Toshkent amaliy fanlar universiteti «tasdiqlayman»


ASOSIY QISM O‘QUV – TANISHUV MALAKAVIY AMALIYOTINING


Download 81.87 Kb.
bet2/6
Sana12.10.2023
Hajmi81.87 Kb.
#1700326
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-курс Молия амалиёт дастури (1)

ASOSIY QISM
O‘QUV – TANISHUV MALAKAVIY AMALIYOTINING
MAZMUNI
O‘quv – tanishuv malakaviy amaliyotining maqsadi - talabalarning moliya bo‘limi faoliyati va xodimlarining xizmat vazifalari bilan tanishish, kasbiy-amaliy bilimlarini o‘rganishdan iborat. Talabalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hududiy bo‘linmalari, ya’ni moliya bo‘limining tashkiliy tuzilishi, funksiyasi va vazifalari bilan tanishish amaliyotning asosiy vazifalari hisoblanadi. Shu bilan birga, amaliyot davrida talabalar amaliyot obyektining umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida ham muntazam ishtirok etib borishlari maqsadga muvofiq.
O‘quv – tanishuv malakaviy amaliyotining dastlabki kuni amaliyot o‘tish tartibi bilan tanishishdan boshlanadi. Amaliyot bo‘yicha biriktirilgasn mas’ul xodim, talaba amaliyot faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot beradi. Talabadan amaliyot o‘tash davomida amaliyot o‘tiladigan har bir ish o‘rniga oid amaldagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar, ularda foydalanilayotgan axborot-kommunikatsiya vositalari, zamonaviy veb-texnologiyalarni qo‘llash asosida ishlab chiqilgan avtomatlashtirilgan dasturlari bilan tanishib chiqish talab etiladi.
O‘quv – tanishuv malakaviy amaliyoti maqsadidan kelib chiqqan holda talabalar tomonidan quyidagi vazifalarni bajarishi ko‘zda tutilgan:

  • mahalliy byudjetlar daromadlarining tarkibi, tuzilishi (salmog‘i), miqdori va dinamikasi bilan tanishish;

  • mahalliy byudjetlar xarajatlarining tarkibi, tuzilishi (salmog‘i), yo‘nalishlari va dinamikasini o‘rganish;

  • byudjetlararo munosabatlar va ularni amalga oshirish mexanizmini o‘rganish;

  • byudjet jarayoni va uning bosqichlarini amalga oshirish ketma-ketligi va muddatlarini o‘rganish;

  • tashabbusli byudjet jarayonini amalga oshirish mexanizmini o‘rganish;

  • viloyat (tuman, shahar) byudjetidan davlat xaridlarini moliyashtirish amaliyotini o‘rganish;

  • amaliyot dasturi asosidagi hisobotni sifatli tayyorlash.




Download 81.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling