Toshkent-2023 G’aznachilik bo’linmalari funksiyalari, vazifalari va tashkiliy tuzilishini
Download 91.06 Kb.
|
Saydullayev Berdimurod Moliya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuriskonsult
Boshqarma boshlig‘i
G‘aznachilik boshqarmasi hamda bo‘linmalar faoliyati ustidan umumiy boshqarish va muvofiqlashtirish: Boshqarma va uning xududiy bo‘linmalari xodimlarning me’yoriy hujjatlar bilan yuklatilgan funksional vazifalariga muvofiq ish olib borilishini tashkil etish; Boshqarma va uning hududiy bo‘linmalari xodimlarining axborot texnologiya yordamida Davlat budjeti harajatlarining maqsadli va samarali yo‘naltirilishi ustidan nazoratni oshirish ishlarini tashkil etish; Moliya organlaridan rejali budjetdan ajratilishi ko‘zda tutilgan mablag‘larni olish, budjetdan mablag‘ oluvchilar bilan tovar yetkazib beruvchilar o‘rtasida tuzilgan (ish, xizmat) shartnomalar shuningdek, davlat hisobidan buyurtmachi va pudratchi o‘rtasida tuzilgan kapital qurilishga tuzilgan shartnomalarini ro‘yxatga olish va ularning to‘lov jarayonini muvofiqlashtirish va boshqarish; Davlat budjeti g‘azna ijrosining buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish ishlarini tashkil etish; Boshqarma va uning hududiy bo‘linmalari vakolatiga oid masalalar bo‘yicha tegishli moliya organlarining boshqarma va quyi bo‘linmalari, bank, budjet tashkilotlari, budjetdan mablag‘ oluvchilar, soliq va boshqa idoralar bilan ma’lumotlar almashish ishlarini tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Moliya vazirligi g‘aznachiligi tomonidan berilgan topshiriq va ko‘rsatmalarni o‘z vaqtida ta’minlanishini tashkillashtirish hamda kadrlar va boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish. Yuriskonsult O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2733-sonli qarori hamda ushbu qaror bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati to‘g‘risidagi Nizom”larda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaydi. Jumladan: - g‘aznachilik boshqarmasining huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish; - g‘aznachilik boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish; - g‘aznachilik boshqarmasining norma ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tarkibiy tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish; - g‘aznachilik boshqarmasi xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish; - shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, davlat organlari va tashkilotlarining mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlash. G‘aznachilik boshqarmasining normativ-huquqiy hujjatlar fondini to‘ldirish, shu jumladan fondni kodekslar, qonunlar, sharhlar, axborotnomalar va boshqa huquqiy nashrlar bilan butlash choralarini ko‘rish bilan birgalikda rahbariyatga huquqiy nashrlarga obuna bo‘lish haqida takliflar kiritish. G‘aznachilik boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalarida qonun buzilishlarini, ularning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida takliflar kiritish, zarur hollarda ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda qatnashish. Ichki mexnat qoidalariga va mehnat intizomiga rioya etish. Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar haqidagi ma’lumotlarni, sud amaliyotini, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy ishlarga taalluqli ko‘rsatmalarini yetkazish. Download 91.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling