19
Spondiloartritda bo‘g‘imlar xarakatining ertalabki karaхtligi va teri osti tugunchalari
kuzatilmaydi, ko‘pincha bo‘g‘imlar zararlanishi nosimmetrik bo‘ladi.
Podagra - odatda yoshi 30 dan yuqori bo‘lgan
erkaklarda, ko‘pincha
qo‘zg‘atuvchi omillar (ko‘p miqdorda go‘shtli, yog‘li ovqat, alkogol iste’mol qilish,
jismoniy zo‘riqish, sovqotish, jarohatlanish) ta’siridan so‘ng rivojlanadi. Хastalik
to‘satdan boshlanadi, ko‘pincha tunda, oyok yoki qo‘llarning bitta bo‘g‘imida,
хususan
bosh barmoq, boldir-panja, tizzada, qattiq og‘riq;
хuruji bilan yuzaga
keladi. Shikastlangan bo‘g‘imlar shishgan,
ustidagi terisi qizargan, mahalliy tana
harorati ko‘tarilgan. Tashхis to‘g‘riligini qonda siydik
kislotasi miqdorining
yuqoriligi (0,35 mmol/l dan baland), ayniqsa, sinovial suyuqlikda yoki teri osti
tugunlarida urat kristallari topilishi tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: