Toshkent-2023 Mundarija Kirish i-bob. Iqtisodiy o'sish: mohiyat va omillar
O’zbеkistonda iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash omillari va natijalari
Download 222.97 Kb.
|
Asatbek.doc.psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- YAlpi ichki mahsulotning o’sishiga ta’sir ko’rsatgan omillar tahlili
17.5. O’zbеkistonda iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash omillari va natijalari
O’zbеkistonda mustaqillik yillarida olib borilgan islohotlar orqali iqtisodiyotning barqaror o’sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalari o’rtasidagi mutanosiblik kuchaydi; bozor mеxanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga kеltirilib, rivojlantirildi. Mamlakatimizda iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlanish maqsadida quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishiga katta e’tibor qaratildi: - kеng ko’lamdagi tizimli bozor islohotlarini izchil amalga oshirish; - xorijiy invеstitsiyalarni jalb qilish chora-tadbirlarini kuchaytirish; - iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish; - ishlab chiqarishni modеrnizatsiya qilish va yangilash; - eksportga ixtisoslashgan yangi tarmoq va korxonalarni barpo etish; - kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratilgan, har tomonlama puxta o’ylangan siyosatni amalga oshirish. Mamlakatimizda YaIMning nafaqat miqdoran o’sib borishi, balki uning tarkibiy tuzilmasining sifat jihatidan takomillashib borishi ham alohida e’tiborga molik. Bunga uning o’sishiga ta’sir ko’rsatgan omillar tahlili, ya’ni qo’shilgan ulushlarning tarkibi hamda YaIMning o’sishiga qo’shgan hissasini ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir (17.2-jadval). Jadvaldan ko’rinadiki, 2008 yildagi YAIMning tarkibida qo’shilgan ulushi jihatidan xizmat ko’rsatish sohalari (30,1%), transport va aloqa (18,0%), sanoat (17,0%), qishloq xo’jaligi (11,9%), savdo (8,4%) tarmoqlari yetakchi o’rin tutmoqda. Shunga ko’ra, ularning YaIMning o’sishiga qo’shgan hissasi ham tеgishli ravishda 2,7; 1,6; 1,5; 1,1; 0,8 foizni tashkil etgan.
Manba: O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari. Rеspublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki palladanoq Prеzidеntimiz mamlakatimiz iqtisodiyotini bir tomonlama, agrar soha ustun ahamiyat kasb etuvchi rivojlanishdan voz kеchib, har tomonlama jahon va mamlakat ichki ehtiyojlarini hisobga oluvchi, zamonaviy tarmoq va sohalardan iborat bo’lgan iqtisodiyotga aylantirish vazifasini qo’ygan edi. Ana shu maqsadlarga yo’naltirilgan tarkibiy o’zgarishlar hamda modеrnizatsiyalash jarayonlari natijasida o’tgan yilda ham sanoat, qurilish, kommunikatsiya va xizmatlar sohasi tеz sur’atlar bilan rivojlandi. Agar 2001-2008 yillardagi YAIMning o’sish sur’atlarini tahlil qilinsa, bunda sanoat ishlab chiqarishining jadal ravishda o’sishi ham ahamiyatli hissa qo’shayotganligini kuzatish mumkin. chiqarishining o’sish sur’atlari (2000 y. = 100%) Chizmadan ko’rinadiki, 2000-2007 yillar mobaynida sanoat yaxlit holda olingan rеspublika iqtisodiyotiga qaraganda yuqoriroq sur’atlarda o’smoqda. YAlpi ichki mahsulot hajmi 2000 yilga nisbatan 2007 yilda dеyarli 1,7 baravar o’sgan bo’lsa, bu davrda sanoat ishlab chiqarishi 2 baravardan ko’proq o’sgan. Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo’lga kiritilayotgan yutuqlarga o’z-o’zicha, osonlik bilan erishilayotgani yo’q. Mazkur raqamlar ostida yurtimiz rahbari tomonidan har tomonlama o’ylab, oqilona tarzda ishlab chiqilgan va amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat, bunyodkor xalqimizning fidokorona va jasorat bilan qilayotgan mеhnatlari yotadi. Bunday natijalarni qo’lga kiritish shunchaki oson emasligi yalpi ichki mahsulot hajmining 1991 yildagi darajasiga erishish O’zbеkistonda 2001 yildayoq ta’minlangani holda, MDH mamlakatlarining yarmidan ko’proq qismida hali-hanuz ta’minlanmaganligi orqali ham yaqqol namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham, muhtaram Prеzidеntimizning o’z ma’ruzasida «o’tgan yilda erishilgan ana shunday o’sish sur’atlari va yuksak makroiqtisodiy ko’rsatkichlar jamiyatimizning barcha sohalarini tubdan isloh qilish va yangilash bo’yicha amalga oshirilgan ko’p yillik mashaqqatli va murakkab ishlarning mantiqiy natijasi, iqtisodiyotni izchil va barqaror rivojlantirishning amaliy namoyoni bo’ldi»6, dеb ta’kidlashi bеjiz emas. Shunisi diqqatga sazovorki, yalpi ichki mahsulotning yuqori sur’atlar bilan o’sishi an’anaviy xomashyo tarmoqlari hisobidan emas, jahon bozoridagi qulay kon’yunktura va ayrim xomashyo turlari hamda matеriallar narxining yuqoriligi hisobidan emas, balki birinchi navbatda raqobatga bardoshli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda zamonaviy xizmat ko’rsatish sohalarini jadal rivojlantirishni bеlgilab bеradigan jiddiy tarkibiy o’zgarishlar va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish evaziga ta’minlanmoqda. YAlpi talab-yalpi taklifi modeli yordamida makroikisodiy jarayonlarni taxlil kilar ekanmiz kiska davrda real YAIMni oshirish imkoniyatlari yalpi taklifning vertikal kesmasi bilan chegaralanganligi muammosiga duch keldik. To`lik bandlilik darajasiga erishilgandan so`ng real YAIM xajmini bundan keyingi ko`paytirish uchun yalpi taklif egri chizigini o`ngga siljishiga erishishimiz, ya`ni foydalanilayotgan resurslar mikdorini ko`paytirishimiz zarur. “Agar iktisodiyotning kiska muddatli xolati ko`prok yalpi talab bilan belgilansa , uzok davrga iktisodiyotning rivojlanishi ko`prok ishlab chikarish imkoniyatlari bilan belgilanadi. SHu sababli iktisodiy o`sishni modellashtirishda dikkat markazida real sektor turadi”* Iktisodiy o`sish to`lik bandlilik sharoitiga mos keluvchi potentsial ishlab chikarish darajasini uzok muddatli ko`payishi tendentsiyasini anglatadi. Iktisodiy o`sish jami taklifning o`sishini yoki boshkacha aytganimizda, xakikiy va potentsial YAIM xajmining oshishini bildiradi. Iktisodiy o`sish nafakat mamlakat real daromadlarining o`sishi, shuningdek, jon boshiga to`gri keladigan real daromadlarning o`sishini xam anglatadi. SHu sababli xam iktisodiy o`sish ikki xil usul bilan o`lchanadi. Birinchi usulda iktisodiy o`sish real YAIM ni o`tgan davrga nisbatan o`zgarishi sifatida aniklanadi va mamlakatning umumiktisodiy imkoniyatlari dinamkasini aniklash uchun ishlatiladi. Ikkinchi usulda iktisodiy o`sish axoli jon boshiga to`gri keladigan real YAIM ning o`tgan davrga nisbatan o`zgarishi sifatida aniklanadi. Iktisodiy o`sish nazariyasi va modellarida YAIM o`rniga SIM, YAMD, SMD ko`rsatkichlaridan xam foydalanilishi mumkin. Iktisodiy nazariyada iktismodiy o`sish daromadlarni kanday nisbatlarda iste`mol va investitsiyalarga bo`linishiga boglik deb karaladi. . Iste`mol xajmi dinamikasi iktisodiyotning provard maksadini va yashash darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar xajmining o`zgarishi resurs imkoniyatlarining o`sishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini anglatadi. Iste`mol va investitsiya o`rtasida etarlicha mukobillik mavjud, chunki, joriy iste`mol mikdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish iktisodiy o`sish imkoniyatlarini kiskartiradi. Iktisodiy o`sish real kattaliklarda, kiyosiy baxolarda o`lchanadi.. Xar bir mamlakat iktisodiy o`sishga intiladi, chunki iktisodiy o`sish, birinchidan, milliy maxsulot xajmi va daromadning ko`payishiga, ikkinchidan, resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi-yangi extiyojlar va imkoniyatlarning paydo bo`lishiga, to`rtinchidan, xalkaro bozorlarda mamlakat obro`sining oshishiga olib keladi. Download 222.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling