Toshkent amaliy fanlar universiteti eco 08 guruh talabasi Abdurahmonov Dalerjonning Kiryativ Fikirlash fanidan tayorlagan ishi
Download 1.24 Mb.
|
1 2
Bog'liqABduraxmonov Dalerbek
TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI ECO 08 guruh talabasi Abdurahmonov Dalerjonning Kiryativ Fikirlash fanidan tayorlagan ishi MAVZU: Ijodiy maxsulot tushunchasi REJA:
2. Ijotkorlik turlari va funksiyalari 3. Ijotkorlik mezonlari Ijod — insonning yangi moddiy va maʼnaviy neʼmatlar yaratish faoliyati. Unda inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati, irodasi faol ishtirok etadi, butun bilimi, tajribasi, isteʼdodi namoyon boʻladi. Ijod dastlab inson tasavvurida tugʻiladi, keyin ijodga taalluqlii masalalar yuzasidan izlanishlar olib boriladi, boshqalar bajargan ishlar tanqidiy koʻrib chiqiladi, taxlil etiladi, kuzatishlar, tajribalar oʻtkaziladi, mantiqiy xulosalar chiqariladi, gipotezalar qilinadi, bular tajribada sinab koʻriladi, notoʻgʻri boʻlsa yangilanadi va h.k. Izlanishlar natijasi turli shakllarda (badiiy asar, matematik formula va b.) yuzaga chiqadi. Uni jamiyat eʼtirof etsagina haqiqiy, toʻliq ijod boʻladi. Ijod fan-texnikani, madaniyatni boyitadi, rivojlantiradi. Ijodni shartli ravishda 2 ga: ilmiy ijod va badiiy ijodga boʻlish mumkin. Olimlar faoliyati ilmiy ijodga, sanʼatkorlar, yozuvchilar faoliyati badiiy ijodga qaratilgan. Baʼzi kishilarda har ikki ijod rivojlangan boʻlishi mumkin. Ilmiy ijodda tabiat va jamiyat hayotining obyektiv qonuniyatlari aks etsa, badiiy ijodda maʼnaviy hayot muammolariga sanʼatkorning subyektiv, oʻziga xos qarashlari, his-tuygʻulari aks etadi. Badiiy ijodda hayotning turfa ranglari hamda voqealari orasidan ibratli va ijtimoii ahamiyatli boʻlganlari tanlab olinadi va badiiy umumlashtiriladi. Badiiy ijod murakkab jarayon boʻlib, inson faoliyatining idrok etish, baholash, qadrlash singari turlari bilan bogʻliq holda amalga oshadi. Buning uchun ijodkor erkin xayol, ozod tafakkur, keng koʻlamli tasavvur, milliy gʻurur va yuksak orzularga ega boʻlishi kerak. Badiiy ijod mahsulotining ommaviyligi va ijtimoii ahamiyati ana shu bilan belgilanadi. Ijodning taraqqiy etishida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy shart sharoitlari hal qiluvchi ahamiyatga ega. Insonning ijodiy omili va ziyolilar fenomeni tadqiqotchisi Vitaliy Tepikin badiiy, ilmiy, texnik, sport-taktik, shuningdek harbiy-taktik ijodkorlikni mustaqil turlardan ajratib turadi. Birinchi bo'lib ixtirochilik ijodkorligining o'ziga xos xususiyatlarini to'g'ri ko'rsatgan L. Rubinshteyn: «Ixtirochi ijodiy intellektual faoliyatning boshqa turlaridan ajralib turadigan o'ziga xosligi shundaki, u narsa, haqiqiy ob'ekt, mexanizm yoki texnikani yaratishi kerak. bu ma'lum bir muammoni hal qiladi. Bu ixtirochining ijodiy ishining o'ziga xosligini aniqlaydi: ixtirochi haqiqat kontekstiga, biror turdagi faoliyatning haqiqiy yo'nalishiga yangi narsalarni kiritishi kerak. Bu nazariy muammoni hal qilishdan tubdan farq qiladi, bunda cheklangan miqdordagi mavhum ajratilgan shartlar hisobga olinishi kerak. Shu bilan birga, haqiqat tarixan inson faoliyati, texnologiya vositachiligida amalga oshiriladi: u ilmiy tafakkurning tarixiy rivojlanishini o'zida mujassam etgan. Shuning uchun, ixtiro jarayonida, haqiqat kontekstidan kelib chiqib, unga yangi narsa kiritish talab qilinadi va tegishli kontekstni hisobga olish kerak. Bu ixtiro jarayonidagi turli bo'g'inlarning umumiy yo'nalishini va o'ziga xos xususiyatini belgilaydi ". Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling