Toshkent amaliy fanlar universiteti «tasdiqlayman»
Amaliyot to‘g‘risida hisobotni rasmiylashtirish
Download 81.87 Kb.
|
1-курс Молия амалиёт дастури (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliyotni tashkil etish va unga rahbarlik qilish
- Universitetdan belgilangan rahbarning majburiyatlari
Amaliyot to‘g‘risida hisobotni rasmiylashtirish
Har bir talaba amaliyotda bajarilgan ishi bo‘yicha 15-20 bet hajmda yozma hisobot tuzadi. Amaliyot hisobotini tayyorlash amaliyot dasturida ko‘rsatilgan mavzularni moliyaviy nazariya va amaliy ma’lumotlar asosida tahlil qilish, o‘rganish hamda unga javob yozishni talab qiladi. Amaliyot hisobotining matni va unga qilingan ilovalar raqamlangan bo‘lishi va taqrizchi ayrim kamchiliklarni - ko‘rsatishi uchun manbaga joy qoldirishi lozim. Hisobot bo‘limlari va matnining ketma-ketligi, ishlab chiqarish amaliyotini o‘tish dasturida tavsiya etilgan mavzularning ketma-ketligiga muvofiq kelishi lozim. Amaliyot natijalari hisobot shaklida yozma ravishda amaliyot o‘tash joyida dasturda ko‘zda tutilgan masalalar bo‘yicha rasmiylashtiriladi. Bu maqsadda talaba har kuni amaliyot kundaligiga qilingan ishlarni yozib va tegishli material va hujjatlar nusxasini to‘plab boradi. Hisobot qo‘lyozma shaklida yoziladi va amaliyot tugagandan keyin «Iqtisodiyot» kafedrasiga topshiriladi. Amaliyotni tashkil etish va unga rahbarlik qilish Ishlab chiqarish amaliyotni tashkil qilish va unga rahbarlik qilish «Iqtisodiyot» kafedrasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda kafedra tomonidan tavsiya etilgan va universitetning maxsus buyrug‘i bilin tasdiqlangan professor - o‘qituvchilar amaliyotga rahbarlik qiladilar. Universitetdan belgilangan rahbarning majburiyatlari: - amaliyot boshlanishida amaliyotchi – talaba bilan suhbat o‘tkazish va unga amaliyotni o‘tish tartibi bilan tanishtirish; - amaliyotchining individual kalendar-mavzusi ish rejasini tuzish; - amaliyotning borishini tizimli ravishda (kafedrada belgilangan muddatda) tekshirib borish, har bir talabaning ishini nazorat qilish, talaba tomonidan amaliyot dasturidagi ayrim masalalarni o‘rganish darajasini aniqlash; - amaliyot dasturidagi ayrim mavzular yuzasidan talabaga maslahatlar berish; - amaliyotni o‘z vaqtida va dasturga muvofiq, to‘liq hajmda o‘tishini ta’minlash, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratish; - kundalikdagi yozuvlarning o‘z vaqtida yozilganligi va to‘g‘riligi hamda talabalar hisobotining tuzilishini tekshirish; - o‘quv – tanishuv malakaviy amaliyoti bo‘yicha hisobot topshirilgandan keyin har bir hisobotni tekshirish va yozma ravishda unga taqriz yozish, taqrizda hisobotining ijobiy tomonlari va kamchiliklarini ko‘rsatish; - amaliyot rahbarlarini kafedra yig‘ilishida vaqti - vaqti bilan o‘quv – tanishuv amaliyotining borishi haqida ma’lumot berib borishi va oxirida kafedraga yozma ravishda yakuniy hisobot berish zarur. Download 81.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling