O‘tkir revmatik isitma - aksariyat yoshlarda (15 yoshgacha) uchraydi.
Kasallik ko‘pincha angina, surunkali tonzillit qo‘zishidan 1-3 хafta o‘tgach
boshlanadi.
Revmatik
artritga
jarayonning
o‘tkir
boshlanishi,
katta
bo‘g‘imlarlarning nosimmetrik shikastlanishi, bo‘g‘im shishi va harakatini
chegaralanganligi, umumiy haroratning ko‘tarilishi (38-40°S), artrit belgilarining
bo‘g‘imdan bo‘g‘imga ko‘chib yurishi va vaqt o‘tishi bilan asoratsiz butunlay
yo‘qolib ketishi хosdir. Ko‘pincha revmokardit yoki yurak nuqsonlari aniqlanadi.
Yuvenil revmatoid artrit doimo 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda boshlanadi,
asosan yirik bo‘g‘imlar shikastlanadi va umurtka pog‘onasining bo‘yin qismida
og‘riq,
limfadenopatiya,
ichki
a’zolarning
sistemli
shikastlanishi
(gepatosplenomegaliya, plevrit, perikardit), pushtirang dog ko‘rinishidagi
qichishmaydigan, beqaror toshma, qonda antinuklear omil paydo bo‘lishi bilan
kuzatiladi.
Reyter sindromi – oyoqlar bo‘g‘imlarining surunkali artriti, tovon paylari va
tovon suyaklarida og‘riq, kon'yuktivit, uretrit belgilari, siydik va oshqozon traktida
infektsiyalar va/yoki antigenlari topilishi xos.
Psoriatik artrit – psoriaz elementlari aniqlanishi, distal falangalararo
bo‘g‘imlar jarohatlanishi, ikki tomonlama sakroileit belgilari kuzarilaishi xos.
Nospetsifik yarali kolit va Kron kasalligidagi artrit – o‘rta yirik bo‘g‘imlar,
umurtqa jarohatlanishi, ko‘pincha tugunli eritema bilan qo‘shilib keladi.
Mikrokristallik artritlar – o‘tkir boshlanishi va kuchli og‘riq, sinovial
suyuqlikda kristallar aniqlanadi.
Osteoartroz – mexanik va tart xarakteridagi og‘riqlar, bo‘g‘imlarda qisirlash,
ertalabki karaxtlik uzoq davom etmaydi, Geberden va Bushar tugunchalari, o‘ziga
xos rentgenologik manzara.
Do'stlaringiz bilan baham: |