Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet461/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   457   458   459   460   461   462   463   464   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

459
XXII bob.
 Yuridik ixtilof
(kolliziya)
ong buzilishiga olib keladi. Shu bois avvalo ularga yo‘l qo‘ymaslik, doimo 
ixtiloflarning oldini olish (profilaktika) choralarini ko‘rish lozim. Bordi-yu, 
ko‘rilgan chora-tadbirlarga qaramay, yuridik ixtiloflar yuz bersa, mavjud 
mexanizmlar va tartib-taomillar yordamida darhol ularni bartaraf qilish cho-
ralarini ko‘rish zarur. Aks holda jamiyatda huquqiy loqaydlik, nigilizm, 
madaniyatsizlik holatlari avj oladi.
Yuridik ixtiloflar nisbatan kengroq muammo hisoblanmish konfliktologi-
yaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Hozirgi kunda ijtimoiy fanlarda, xususan, 
siyosatshunoslikda jamiyatdagi ziddiyat va kelishmovchiliklarni yechishga xiz-
mat qiluvchi «mojarolar nazariyasi» degan ilmiy yo‘nalish shakllanmoqda. Xud-
di shunga o‘xshash huquqshunoslik sohasida 
yuridik konfliktologiya fani 
yoki ilmiy yo‘nalishini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. U, shubhasiz, 
jamiyatda huquqiy barqarorlikni, huquqiy tartibotni mustahkamlashga, huquqiy 
madaniyat va ma’rifiylikni yuksaltirishga salmoqli hissa qo‘shadi.


460
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Huquq ijtimoiy munosabatlarni tar-
tibga solish vositasi sifatida kishilarning 
irodasiga, xulq-atvoriga ta’sir etadi va shu 
tariqa ularning xatti-harakatini huquqiy xulq-
atvorga aylantiradi.
Ta’kidlash joizki, shu choqqacha yuridik adabiyotda asosiy diqqat-e’tibor 
kishilar xulq-atvorining huquqqa zid jihatiga, ya’ni huquqbuzarlikka qaratilib, 
huquqiy harakatlar xususida kamroq fikr bildiriladi. Aslida, jamiyatdagi aksari-
yat faoliyat va xatti-harakatlar huquqqa muvofiq, ya’ni huquqiydir.
Huquqiy xatti-harakatlar – shaxs xatti-harakatining yuridik normalarga 
muvofiq bo‘lishidir. Bu qonunga mos, yuridik shaklda ifodalangan ijtimoiy xat-
ti-harakat bo‘lib, u tufayli huquq amalga oshadi. Huquqiy xatti-harakat doirasi 
va chegarasi huquqiy normalarning dispozitsiyasi bilan belgilanadi. Aynan u 
huquqiy tartibotning mohiyati hisoblanadi.
Huquqiy xatti-harakat yo‘li bilan jamiyat boshqariladi, uning me’yoriy ha-
yot – faoliyati tartibga solinadi, fuqarolarning huquq va majburiyatlari amalga 
oshiriladi. Jamiyatda vujudga keladigan va amalda bo‘ladigan huquqiy munosa-
batlarning asosiy qismi o‘z mazmuniga ko‘ra huquqiy xatti-harakatlardir.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   457   458   459   460   461   462   463   464   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling