3. Mashg‘ulotning vazifalari:
Talaba bilishi kerak:
- revmatoid artrit etiologiyasi va patogenezi to‘g‘risida ma’lumotlarni;
- revmatoid artrit tasnifini, klinikasi, qiyosiy tashxisni;
- revmatoid artrit kasalligini davolashning asosiy prinsiplarini;
- revmatoid artrit kasalligini oldini olishni.
Talaba qila olishi kerak:
- revmatoid artrit kasalligi bor bemorlarni kuratsiya qila olishni;
- revmatoid artritda kuzatiladigan klinik belgilarni aniqlay olishni;
- revmatoid artritda kuzatiladigan laborator-instrumental tekshiruv natijalarini tahlil
qila olishni;
- revmatoid artrit kasalligining diagnostikasini;
- revmatoid artrit kasalligida bemorlarni tekshirish rejasini tuzishni;
- revmatoid artrit kasalligining klinik tashxisini asoslashni;
- revmatoid artrit kasalligi bor bemorlarga parhez va rejali davolashni tavsiya
etishni;
- asosiy basis preparatlar guruhlariga retseptlar yoza bilishni.
4. Mavzuni asoslash
Revmatoid artrit kasalligi tarqalishi JSST ma’lumotlariga ko‘ra dunyo aholisi
o‘rtasida 0,5-1,0 foizni tashkil qiladi. Mazkur kasalliklarning ishga layoqatli aholi
o‘rtasida ko‘plab uchrashi, kasallik asoratlari tufayli o‘lim ko‘rsatkichlarining
yuqoriligi ularga qarshi samarali kurashish yo‘llarini izlashni talab qiladi. Shuning
uchun hozirgi davrda revmatoid artrit kasalligini o‘rganish tibbiyot fanining dolzarb
vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
5. Fanlararo va fan ichidagi bog‘liqlik
Ushbu mavzuni o‘qitishda talabalarning normal fiziologiya, patologik
fiziologiya, patologik anatomiya, ichki kasalliklar propedevtikasi, farmakologiya
bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlariga asoslanadi. Mashg‘ulot davomida olingan
bilimlar terapevtlar, revmatologlar va boshqa klinik yo‘nalishlar shifokorlari ish
jarayonida kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |