Toshkent-2023 Mundarija Kirish i-bob. Iqtisodiy o'sish: mohiyat va omillar


Iktisodiy o`sishga omillari va tiplari


Download 222.97 Kb.
bet6/20
Sana17.06.2023
Hajmi222.97 Kb.
#1536655
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Asatbek.doc.psixologiya

14.2. Iktisodiy o`sishga omillari va tiplari
Real ishlab chikarish xajmlarining uzok muddatli o`sishi sur`atlarini, ko`lamlarini, samaradorligi va sifati oshishini belgilovchi xodisa va jarayonlar iktisodiy o`sish omillari deyiladi.
Iktisodiy o`sish omillari ikki guruxga ajratiladi.
Birinchi gurux omillari ixtisodiy o`sishni fizik (ashyoviy) jixatdan ta`minlaydi. Bu guruxga ishlab chikarish omillari kiritiladi:
· tabiiy resurslar soni va sifati;
· mexnat resurslari soni va sifati;
· asosiy kapital xajmi;
· texnologiyalar va ishlab chikarishni tashkil etish;
· jamiyatda tadbirkorlik malakalarining rivojlanishi darajasi..
Ikkinchi guruxga omillari jamiyatdagi iktisodiy o`sish potentsialini yuzaga chikarish imkonini beruvchi omillar – talab va taksimot omillari bilvosita omillar) kiritiladi:
· bozorning monopollashuvi darajasini pasayishi;
· iktisodiyotdagi solik muxiti;
· kredit-bank tizimi samaradorligi;
· iste`mol, investitsiya va davlat xarajatlarining o`sishi;
· eksport xajmining o`sishi;
· iktisodiyotda ishlab chikarish resurslarini kayta taksimlash imkoniyatlari;
· daromadlarni taksimlashning shakllangan tizimi.
Agar o`sish ko`shimcha resurslarni jalb etish xisobiga ta`minlansa va jamiyatdagi resurslardan foydalanishning shakllangan o`rtacha samaradorligi darajasini oshirmasa ekstensiv iktisodiy deb ataladi.
ekstensiv iktisodiy o`sish yangii korxonalar, yo`llar, elektrostantsiyalar kurish , yangi erlarni o`zlashtirish, mexnat va tabiiy resurslarni ko`shimcha jalb etish kabilar xisobiga ta`minlanadi. Ammo bu resurslarning cheklanganligi rivojlanishning ma`lum bir boskichida ekstensiv iktisodiy o`sish imkoniyatlarini kamaytiradi va uni ziddiyatli kilib ko`yadi.
YAIMning o`sishi iktisodiyotda band bo`lganlar sonidan yukori sur`atga ega bo`lsa intensiv ixtisodiy o`sish ro`y beradi.
“Iktisodiy o`sishning intensiv tipi ishlab chikarish samaradorligining oshishiga boglik. U foydalanilayotgan resurs birligiga to`gri keladigan maxsulot ishlab chikarishni ko`paytirishni, ishlab chikarishning texnik xususiyatlarini yaxshilashni ko`zda tutadi. Bunday jaryonlar namoyon bo`ladi:
· fan va texnika yutuklaridan foydalanish va ishlab chikarishni yangilashda;
· xodimlar malakasini oshirishda;
· ishlab chikarilayotgan maxsulot sifatini oshirish, assortimentini yangilashda”*
Iktisodiy o`sishning bu ikki tipi sof xolda ro`y bermaydi. Iktisodiy o`sish uni ta`minlashdagi intensiv yoki intensiv omillarning ulushi darajasiga karab ko`prok ekstensiv, yoki ko`prok intensiv bo`lishi mumkin.

Download 222.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling