Тошкент-2020 umumiy pedagogika (pedagogika nazariyasi)


-topshiriq. Ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etishga doir amaliy topshiriqlar


Download 1.6 Mb.
bet101/144
Sana17.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1206746
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   144
Bog'liq
Тошкент-2020 umumiy pedagogika (pedagogika nazariyasi)

4-topshiriq. Ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etishga doir amaliy topshiriqlar
1-topshiriq. “Kerakli so‘zlarni topib qo‘ying” treningini o‘tkazish.
Treningning maqsadi: talabalarda guruhdoshlariga nisbatan qadriyatli munosabatni shakllantirish.
Treningning borishi:
I. O‘qituvchi talabalarga bir varaq qog‘oz olib, doskaga yozilgan quyidagi gaplardagi tushirib qoldirilgan so‘zlarni topib yozishni so‘raydi.

  1. Men ko‘proq insonlardagi ... qadrlayman.

  2. Men o‘z tengdoshlarimni ... uchun hurmat qilaman.

  3. Men o‘z tengdoshlarimni ... uchun hurmat qilmayman.

  4. Men o‘zimda ko‘proq … fazilatlarni aks ettirishni xohlayman.

  5. Mening hayotdagi eng asosiy maqsadim – bu …

  6. Men istalgan qarorni chiqarishda … asoslanaman.

II. Talabalar individual tarzda gaplardagi kerakli so‘zlarni yozib bo‘lishgandan so‘ng, dastlab juftliklarda va so‘ngra guruhlarda o‘z fikrlarini bir-birlari bilan o‘rtoqlashdilar.
III. Guruhlarda muhokama qilish uchun ajratilgan vaqt tugagach, o‘qituvchi doskaga quyida ko‘rsatilganidek, “Toifalash jadvali”ni chizadi va uni guruhlarda to‘ldirishni so‘raydi.

Biz qadr-laymiz......

Biz hurmat qilamiz...

Biz hurmat qilmaymiz....

Biz eri-shishni istagan fazi-latlar….

Bizning maqsadi-miz…

Biz tayanadigan asoslar…



















IV. Har bir guruh o‘z toifalash jadvallarini to‘ldirib bo‘lishgach, alohida-alohida taqdimot qiladilar.
2-topshiriq. Muammoli savollar.
Quyida keltirilgan muammoli savollar bilan tanishing va ularni hal eting.

  1. Uchinchi sinf o‘quvchilari shuhratparastlik v manmanlik tushunchalarining mazmuni bir xil yoki boshqacha ekanligi to‘g‘risida bahslashib qoldilar. Nima uchun bolalar bu masalani tushunib olishlari qiyin? Ularga qanday qilib yordam berish mumkin?

  2. “Uning vijdoni toza emas”, “Bu – vijdonsiz kishi”, “Bu ishni qilishga mening vijdonim yo‘l qo‘ymaydi” degan gaplarni siz qanday tushunasiz? Vijdonning kishi axloqiy tarbiyasiga qandaydir aloqasi bormi? Bu qanday aloqa?

  3. Televidenie orqali namoyish etilayotgan chet el seriallarining yoshlar tarbiyasiga qanday ijobiy va salbiy ta’siri bor deb o‘ylaysiz? Ularni tomosha qilish va unga munosabat bildirishda ota-onalar qanday yo‘l tutishlari lozim, deb hisoblaysiz?

  4. Siz insonlarda qadrlaydigan, ulug‘laydigan axloqiy fazilatlar qaysilar va siz “axloqsizlik” deb qaraydigan sifatlar nimalar?


Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling