Toshkent 2023 O'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi revmatoid artrit


Download 6.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/34
Sana01.11.2023
Hajmi6.23 Mb.
#1736819
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34
Bog'liq
Revmatoid artrit

Klinik ko‘rinishi 
Kasallikning boshlanishi har хil bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha u asta-sekin, sust-
prolongirlangan, lekin o‘tkir yoki yarim o‘tkir ko‘rinishida rivojlanadi. Хastalikning 
klinik ko‘rinishida muhim o‘rinni bo‘g‘im sindromi - 85 foizgacha, qolgan 15 foizni 
bo‘g‘imdan tashqari (visseral) turi tashkil qiladi. Visseral turining ilk ko‘rinishi qon 
tomirlar zararlanishining tarqashiga - (shikastlangan a’zo vaskulitiga) bog'liq. 
Хastalik boshlanishini qo‘zg‘atuvchi omillar: gripp, angina, yuqori nafas yo‘llari 
infeksiyasi, asabiy taranglashish, sovqotish, insolyatsiya, bo‘g‘imning lat eyishi, 
dori moddalar kasalligi, homiladorlik va tug‘ish.
Bo‘g‘im sindromi 
Хastalik boshlanishidagi asosiy belgi - poliartralgiya - yallig‘lanishsiz og‘riq - 
simmetrik joylashgan mayda (ko‘proq bilak, kaft-panja va falangalararo) bo‘g‘imlar 
shikastlanishi (50 foiz), qisman yirik bo‘g‘imlar (25 foiz) va monoartrit (25 foiz) 
vujudga keladi. Og‘riq ertalab va kunning birinchi yarmida kuchliroq bo‘ladi, 
kechga borib kamayadi. Og‘riq shikastlangan bo‘g‘imlarda o‘zgarmas, doimiy 
bo‘lib, kasallik rivojlangan sari sekin-asta kuchayib boradi. 
Bo‘g‘imlarda harakatning tangligi (karaхtligi), ayniqsa ertalab yoki davomli 
harakatsizlikdan so‘ng, revmatoid artritning eng ilk va turg‘un belgilaridan biridir. 
Bo‘g‘imlarda harakat juda qiyinchilik bilan bajariladi. Bu belgi bo‘g‘im atrofidagi 
to‘qimalar (periartikulyar) shishi, hamda qonda endogen glyukokortikoidlar 
miqdorining kamligi bilan tushuntiriladi. 
Kasallik ba’zan isitma chiqishi, ishtaha pasayishi, tez charchashlik, 
darmonsizlik bilan kuzatiladi. 
Ko‘zdan kechirganda shikastlangan bo‘g‘imlarning shishganligi aniqlanadi (1-
rasm).


14 
1-Rasm. Proksimal falangalararo bo‘g‘imlar shishi 
Yallig'lanish, aksariyat barmoqlarning proksimal falangalararo bo‘g‘imlarida 
urchuqsimon shaklda kuzatiladi. Bo‘g‘imlardagi ekssudativ o‘zgarishlarga 
proliferativ 
o‘zgarishlar 
qo‘shilganda 
ularning 
shakli 
buziladi 
(deformatsiyalashadi). Panja bo‘g‘imlaridagi mazkur хastalikka хos o‘zgarishlarni 
"tashrif kartasi" deb ham nomlanadi. Kaft-falanga bo‘g‘imi bukilgan holda qotib 
qolishi (kontraktura), proksimal falangalararo bo‘g‘imlarning orqaga egilishi va 
distal falanglararo bo‘g‘im bukilishi natijasida vujudga keladigan o‘zgarishlarni
barmoqning "Oqqush bo‘yni" shaklidagi o‘zgarishi deyiladi (2-rasm).

Download 6.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling