Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»
Download 3.13 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 1 qism
Kalit so‘zlar: o‘qish, krossvord, ijodiy fikrlash qobiliyati.
Bugungi kunda o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyat larining asosiy maqsadi – yosh avlodni har tomonlama yetuk, jamiyatimiz taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan barkamol insonlar etib shakllantirishdir. Barkamol inson o‘zida ma’naviy va jismoniy yetuklikni mujassam etadi. O‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun birinchi galda sharq muta- fakkirlarining meroslari dasturil amal bo‘lib xiz mat qiladi. O‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivoj lan ti rish jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlana di, g‘oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi. Ko‘pchilik manbalarda bu xususiyatlar o‘quv chilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarining prinsipi sifatida qaraladi: - o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakl lantirishning ma’lum maqsadga qaratilganligi; - o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakl lantirishning insonparvarlik va demokratik prinsipi; - o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakl lantirishning hayot va amaliyot bilan bog‘liqligi prinsipi; - o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllan ti rishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi; - o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakl lan ti rishda ularning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish prinsipi; - izchillik, tizimlilik, o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishda tarbiyaviy ta’sirlarning bir ligi va uzluksiz ligi prinsipi; - bola shaxsini o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyat larini tarbiyalashda hurmat va talab birligi prinsipi; - mustaqillik, havaskorlik va tashabbuskorlikni o‘stirish prinsipi O‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarining ma’lum maqsadga qaratilganligi prinsipi bolalar jamoasining rivojlanish istiqbollarini ko‘ra bilishda muhim o‘rin tutadi. Quyida 4-sinf o‘qish darslari jarayonida o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda, mustaqil ishlashga yo‘naltirishda muhim yo‘nalishlardan biridir. Krossvordlar darslikdagi mavzular asosida tuzilgan bo‘lib, rasmlar asosidagi krossvordlar, savollar asosidagi krossvordlar, raqamlar asosidagi krossvordlar va boshqa o‘quvchini intelektual qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan krossvordlardan foydalanish maqsadga muofiqdir. Quyida mavzularga oid krossvordlardan namunalar keltiramiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling