Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»
Download 3.13 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 1 qism
Январь 2021 10-қисм
Тошкент Keyinchalik ma’noda torayish bo‘lib, “bichilgan erkak qoramol” ma’nosini anglatgan. 1 Bundan tashqari op – hirmon yanchuvchi ho‘kizlarning o‘rtasidagi hokiz (arg‘ucha). Lug‘atda so‘z shunday izohlangan. Ho‘kiz so‘zining manosini beruvchi so‘z qo‘llanilgan. Ushbu so‘z hozirda iste’molda qo‘llanilmaydi, eskirgan so‘z hisoblanadi. Bu orqali o‘sha davr chorvachiligi bilan bog‘liq so‘zlar xilma – xil bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin. Kӭjik –kiyik. Aslida yovvoyi bo‘lgan har narsa. Bu so‘z eti yeyiladigan ohu, bug‘u va tog‘ talkalariga nisbatan qo‘llaniladi. 2 Ushbu so‘z qadimgi turkiy til toshbitiklarida ham berilgan bo‘lib, keyik tarzida qo‘llanilgan. “kəyik yeyu, tabishg‘an yəyu olurur ertimiz (kiyik yeb, tovushqan yeb tutar edik)”. 3 So‘zning ikkinchi bo‘ginidagi ӭ unlisi keyinchalik i ga almashgan. Ud –sigir (chigilcha). Turklarning qabul qilingan o‘n ikki yilidan biriga ham ud jili deyiladi. 4 Inak – sigir; o‘guzlar toshbaqaning urg‘ochisini inak deydilar. 5 Sїg‘їr- sigir. 6 Qadimgi turkiy tilda ham “ urg‘ochi qoramol” ma’nosini anglatgan bu ot aslida sig‘ir tarzida talaffuz qilingan. Keyinchalik g‘ tovushu g ga o‘zgargan. Yuqorida keltirilgandek “Devon”da sigir so‘zning uch xil nomi keltirilgan. Inak so‘zi hozir ham voha shevasida qo‘llaniladi. Lekin ud so‘zi eskirgan arxaik so‘zdir. Jag‘an – fil. Ikki tilning birida. Shuning uchun ikki tilning birida odam nomi sifatida jag‘an tegin nomi qo‘llaniladi. “Devon”da berilgan bu so‘z hozir eskirgan hisoblanadi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida qo‘llaniluvchi fil so‘zining asli kelib chiqishi arabcha-forschadir. Afrika va Osiyoda yashaydigan, sutemizuvchilar sinfiga mansub, sirtga chiqqan ikkita kurak tishli va baquvvat xartumli, o‘simliklar bilan ovqatlanuvchi ulkan hayvon. Chafl – lochin. 7 “Ov qilishga o‘rgatilgan yirtqich qush”. Qadimgi turkiy tilda ham shunday na’noni anglatgan bu ot dastlab lachun tarzida tallafuz qilingan. Keyinroq ikkinchi bo‘g‘indagi u unlisi i unlisiga a unlisi o unlisiga almashgan. 8 Boz- lochin. Chu noz ul tazarf oshkor aylabon, Base bozu shohin shikor aylabon. 9 Yabaqulaq- boyqush qushi. Yabaqu va yamaklar tilida. “Devon”da keltirilgan bu so‘z hozirda tilimizda qo‘llanilmaydi. Boyqush – boyo‘g‘li. Obodlar aning zulmidan vayrona, kabutar toqchalari boyqushga oshyona. 10 Asarda ushbu so‘zning bul variant ham qo‘llanilgan. Yozma manbalarda berilgan so‘zlardan muayyan fanning tushunchalar tizimini ajratib olish orqali, qadimda ushbu so‘z qanday ma’no anglatganini , tuzilishini, vaqt o‘tib borgani sari qanday o‘zgarishlarga uchraganini ko‘rishimiz mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Abdurahmonov G‘., Rustamov A. Qadimgi turkiy til. Toshkent -1982 2. Madvaliyev A. O‘zbek terminologiyasi va leksikografiyasi.- Toshkent-2017 3. Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати. I жилд. Тошкент, 2000. 4. Мухаммед Якуб Чинги Келур-наме. Т.,1982 5. М. Кошғарий. Девони луғотит турк. I том. Тошкент, 1960. 6. М. Кошғарий. Девони луғотит турк. II том. Тошкент, 1963. 7. М. Кошғарий. Девони луғотит турк. III том. Тошкент, 1963 1 Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати. I жилд. Тошкент, 2000. 2 М. Кошғарий. Девони луғотит турк. III том. Тошкент, 1963. 3 Abdurahmonov G‘., Rustamov A. Qadimgi turkiy til. Toshkent -1982 4 М. Кошғарий. Девони луғотит турк. I том. Тошкент, 1960. 80-бет. 5 М. Кошғарий. Девони луғотит турк. I том. Тошкент, 1960. 135-бет 6 М. Кошғарий. Девони луғотит турк. I том. Тошкент, 1960. 345-бет 7 М. Кошғарий. Девони луғотит турк. I том. Тошкент, 1960. 404-бет 8 Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати. I жилд. Тошкент, 2000. 9 Навоий асарлари тилининг изохли луғати. Тошкент, 1983. 306-бет. 10 Навоий асарлари тилининг изохли луғати. Тошкент, 1983. 310-бет. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling