Toshkent 2023 O'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi revmatoid artrit


-Rasm. "Oqqush bo‘yni" shaklidagi o‘zgarishi


Download 6.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/34
Sana01.11.2023
Hajmi6.23 Mb.
#1736819
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34
Bog'liq
Revmatoid artrit

2-Rasm. "Oqqush bo‘yni" shaklidagi o‘zgarishi 
Panja falanga bo‘g‘imlaridagi o‘zgarishlar, bo‘g‘imlarning qisman chiqishi 
sababli ular jimjiloq (ulnar) tomonga qiyshayib kaft shakli o‘zgarganligi "ulnar 
deviatsiya" yoki "morj suzgichi kafti" deb aytiladi (3-rasm).


15 
3-Rasm. "Ulnar deviatsiya" yoki "Morj suzgichi kafti" shakli 
Ulnar deviatsiya bilan birga falangalar kattalishishi, ularni qoplagan terining 
yupkalashib bujmayishi vujudga kelsa, kaftning bu o‘zgarishini "lornetli qo‘l" deb 
ataladi. Bo‘g‘im suyaklarida ham o‘zgarishlar ro‘y beradi: suyaklarning bo‘g‘im 
ichidagi uchlari bir-biri bilan yopishib, bitib qoladi, shu sababli bo‘g‘im harakati 
yo‘qoladi, ankiloz (bo‘g‘imning qotib qolishi) rivojlanadi. 
Revmatoid atritining bo‘g‘imdan tashqari (sistemli) ko‘rinishlari, shular 
qatorida ichki a’zolar shikastlanishi, kamdan kam yaqqol ifodalangan bo‘ladi. 
Shuning uchun ular sinchkovlik bilan izlanishni talab qiladi. Aksariyat teri osti 
tugunlari va polineyropatiya kuzatiladi. 
Revmatoid tugunchalari taхminan 10-20 foiz bemorlarda aniqlanadi. 
Ko‘pincha ular tirsak to‘g‘imi atrofidagi teri osti to‘qimasida, aхill paylari ostida 
joylashadi (4-rasm). Tugunchalar kattaligi 0,5-1,5 sm bo‘lib, хarakatchan, atrofdagi 
to‘qimalarga yopishmagan ogriqsiz va kattiq. Ular bitta yoki bir nechta bo‘lishi 
mumkin, hech qachon yallig‘lanmaydi va yiringlamaydi. Revmatoid tugunchalari 
хastalikning zo‘rayish davrida paydo bo‘lib, simmetrik joylashadi, remissiya 
davrida yo‘qolib ketishi mumkin. Kasallikning erta bosqichida faol artrit rivojlangan 
davrda shikastlangan bo‘g‘imlar xarakatini bajarishda ishtirok etuvchi yaqin 
mushaklar atrofiyaga uchraydi, ba’zan mushaklarda miozitni kuzatish mumkin. 
4-Rasm. Tirsak bo‘g‘imi sohasidagi revmatoid tuguncha 


16 

Download 6.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling