Toshkent 2023 O'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi revmatoid artrit


Download 6.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/34
Sana01.11.2023
Hajmi6.23 Mb.
#1736819
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34
Bog'liq
Revmatoid artrit

O‘tkir revmatik isitma - aksariyat yoshlarda (15 yoshgacha) uchraydi. 
Kasallik ko‘pincha angina, surunkali tonzillit qo‘zishidan 1-3 хafta o‘tgach 
boshlanadi. 
Revmatik 
artritga 
jarayonning 
o‘tkir 
boshlanishi, 
katta 
bo‘g‘imlarlarning nosimmetrik shikastlanishi, bo‘g‘im shishi va harakatini 
chegaralanganligi, umumiy haroratning ko‘tarilishi (38-40°S), artrit belgilarining 
bo‘g‘imdan bo‘g‘imga ko‘chib yurishi va vaqt o‘tishi bilan asoratsiz butunlay 
yo‘qolib ketishi хosdir. Ko‘pincha revmokardit yoki yurak nuqsonlari aniqlanadi. 
Yuvenil revmatoid artrit doimo 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda boshlanadi, 
asosan yirik bo‘g‘imlar shikastlanadi va umurtka pog‘onasining bo‘yin qismida 
og‘riq, 
limfadenopatiya, 
ichki 
a’zolarning 
sistemli 
shikastlanishi 
(gepatosplenomegaliya, plevrit, perikardit), pushtirang dog ko‘rinishidagi 
qichishmaydigan, beqaror toshma, qonda antinuklear omil paydo bo‘lishi bilan 
kuzatiladi. 
Reyter sindromi – oyoqlar bo‘g‘imlarining surunkali artriti, tovon paylari va 
tovon suyaklarida og‘riq, kon'yuktivit, uretrit belgilari, siydik va oshqozon traktida 
infektsiyalar va/yoki antigenlari topilishi xos. 
Psoriatik artrit – psoriaz elementlari aniqlanishi, distal falangalararo 
bo‘g‘imlar jarohatlanishi, ikki tomonlama sakroileit belgilari kuzarilaishi xos. 
Nospetsifik yarali kolit va Kron kasalligidagi artrit – o‘rta yirik bo‘g‘imlar, 
umurtqa jarohatlanishi, ko‘pincha tugunli eritema bilan qo‘shilib keladi. 
Mikrokristallik artritlar – o‘tkir boshlanishi va kuchli og‘riq, sinovial 
suyuqlikda kristallar aniqlanadi. 
Osteoartroz – mexanik va tart xarakteridagi og‘riqlar, bo‘g‘imlarda qisirlash, 
ertalabki karaxtlik uzoq davom etmaydi, Geberden va Bushar tugunchalari, o‘ziga 
xos rentgenologik manzara. 

Download 6.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling