Toshkent 2022 Reja: Linux operatsion tizimi buyruqlari


Download 364.46 Kb.
bet9/10
Sana28.12.2022
Hajmi364.46 Kb.
#1010898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Linux22Sh

Fayl tizimi boshqaruvida

  • ls – Joydagi fayl va papkalar ro‘yxatini ko‘rsatadi. Bu buyruqni man ko‘pincha

ls -ali
kalitlari bilan ishlataman. Shunda ro‘yxatda fayl haqida to‘liq ma’lumotlar (huquqlari, faylni egasi tuzilgan vaqti), yashirin fayllar (linuksda fayl yashirin bo‘lishi uchun uni nomi oldiga “.” – nuqta belgisi qo‘yiladi) va ayndolar ko‘rsatiladi.

  • cd – Turgan papkadan boshqa papkaga o‘tish uchun ishlatiladi.

  • pwd – Hozir qaysi papkada ekaningizni ko‘rsatadi.

  • mv – Faylni boshqa joyga ko‘chirish yoki fayl nomini o‘zgartirishda ishlatiladi.

  • cp – Fayl yoki papkadan nusxa olishda (agar papkani ichida boshqa papkalar mavjud bo‘lsa

cp -r
kaliti bilan ishlatiladi) ishlatiladi.

  • rm – Fayl yoki papkani o‘chirib tashlash uchun ishlatiladi. Agar

rm -rf
kaliti bilan ishlatilsa o‘chirishni tasdiqlashingizni so‘rab o‘tirmaydi va agar papkani ichida boshqa papkalar mavjud bo‘lsa ular ham o‘chiriladi.

  • touch – Yangi bo‘sh fayl tuzadi.

  • find – Fayllarni izlashda ishlatiladi. Masalan,

find /usr/var/html -name "*.html*" -type f
buyrug‘i /usr/var/html papkasidan nomida .html uchragan fayllarni izlab topadi.
Fayllarni ko‘rish va o‘zgartirish



  • tail – Fayldagi ma’lumotlardan eng oxirigi 10 qatorini ko‘rsatadi, lekin kalit orqali qancha qator ko‘rsatishni belgilash mumkin. O‘zim esa bu buyruqdan,

tail -f -n20 /farkhod/dastur/logfile.log
kabi ko‘rinishda foydalanaman. “tail -f” kaliti bilan ishlatilganda ko‘rsatilgan faylni bir marotaba emas, balki, fayldagi o‘zgarishini to‘xtamasdan, monitor tarzida kuzatib borish imkonini beradi.

  • nano – Fayl teksti bilan ishlashda ishlatiladigan dastur. Ba’zilar vi ni xush ko‘radi. Shaxsan menga nano dasturi qulayroq tuyiladi.

  • cat – Fayldagi ma’lumotlarni ko‘rsatadi. Agar fayl xajmi qancha katta bo‘lsa bu buyruqni berilgan vaqtda, ekranda shuncha uzoq vaqt fayldagi ma’lumotlar skrolling bilan tez ko‘rsatiladi va ularni o‘qishga ulgurmaysiz. Bu buyruqdan man ko‘pincha

cat /var/log/messages
ko‘rinishida ishlataman. Ya’ni, serverdagi xabarlarni ko‘rish uchun.

Download 364.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling