Toshkent amaliy fanlar universiteti o’zbek tili va dabiyot yo’nalishi 06-guruh talabsi Choriyeva Mashxuraning O’zbek adabiyoti tarixi fanidan slayd


Download 1.02 Mb.
Sana21.06.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1641827
Bog'liq
choriyeva mashxura 06

Toshkent amaliy fanlar universiteti o’zbek tili va dabiyot yo’nalishi 06-guruh talabsi Choriyeva Mashxuraning O’zbek adabiyoti tarixi fanidan slayd

Tekshitdi:Abdulakimov D

Reja

1.Shoirning hayoti va ijodi haqida qisqa malumot

2. Dostoning yaratilishi tarixi

3.Gul va Navruz dostoni haqida

Haydar Xorazmiy (14-asrning oxiri — Xorazm — 15-asrning 1-yarmi) — shoir. Oʻzbek mumtoz adabiyoti namoyandalaridan biri. Hayoti va ijodi haqida maʼlumot Davlatshoh Samarqandiyning "Tazkirat ush-shuaro", Alisher Navoiyning "Majolis un-nafois", "Muhokamat ul-lugʻatayn" asarlari hamda oʻzining "Mahzan ul-asror" dos-tonida berilgan. H.X. asosan Xorazmda yashagan va ogʻir hayot kechirgan. Birmuncha vaqt Hirotda temuriylardan Umarshayxning oʻgʻli Sulton Iskandar (15-asr) saroyida yashagan.

 Turkiy va forsiyda sheʼrlar yozgan, devon tuzgan. Ni-zomiy Ganjaviyning "Mahzan ul-asror" asariga "Gulshan ul-asror" nomi bilan turkiy tilda javob yozib (1409—14), Sulton Iskandarga bagʻishlagan. Asar syujeti va gʻoyaviy yoʻnalishi jihatidan ham Nizomiy dostoniga yaqin, vazni ham bir xil — aruzning sareʼ bahrida yozilgan. Hajmi 639 bayt. Asar Nizomiynikidan farq qilib, avval hikoya, soʻng shu hikoyadan kelib chiqadigan xulosa va fikrlarni umumlashtiruvchi bob bilan taʼminlangan. H.X. bu asari bilan oʻzbek adabiyotida sheʼriy hikoyani rivojlantirgan. Koʻpchilik hikoyalarida oliyjanob insoniy fazilatlar targʻib qilingan, mehnat va mehnat ahli ulugʻlangan. 

Dostonda markazlashgan davlat va odil hukmdor gʻoyasi ilgari surilgan; axloq-odob, mehnatsevarlik, saxiylik, rostgoʻylik targʻib etilgan.


Qahramonlik dostonlarini o‘z ichiga olgan shohnomalar, romantik ishq mavzuida yozilgan “Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin”, “Yusuf va Zulayxo” va boshqalar forQs va turk adabiyoti tarixlaridan muhim o‘rin oladi va katta shuhratga egadir, ularni o‘qimagan va bilmagan kishi bo‘lmasa kerak. forsiy hamda turkiy adabiyotda bir mavzuda yozilgan ana shunday asarlardan biri ham “Gul va Navro‘z” manzum dostonlaridir.
“Gul va Navro‘z” ishqiy-qahramonlik dostoninig boshlanish qismida uning Shirozda hukumat qilgan Amir Temur nabirasi İskandar Mirzo (Sulton İskandar) b.Umar Shayx nomiga yozilganligi bildiriladi. Oxirda isa asarning yozib tugatilgan tarixi (hijriy814/m.1411-yil) qayd etilgan. O‘zbek adabiyot-shinosligida “Gul va Navro‘z”ning yozilgan zamonidan yuz yil o‘tgandan so‘ng (hijriy 914/milodiy 1509-yilda) ko‘chirilgan va bizga qadar yetib kelgan nusxa asarning eng qadimgi nusxasi deb hesoblanadi. Mazkur nusxa Mavlono Lutfiy divoni bilan bir jildda bo‘lib, Muhammad b. Hasan Jama’on Ansoriy digan kotib tamonidan ko‘chirilgani bildiriladi [Lutfiy, 1960: 10–11 [. Bu nusxa hozir London shahrida, Britanya muziyi kitobxonasida saqlanmoqda. Necha yil oldin bu asarning birgina nusxasi hesoblanardi. Lekin axirgi yillarda uning o‘nga yaqin nusxalari adabiyot olamiga ma’lum bo‘lgan.
Jalol Tabib Bilan Haydar Xorazmiy “Gul va Navro‘z” Dostonlarining Qisqa Mazmuni 1- Biz bu yerda Jalol Tabib “Gul va Navro‘z” manzum dostonini Haydar Xorazmiyning Turkiy “Gul va Navro‘z”i bilan muqoyisa qilish maqsadida birinchidan forsiy “Gul va Navro‘z” so‘ngra isa turkiy “Gul va Navro‘z”ning qisqa mazmunlarini keltiramiz:
Jalol Tabibning manzum dostoni Alloh Ta’olo sanosi, Payg‘ambar (s.a.v.)ning na’ti va munojot bilan boshlanadi. So‘ngra shoir dostonini nazm rishtasiga tortish sababi unvoni ostida, ushbu kitobni yozishni buyurgan Shiroz hukumroni Sulton G‘iyosuddin Kayxusrav (vafot yili: h. 738/m. 1337) va uning ukasi Amir Shayx Abul-İs’hoq (h.q. 721–758/m. 1321–1356) madhida bir necha bayt yozadi. Bularning hammasi 65 baytni o‘z ichiga oladi; so‘ngra asl doston boshlanadi. Dostonning bosh qahramonlari –Navshod ulkasi podishphi Farruxshohning o‘g‘li “Navro‘z” va Farxor podishohi Mushkinshohning qizi “Gul”dan iborar. Farruxshoh xonadonida Navro‘z paytida bir o‘g‘il tug‘iladi va otini Navro‘z qoyadilar:
Falak z-in moh xurshide barovard Jahon zon shoh Jamshide barovard Muborak tala’te, Farxunda shohe Xujasta toli’e, zebanda mohe Ba soli xurram on mohi dil-afro‘z
Navro‘z ulg‘ayib ta’lim olib, barcha ilmlarda bilimdon bo‘lib yetishadi; keyin ov bilan shug‘illanadi, qurol-aslihani yaxshi ishlatishni bilgan mohir ovchi bo‘ladi. U bir kecha tushida bir sohibjamol qizni ko‘rib, unga g‘oibona oshiq bo‘ladi. U go‘zal Navro‘zning tushida ismini “Gul”, Farxor mulkidan bo‘lganini aytib, o‘zini tanitadi. Ammo Navro‘z uyg‘onib uni topa olmaydı:
Shabe dar xob did on olam-afro‘z Ki bude bomdodi ro‘zi Navro‘z Zi dar boz omadash sarve xiromon Ba dastash sog‘are dode ki biston Bipursidash, ki ay gulrux kudomi Begu to az kujoe-yu chi nomi? Javobash dod on sarv az sari noz Ki ay shohi javonbaxti sarafroz Gulam xonandu dar Farxor bosham
Mavlono Haydar Xorazmiyning “Gul va Navro‘z” manzum dostoni ham, mavzu jihatdan Jalol Tabibning asari bilan bir xel. Shuning uchun tadqiqotchilar turkiy “Gul va Navro‘z”ni mazkur forscha “Gul va Navro‘z” tarjumasi deb urg‘ulab kelmoqda. Shu jumladan 1960-yilda Mavlono Lutfiy divonini bir qo‘lyozma nusxasini tafsilotli muqaddama bilan İstanbul Bilim yurti adabiyot fakultetida nashr etgan Professor İsmoil Hikmat Ertoylon, Jalol Tabib forscha “Gul va Navro‘z” dostonini, qo‘limizdagi Haydar Xorazmiy asarini ko‘zda tutib, Mavlono Lutfiy tamonidan turkiy tilga tarjuma etilgan deydi
E’tiboriz uchun raxmat
18.03.2023
Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling