Тошкент-2020 umumiy pedagogika (pedagogika nazariyasi)


Download 1.6 Mb.
bet99/144
Sana17.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1206746
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   144
Bog'liq
Тошкент-2020 umumiy pedagogika (pedagogika nazariyasi)

Internet saytlari:
1. www.ziyonet.uz
2.www.pedagog.uz
3.www.tdpu.uz
15 - mavzu: Ma’naviy-axloqiy tarbiya
(Seminar mashg‘uloti ishlanmasi 2 soat)
Reja:

  1. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning mazmun-mohiyati.

  2. Sharq mutafakkirlarining ma’naviy-axloqiy tarbiyaga doir g‘oyalari.

  3. Ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish.

  4. “Yoshlarning ma’naviy-axloqiy qiyofasi: muammo va yechimlar” mavzusida insho yozish.

1-topshiriq. “Moddiy va ma’naviy hayot uyg‘unligiga erishish nima uchun zarur?” mavzusida erkin yozish va muhokama qilish.
Topshiriq: “Moddiy va ma’naviy hayot uyg‘unligiga erishish nima uchun zarur?” mavzusida besh daqiqa mobaynida o‘z fikrlaringizni daftarga yozing. O‘ylagan fikrlaringizni hech qanday to‘xtovsiz bayon eting.
Erkin yozish ustida ishlashga doir ko‘rsatma:
1. Talabalardan besh daqiqa mobaynida berilgan mavzu bo‘yicha o‘z fikrlarini yozish so‘raladi.
2. Besh daqiqa tugagach, vaqt tuganganligi mahlum qilinadi. Biroq bir minut sukut saqlab turiladi. Chunki odatda eng yaxshi fikrlar inson tang holatda qolgan vaziyatda tug‘iladi.
3. Talabalardan ayrimlarining fikrlari tinglanadi. Uch-to‘rt talaba o‘z yozganlarini o‘qib bergach, o‘qituvchi qolgan talabalardan aytilganlariga o‘xshamaydigan fikr kimda bo‘lsa bildirishlarini so‘raydi.
2-topshiriq. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalariga doir blits-so‘rov savollari
1. “Axloq”, “axloqiylik”, “etika” tushunchalariga tahrif bering.
2. Mazkur tushunchalar o‘rtasidagi farq nimalarda namoyon bo‘ladi?
3. Sizningcha, mazkur tushunchalar bizning jamiyatimizda qay tarzda namoyon bo‘lmoqda?
4. Mazkur tushunchalar sizning hayotingizda qanday ahamiyatga ega?
5. Axloqiy qadriyatlar deganda nimani tushunasiz?
6. Maktab, kollej va oliy ta’limdagi o‘qituvchilar sizning tarbiyangizga qanday tahsir ko‘rsatishgan (ko‘rsatishmoqda)?
7. Siz kelajakda o‘z o‘quvchilaringizni qanday tarbiyalashni tasavvur qila olasizmi?
8. Siz kelajakda o‘z farzandlaringizni qanday tarbiyalashni xohlaysiz?
9. O‘zingizni tarbiyali inson deb ayta olasizmi?
10. O‘zingizni axloqli inson deb hisoblay olasizmi?
11. Sizda o‘zingiz tuzatishni xohlaydigan axloqiy kamchiliklar mavjudmi?
12. O‘zingizda qanday sifatlarni rivojlantirishni xohlaysiz?
13. Qanday inson axloqiy yetuk hisoblanadi?
14. Sizningcha, axloqiy yetuklik bugungi kunda qanday tarzda namoyon bo‘lishi muhim sanaladi?
15. Bugungi kunda tengdoshlaringizni axloqiy yetuk insonlar deb ayta olasizmi?
16. Kursdoshlaringizning axloqiy rivojlanishidagi asosiy muvaffaqiyatlar va muvafaqqiyatsizliklarni sanab bering.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling