Toshkent 2015 ko'k daftarning siri


Download 453.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana05.01.2022
Hajmi453.03 Kb.
#227194
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Oyning-oltin-orogi-Olmas-Umarbekov (1)

¿Yf  O / ¿ ¿ t i  o ‘ VYJy‘/

 

'



19


ä v ,  

j. 


Q '/mas  %mar6efav_

  ' Qatiq suzib  olib keldi,  choy qo'ydi.  Ko'p  o'tmay hov- 

lidagi o'choq boshidan piyoz dog'ining hidi kela bosh- 

ladi.  Kechqurun  yotayotganimizda  xotinim  mendan 

ham ziyod quvonib, uni maqtadi.

- Jiyaningiz xo'p ajoyib qiz ekan. Men ham unnay, 

kiritib  qo'yaylik institutga.  Keyin  yotoqxona  qilib  ni- 

ma qiladi? Biznikida turaversin.

O'g'iloy  uyimizda  tug'ilib  o'sgan  odamdek  bo'- 

lib  ketdi.  Ertalab  hammadan  oldin  turib,  hovliga 

qaraydi.  Choy  qo'yadi.  O'choq  boshida  g'imirlab, 

qatlamami,  quymoqmi,  uyda  nima  bo'lsa,  shundan 

biror  narsa  pishirib  keladi.  Keyin  shaharga  ketadi. 

Tushga yaqin qaytib, bir-ikki soat uyda bo'ladi.  Unga 

kutubxonani  ajratib  bergan  edik.  Sezdim,  kitobga 

uncha  xushi  yo'q,  lekin  menga  yaxshi  ko'rinish 

uchun  bironta  kitobni  ko'tarib,  mening  xonamga  ki- 

rardi. Birpas xonaga, mening moshinkada ishlashimga 

razm  solib  o'tirardi.  Keyin  yana  shaharga  ketardi. 

Shomga yaqin  qaytardi.  Katta qiz,  qayoqlarda yurga- 

nini  men  ham,  kelinoyisi  ham  surishtirmadik.  Men 

bilan ko'proq erkinlik, xotin-qizlar ozodligi, muhabbat, 

vafo  haqida  gaplashishni,  shu  mavzularda  meni  ga- 

pirtirishni  yaxshi  ko'rardi.  Qanday  siri,  maqsadi 

borligini  bilmay,  men  uning  savollariga  to'g'ri,  o'zim 

o'ylagandek,  bilgandek  javob  berardim,  u  xursand 

bo'lib, ba’zida peshonamdan cho'lpillatib o'pib, chiqib 

ketardi.  Keyinchalik,  oradan  chamasi  ikki  oy o'tgach, 

bu suhbatlar, savollarning asl sababini bildim. Shayton 

qizning ichida qurt bor ekan, sezmagan ekanman.

-  Tog'a,  kennoyimga  qanday  uylangansiz?  -  deb 

so'rab qoldi bir kuni.

Bor  gapni  aytib  berdim.  Birga  o'qiganmiz  uni- 

versitetda,  bitta  fakultetda,  bitta  bo'limda.  Birinchi 

kursdayoq  bir-birimizga  yoqib  qolganmiz.  O'qishni 

bitirgach, to'y qilganmiz, dedim.

20



- ........................................ ................ ........-------------------


Download 453.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling