isitmasi, uyqu kasalligi, Loaoz, tungioz (tunga renitrans burgasi qo‘zg‘atadigan invaziya). Ochiq havzalar suvi. Ichish — kasalliklar: amyobiaz, qorin tifi, dizenteriya, drakunkulez, leptospirozlar, vabo, (shistosomozlar). 47 Cho‘milish — kasalliklar: (leptospirozlar), shistosomozlar. Suv o‘simliklari, baliq, qisqichbaqa va mollyuskalarni xom yoki chala xom holatda iste’mol qilish — kasalliklar: fassiolezlar, fassiolopsidoz, angiostrongilez, difillobotrioz, kapillyarioz, klonor- xoz, opistorxoz, viverralar, paragonimoz. Yuqtiruvchi-hasharotlarning ko‘payishi — kasalliklar: denge isitmasi, sariq isitma, bezgak, filyaridozlar (loaozdan tashqari). Izoh. Qavs ichida yuqish yo‘li ikkinchi darajali bo‘lgan kasallik- lar keltirilgan. Ijtimoiy—iqtisodiy omillarni tropik o‘lkalar aholisi sog‘ligiga ta’siri Tropik o‘lkalarda ko‘proq agrar davlatlar joylashgan bo‘lib, ularning ko‘pchiligida aholining sanitariya madaniyati, tabbiy xizmat va shuningdek, aholining ovqatlanishi (sifat jihatidan va miqdoran) past darajada ekanligi ma’lum. JSST ma’lumotiga ko‘ra, rivojlanayotgan mamlakatlarining 90% aholisining ichimlik suv bilan taominoti — shaharlarda — 76%, qishloqlarda esa 22% ni; chiqindilarni yo‘qotish esa taqriban 75% va 14% ni tashkil etadi. Sanitariya madaniyatining pastligi, bu o‘lkalarda ko‘pchilik yuqumli va parazitar kasalliklarning keng tarqalishi hamda binobarin o‘limning ham ko‘p bo‘lishiga olib keladi. Masalan: rivojlanayotgan mamlakatlar aholisi orasida umumiy o‘lim, rivojlangan mamla- katlardagiga nisbatan 4 marta ortiqdir. Tropik va subtropik o‘lkalarning qishloq joylarida yuqumli kasallik bilan yotqizilgan bemorlarning 50% ning kasallanishi, sifatsiz suv iste’moli bilan bog‘liq bo‘ladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda rivojlangan mamlakatlardagiga nisbatan bolalar o‘limi 5—10%, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda 10—40 marta, onalar o‘limi esa 50—80 marta ortiqdir . Bolalar o‘limining ko‘pligi tug‘ilishning juda yuqori bo‘lishiga olib keladi. Bu holat ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarga xos bo‘lib, ayrim o‘lkalarda yillik tug‘ilish 4—5% va undan ortiqdir. 48 Tug‘ilish va o‘limning mutanosib emasligi rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining juda tez ko‘payib borishiga sabab bo‘lmoqda. Yevropa va Shimoliy Amerika davlatlarida aholining yillik o‘sishi 0,5% ni tashkil qilgani holda ko‘pchilik Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlarida bu ko‘rsatkich 2—3% ni tashkil etadi. Bu holat, rivojlanayotgan mamlakatlarda bir qancha muammo- larni, shu jumladan tug‘ilishning cheklash muammosini keltirib chiqaradi. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling