Toshkent 2019 O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Loyiha muhiti va uning nazariy asoslari


Download 1.65 Mb.
bet20/162
Sana08.03.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1249961
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   162
Bog'liq
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti makroiqtisodiyot kafe-fayllar.org

3. Loyiha muhiti va uning nazariy asoslari

Loyiha muhiti tashqi va ichki muhitlarga bo„linadi. Tashqi muhitni


korxona doirasida o„zgartirib yoki boshqarib bo„lmaydi. Shuning uchun
tashqi muhitdan kelib chiqib samarali ichki muhitni yaratish va raqobat
qilish zarur bo„ladi.
Korxona muhiti loyihaga korxona ichidan bevosita katta ta‟sir
ko„rsatadi. Tashqi omillarning ham loyihaga ta‟siri katta:
Siyosiy xarakteristikalar va omillar: siyosiy barqarorlik; loyihaning
hukumat tomonidan qo„llab-quvvatlanishi; jinoyatchilik darajasi;
ishtirokchi mamlakatlar bilan savdo balansi; harbiy birlashmalarda ishtirok
etish.
Iqtisodiy omillar: milliy xo„jalik strukturasi; javobgarlik va mulkiy
huquqlar turlari, jumladan, yer huquqi; tarif va soliqlar, sug„urtalash;

~ 29 ~

inflyatsiya
darajasi
va
valyuta
barqarorligi;
bank
tizimining
rivojlanganligi;
investitsiyalar va kapital qo„yilmalar
manbalari;
tadbirkorlik erkinligi va xo„jalik mustaqilligi darajasi; bozor
infrastrukturasi rivojlanganligi; baholar darajasi; bozorlar holati; savdo,
investitsiyalar, ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va mahsulotlar,
ishchi kuchi va boshqalar.
Jamiyat – uning xarakteristikalari va omillari: hayot darajasi va
sharoitlari, ta‟lim darajasi; ko„chib yurish erkinligi, «kirish-chiqish»,
mehnat qonuniyligi, chiqish (zabastovka)larni taqiqlash; sog„liqni saqlash
va meditsina, dam olish sharoitlari; jamoat tashkilotlari, pressa,
televidenie; mahalliy aholini loyihalarga munosabati.
Qonun va huquq: inson huquqlari; tadbirkorlik huquqlari; mulkka
egalik huquqlari; sug„urta va imtiyozlar berish to„risidagi qonun va
normativ aktlar.
Fan va texnika: fundamental va yordamchi fanlarning rivojlanish
darajasi; informatsion texnologiyalar va kompyuterlashtirish darajasi;
sanoat va ishlab chiqarish texnologiyalari; energetik tizimlar; transport
tizimlari; aloqa va kommunikatsi.
Madaniyat: savodxonlik darajasi; tarix, madaniyat, urf-odatlar, din;
madaniy talablar; hayot ta‟limoti, ish, dam olish, sport va boshqalar.;
natijalar sifatiga va mehnat sharoitlariga bo„lgan talablar darajasi.


Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling