10
Сентябрь 2021 21-қисм
Тошкент
УЎК 633.1+63:54
MAHALLIY VA XORIJIY SOYA NAVLARINING POYA BALANDLIGIGA MINERAL
O’G’ITLARNING TA’SIRI
Bo’riboyev Bekzod Yetmish o’g’li,
Toshkent davlat agrar universiteti,
bekzod9225@gmail.com
Tel: +998935484043
Umarova Nigora Sadriddinovna,
Toshkent davlat agrar universiteti,
Annotatsiya: Ushbu maqolada Soya o‘simligining mahalliy va
xorijiy navlariga mineral
o‘g‘itlarni ekish paytida tuproqdan va suyuq holatda o‘suv davri davomida qo‘llashning ta’siri
haqida ma’lumotlar keltirilgan. Soya o‘simligining mineral o‘g‘itlarga bo’lgan
talabidan kelib
chiqqan holda NPK va suyuq o‘g‘it birgalikda qo‘llanilganda o‘simlikning poya balandligi boshqa
usullarga nisbatan navlar bo‘yicha oshib borganligi kuzatildi. Tipik bo‘z
tuproqlar sharoitda
mineral o‘g‘itlarning turli usullarda qo‘llanilishi mahalliy va xorijiy navlarning poya balandligiga
o‘z ta’sirini ko‘rsati. Ya’ni o‘rta pishar soya navlarining poya balandligi “Nafis” navida 102.6 sm,
“Vilana” navida 100,6 sm, tezpishar navlarning poya balandligi “Orzu” navida 86.1 smni, Slaviya
navida 75.3 smni tashkil qildi va poya balandligi uchun eng yaxshi o’g’it qo’llash usuli sifatida
NPKni suyuq o’g’it bilan birgalikda qo’llash ekanligi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: