Тошкент-2020 umumiy pedagogika (pedagogika nazariyasi)


-topshiriq. O‘ylang / juftliklarda fikr almashing


Download 1.6 Mb.
bet100/144
Sana17.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1206746
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   144
Bog'liq
Тошкент-2020 umumiy pedagogika (pedagogika nazariyasi)

3-topshiriq. O‘ylang / juftliklarda fikr almashing.
Quyida keltirilgan Sharq mutafakkirlarining ma’naviy-axloqiy tarbiyaga doir qarashlari bilan tanishing va ularni muhokama qiling.
1. Inson yaxshi tarbiya ko‘rmagan va turmushda yaxshi tajriba orttirmagan bo‘lsa, u ko‘p narsalarni nazarga ilmay va ulardan jirkanadi. Bunday narsalar unga noo‘rin bo‘lib ko‘ringan narsalar zaruriy bo‘lib chiqadi (Abu Nasr Forobiy).
2. Insonga yer yuzini obod etishi va uni boshqarib turishi uchun aql-zakovat ato etilgan, shuning uchun xar bir inson yuksak axloqli bo‘lishi lozim (Abu Rayxon Beruniy).
3. Ma’lumki, inson hech qachon tug‘ilganda yaxshi yoki yomon bo‘lib tug‘ilmaydi... Biroq har bir kishida biron bir fazilatga yoki qabixlikka mayl, qobiliyat bo‘ladi: 1. Fikriy fazilat aqliy quvvatga kirib, aqllilik, donolik fahm-farosatlilik zehnlilikdan iborat. 2. Xulqiy fazilat – intiluvchi quvvatga kirib iffat, injoat, sahiylik va adolatlilikni o‘z ichiga oladi. Yomon fazilatlar razillikdir (Abu Nasr Forobiy).
4. Yaxshi va yomon xulqlarning hammasi odatdan paydo bo‘ladi, odamlarning yaxshi yoki yomon bo‘lishida hukumat ahllarining ta’siri ham zo‘r bo‘ladi (Abu Ali ibn Sino).
5. Kishi ikki narsa bilan xayotda mangu qoladi: biri xushxulqlik bo‘lsa, ikkinchisi yaxshi so‘z (Yusuf Xos Xojib).
6. Ey farzand, yaxshilik qil va qilg‘on yaxshilikdan hargiz pushaymon bo‘lmagil. Bir kishiga bir yaxshilik qilsang, ko‘rgilki, yaxshilik qilg‘on vaqtda u kishiga naqadar rohat yetadi, sening ko‘nglingga ham undan ziyodroq shodlik va yozish xuramlik yetishur. Demak, bu jahonda yaxshilik va yomonlik mukofoti, albatta, yetgusidur. Yaxshilikning yaxshilik bilan qaytishi ayni haqiqatdir (Kaykovus).
7. Insonda ikki narsa bo‘lsa unga muruvvat yo‘li yopiladi: biri bexuda so‘zlarni ko‘p gapirsa, ikkinchisi, uning so‘zlari yolg‘on bo‘lsa (Ahmad Yugnakiy).
8. Ulug‘likka yetsang, unutma o‘zing
Agar atlas kiysang, unutma bo‘zing (Ahmad Yugnakiy).
9. Insonparvarlik va mardlikni Alloh ham, xalq ham uluglaydi (Amir Temur).

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling