Toshkent arxitektura qurilish instituti arxitektura fakulteti arxitektura tarixi va nazariyasi kafedrasi


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
Sana07.06.2020
Hajmi1.27 Mb.
#115857
Bog'liq
RIXSIYEVA IRODA 2


O`ZBEKISTON  RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI

TOSHKENT  ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI

ARXITEKTURA  FAKULTETI

ARXITEKTURA  TARIXI VA NAZARIYASI  KAFEDRASI

ARXITEKTURA  TARIXI VA NAZARIYASI FANI

MAVZU:BUXORO ARKI ME'MORCHILIGI



GURUH:8-18 “QHALTE”

TALABA:I.RIXSIYEVA

RAHBAR:Sh.BOBOYOROVA

TOSHKENT-2020





REJA

Kirish


Ko'hna Buxoro tarixi

Buxoro qadimgi shaharsozlik yodgorligi



Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar



KIRISH

Oʻzbekiston Me'morchiligi juda qadimiyligi, turli-tuman meʼmoriy yodgorliklari,



yuksak nafosat mujassami boʻlgan mahobatli osori-atiqalari bilan diqqateʼtiborni

tortadi. Amudaryo va Sirdaryo oraligʻidagi eng qadimgi madaniyat markazlari

hozirgacha arxeologik yodgorliklar qaʼridan ajoyib meʼmoriy xazinani namoyish

etmoqda . Buxoro, Samarqand, Tosh-kent, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Qoʻqon kabi

koʻhna shaharlar oʻzining noyob meʼmoriy obidalari bilan dunyoga tanilgan. Tarixiy

va afsonaviy me’morchiligi bilan mashhur Buxoro shahrida juda ko’plab tarixiy

obidalar mavjud bo’lib, ular xalqimizning bebaho merosidir. Ark, Sitorai Mohi Xosa,

Masjidi Kalon, Chor Bakr, Ismoil Somoniy maqbarasi, Mir Arab madrasasi va mana

shunday tarixiy obidalar sonini sanab adog’iga yetish mushkul. O’zbek xalqimizning

boy madaniy merosini, ayniqsa tarixiy-me’moriy obidalarini o’rganish yoshlarni

vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim o’rin tutadi.


Ko'hna Buxoro tarixi

Boy go’zal shahar juda ko’p marta turli-tuman dushmanlarning bosqinchilik

hujumlarining maqsadi bo’lgan, mo’g’ul-tatarlarning bosqini eng og’ir, yer bilan

yakson qiluvchi darajada bo’lgan edi. Lekin Buxoro har gal qaytadan aynan o’sha

joyda tiklanib, o’z zamini-yu a’analariga sodiq bo’lib qaytadan barpo bo’lar edi

Buxoroga asos solinishi qadim-qadimgi asrlar tubiga borib taqaladi. 1997 yilda

YuNESKO ning qaroriga ko’ra butun madaniy dunyo uning 2500-yilligini nishonlagan

edi. Afsonalar shaharning paydo bo’lishini tarixiy shaxs obrazi bilan bog’liq

Zardo’shtiylik xudolaridan biri – Siyovush bilan bog’laydi.

Buxoroning eng qadimiy qismi uning qal’asi – Ark hisoblanadi, bu yerda arxeologlar

eramizdan avvalgi IV - III asrlarga oid bo’lgan ba’zi topilmalar borligini aniqlashdi.

Bu balandligi 20 metr bo’lgan katta tepalik bo’lib, u yerda ilgari Buxoro amirining

saroyi, uning harami, xazinasi, qurol-yarog’ saqlanadigan xonalari, o’ta xavfli

jinoyatchilar uchun zindon bo’lgan edi. Hozirgi paytda ular tiklanmoqda.

Buxoroning eng qadimiy yodgorliklaridan biri X asrning boshida Somoniylar

sulolasining asoschisi tomonidan qurilgan Ismoil Somoniy maqbarasidir. Maqbara

usti yarim sfera shaklidagi gumbaz bilan yopilgan kub shaklidagi binodir. Somoniylar

maqbarasi O’rta Osiyoning me’morchiligida bizgacha yetib kelgan, pishiq

g’ishtdan qurilgan birinchi bino bo’lib, bunda g’ishtlar ham qurilish uchun, ham

bezatish uchun ishlatilgan.



Shaharning asosiy va eng baland ko’tarilgan inshooti – 1127 yilda qurilgan

Kalon minorasidir. Bu har tomonlama komil muhandislik inshooti, Buxoroning

sathidan 47 metrga ko’tarilib turgan ulkan minoradir. O’zbekistonda eng

baland bo’lgan ushbu minora tepaga chiqqan sari sal ingichkalashib boradi,

uning dumaloq aylanasidan o’rab turgan halqalar turli rangdagi sirlangan

g’ishtchalar bilan bezatilgan. Shu bilan birga minoradagi naqshlarning turli-

tumanligi va takrorlanib kelishi sodda va komil me’morchilik shakllarini

boyitadi.

Buxorodagi o’rta asrlar me’morchiligining alohida xususiyati – ko’cha yoki

maydon bilan bir-biridan ajralib turgan va old yuzasi, darvozalari bilan bir-

biriga qarab turgan ikkita ulkan inshootdan iborat bo’lgan majmualarning

barpo etilishi edi. Shu asosda shaharning markaziy me’morchilik majmuasi

yaratilgan – Poi Kalon («Ulkan inshoot osti») maydoni. Uning minorasi gumbazli

o’tish yo’li bilan benihoya ulkan juma masjidi – Masjidi Kalon bilan

bog’langan. Uning qarshisida XVI asrning boshida hatto bizning davrimizda

ham ishlayotgan Mir-Arab madrasasi barpo etilgan.



BUXORO ARKI



BUXORO ARKI

Eng ko‘hna madaniy meros obyektlaridan biri Ark qal’asi bo‘lib, u qadimda

Buxoro shahrining markazi hisoblangan. Buxoro arki milodning boshlarida

qurila boshlanib, XVI asrda Shayboniylar sulolasi davrida ansambl holiga

kelgan.

Ark qal’asining barpo etilishi Eron podshosi va turk ayolining farzandi Siyovush



nomi bilan bog‘liqdir. Ma’lumotlarda keltirilishicha, Siyovush Samarqand

podshosi Afrosiyobdan yengilgach, shu yerda – Zarafshon daryosining quyi

irmoqlaridan birining sohilida to‘xtagan va shaharning yaratilishiga asos

solgan. Siyovush Afrosiyob tomonidan o‘ldirilganidan keyin Buxoroning Sharq

darvozasi yonida ko‘milgan degan rivoyatlar bor.

VII asrda Buxoro hokimi Bidun vayrona holiga kelgan arkni qayta tiklatgan.

O‘sha davrda ark oldida katta maydon – registon, uning atrofida savdogar

va zodagonlarning yuzlab qo‘rg‘onlari bo‘lgan. Hokim va uning qarindoshlari

qo‘rg‘oni yonida asosiy shahar – shahriston joylashgan.

Ko‘plab me’moriy yodgorliklarni o‘zida jamuljam etgan ko‘hna Ark qal’asi

ko‘p asrlar mobaynida amirlikning qarorgohi bo‘lib kelgan. Bu yerda amir,

uning bosh vazirlari, harbiy boshliqlar, amirning ko‘p sonli xizmatchilari

yashaganlar. Ark qal’asida hukmdorlar uchun saroy, ko‘rinishxona, masjid va

turar-joy binolari bunyod etilgan.



Ark qal’asi to‘g‘risida birinchi yozuvlar Abu Baxr Narshaxiyning (899-939-

yillar) “Buxoro tarixi” kitobida ham uchraydi. Buxoro podshosi Bidun bu

qal’ani qurdi, ammo u tezda buzildi, yana yangidan qurdi, u yana buzildi. 

Shundan keyin uzoqni ko‘ra biladigan dono kishilarni chaqiradi. 

Donishmandlar arkni katta ayiq yulduzi shaklida barpo etishni maslahat

berdilar. Ark qal’asi ana shu shaklda quriladi, keyin esa u buzilmadi degan

ma’lumotlar bor.



Buxoro arki

Balandligi 20 m cha boʻlgan tepalik ustiga qurilgan arkning maydoni 4 ga, 

tarhi koʻpburchakli. Turli davrlarda devorlari tosh, pishiq va xom gʻisht, 

paxsalar bilan mustahkamlangan. Oʻpirilib tushgan joylari dastlab xom 

gishtdan, keyin pishiq gʻishtdan taʼmir etilgan. Koʻtarila boruvchi yoʻl orqali 

gʻarbdagi ulkan darvozadan (16asr) ichkariga kiriladi (sharq tomonida ham 

ilgari darvoza boʻlgan). Darvozaxona peshtoqining ikki yon tomonidagi 

«guldasta» va ular oraligʻidagi 3 qavatli bino yaxshi saqlangan. Ark 

ichkarisiga olib kiradigan uzun dalonyoʻlakning chap devorida 12 va oʻng 

devorida 13 taxmontokcha qilingan. Chap tomonidagi tokchalarning 

baʼzilarida obxonaga kiriladigan eshiklar bor. Guldasta (burj)lar tagida zax 

va dim yertoʻlalar boʻlgan. Dalonning oʻng tomonidagi oʻrta tokchasida 

afsonaviy qahramon Siyovush ruhiga Navroʻz bayramida chiroqlar 

yoqilgan. Amir sayisxona (otxona) siga ham shu yerdagi zinadan kirilgan. 

Dalondan chiqaverishda toʻpchi boshi (saroy qoʻriqchilari boshligʻi)ning 

mahkamasi, shu yerdagi ayvon tagida yertoʻla boʻlgan (bu binolar buzilib 

ketgan). Undan sal narida (gʻarbiy devor burchagida) peshayvonli jome 

masjid (saroy masjidi) qurilgan (18-a. oxiri). Masjid derazalari panjarali, 

devorlarining ichki tomonidagi naqshlar orasiga Qurʼon oyatlari bitilgan. 

Peshayvon shipi murakkab girihdar bilan bezatilgan.


Arkning orqa

yon 

tomonidan



koʻrinishi

Arkning shim. gʻarbiy burchagida toʻpchi boshining uyi va 

taʼmir ishlari ustidan nazorat qiluvchi kishi turadigan xona 

boʻlgan. Masjidning sharq tomonida oshxona, orqa tarafida 

zarbxona (oltin, kumush va chaqa tangalar zarb qilinadigan joy) 

bor. Zarbxonaning shim. sharqida zargarxona, janubda 

devonbegining mahkamasi va qushbegiga qarashli binolar 

boʻlgan (baʼzilari hozir ham bor). Jome masjiddan boshlangan 

tor yoʻlak qushbegi hovlisi orqali chorsuga tutashgan. Chorsuning 

chap tomonida tosh yotqizilgan katta hovli — koʻrinishxona 

oʻrnashgan. Unda elchilar qabul qilingan va amirlarning taxtga 

oʻtirish marosimlari oʻtkazilgan. Hovliga kiraverishda nakshli 

peshtoqboʻlgan (1605). Hovlining 3 tomoni ayvon bilan oʻralgan. 

Oldingi peshayvonda ikki qator naqshli ustunlar boʻlib, ularning 

tepasi kalla muqarnaslar bilan bezatilgan. Nurota marmaridan

qilingan taxt shu ayvondagi taxtiravon tagida turgan. Hovlining

jan. tomonida «Rahimxon mehmonxonasi» va qorixona qurilgan

(18-asr). Bu binolar tagida yertoʻlalar boʻlib, ularda xazina

sakdangan. Buxoro arkining shim. sharqidagi Buxoro zindoni

mangʻitlar saltanati davrida qurilganbo'lgan.



Arkning gʻarb tomonidagi hovlida mirzalar va bosh xizmatchilar 

uchun ikki qavatli binolar qurilgan. Sal narida — salomxona, undan 

sharq tomonda  mehmonxonalar, amir hamda oliy mansabdorlarga 

qarashli boshqa binolar joylashgan (miyon hovli). Janubda 

hammom, hammomning sharq tomonidagi kichkina masjid 

hozirgacha saqlangan. Arkning markazida oʻrda (amir xotinlari 

turadigan uylar), shimolda qushbegi xotinlari turadigan uylar, 

hammomning sharqida amir haramidagi qizlarning uylari, sharqida 

zodagonlar yashaydigan uylar bor. Shimoli sharqiy burchakda 

Childuxtaron masjidi va Battol Gʻoziy mozori boʻlgan. Arkning sharqiy 

devori boʻylab gʻulombachcha (soqchilar kazarmasi), jan. sharqiy 

burchagida dorixona (oʻqdorilar ombori) joylashgan (arkning 

gʻarbiy devoriga taqalgan binolarning bir qismigina sakdangan). 

Arkdagi qariyb 80 foiz imorat saqlanmagan. Arkning markazida 

(poydevor qoldiklari va xarobalari orasida) yer tagidan oʻtgan 

moʻrilar ark ichiga qarab ketgan katta sopol quvurlar koʻrinib turadi. 

Bular oqova suv quvurlarining qoldiqlari. Arkning gʻarbiy devoridan 

boshqa hamma devorlari, burchaklardagi minoralar buzilib ketgan. 

Buxoro arki darvozasi oldidagi Registon maydonida koʻpgina 

imoratlar boʻlgan. Uning gʻarbiy devoriga qaragan peshayvonga 

zambaraklar qoʻyilgan. Ark darvozasining chap tomonida 

lashkarboshi mehmonxonasi, shim. da esa qurolyarogʻlar 

tuzatiladigan ustaxona  va aslahaxona (qoʻrxona) boʻlgan.



Arkning yon 

tomonidan

koʻrinishi



Kirish darvozasi

Darvozadan kirsangiz, 



devorlar orasida o‘ziga xos

muzey yaratilganiga

ko‘zingiz tushadi.


Masjid. Hozir uning ichida

diniy muzey joylashgan

Ark qal'asini “Shahar 



ichidagi shahar”  deb 

atashgan.Hamda, xuddi

shaharlarniki kabi bozor, 

masjid, mehmonxona, 

ustaxona va ko‘chalardan

iborat bo‘lgan.



Qal'a ichidagi

ko‘chalardan biri

Bu kabi ko‘chalar hozir ham 



bir nechta bo‘lib, birinchi

marta Arkni aylanayotgan

odamning adashib qolishi

ham hech gap emas.



Zinalardan yuqoriga

ko‘tarilganda muzey bor

Shuningdek, hozirgi kunga



kelib Ark qal'asi ichida bir

qancha muzeylar ham 

tashkil etilgan.


Zindon xonalari atrofidagi

yo‘lak



Zindon atrofidagi yo‘lak



anchagina tor qurilgan

bo‘lib, u binoning ikki yon 

va orqa tomonidan o‘tadi.


Qo‘g‘irchoq zindonbandlar

Chuqurligi 6,5 metr, aylanasi



5 metr bo‘lgan zindonda

mahbuslarni kanalar

yordamida qiynoqqa

solishgan.



Arkning 1902 

yildagi

koʻrinishi



Buxoro arkining shimoliy sharqidagi «Childuxtaron» maqbarasi, 

janubiy gʻarbda «Battol Gʻoziy xonaqohi», xos hammom

qoldiqlari saqlangan. 1990-y. da arxeologlar tomonidan olib

borilgan qazish ishlari natijasida Amir mehmonxonasi

hisoblangan xonaqoh va uning atrofidagi hujralarning

poydevorlari, hovli ichkarisidagi supa, toshnov, tazar, sandal va

yaxxonalar ochildi. Hammom tuzilish jihatdan murakkabligi [yer

osti tazarlari umumiy bir tarmoqqa boʻysundirilganligi, shahar

tashqarisidagi zahkashga qadar choʻzilganligi, toʻrt tomonidagi

gulax (oʻtxona)lari doimiy ravishda bir xil issiqlik berib turishi, 

yaxxonada muzni to kech kuzgacha saqlay bilishganligi 

aniqlandi.


Buxoroning 2500-yilligi munosabati bilan ark ichkarisidagi taxt

joylashgan hovli taʼmirlanib, oʻz holiga keltirildi. Ark devorlari

yangilandi. «Goʻriyon» darvozasi qayta tiklandi

va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Yer sathidan 2,5—3 m 

chuqurlikda gumbazsimon yer osti yoʻli borligi aniqlandi. Arkda

Buxoro davlat meʼmoriybadiiy muzeyqoʻriqxonasi joylashgan.


Arkning 1907 

yildagi

koʻrinishi



Xulosa

Buxoro markaziy Osiyoda SHarq shaharlari milliy o‘ziga xosligini to‘laligicha saqlab



qolgan yagona shahardir. Qadimiy tor ko‘chalar turli-tuman bozorlar, savdo va

saylgoh maydonlari o‘zida SHarq ruhi va issiq nafasini aks ettirib turibdi. Buxoroiy sharif

yuragimizga jon qadar yaqin bu ulug‘ va muqaddas maskan nafaqat Islom olamida, 

balki jahonda ham dovrug‘ taratgan buyuk go‘shalardan biridir.2 Mashhur

tarixnavislarning shahodat berishlaricha, u amirliklaru – xonliklar davrida 800 yil

mobaynida mamlakat poytaxti bo‘lib, kelganligi ham Buxoroning ijtimoiy–siyosiy va

madaniy – ma’rifiy hayotda o‘z mavqega ega jonligini ko‘rsatadi.O‘zbekistonning boy

me’moriy an’analari jahon madaniy merosi rivojining barcha bosqichlari, nodir

me’moriy asarlarining turli-tuman ko‘rinishilarini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, 

minoralar kabi o‘ziga xos inshootlar me’morchiligida ham ma’lum darajada sezilarli iz

qoldirgan. O‘zbekiston hududida shakllangan minoralar va shu turdagi me’moriy

inshootlar jahon me’morchiligining minoralar me’moriy yo‘nalishlarining muhim qismini

o‘zining nodir yechimlari, badiiy-kompozitsion xususiyatlari bilan belgilab bergan va

me’morchilikning rivojlanishida o‘ziga xos o‘rinni egalladi. Ularning paydo bo‘lishiga

ushbu hududning har bir mintaqasi va turli davrdagi me’moriy taraqqiyot o‘z ta’sirini

ko‘rsatgan.



Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 1-12 tomlar. Toshkent,

2000-2006.

2. X.Po'latov. Shaharsozlik tarixi. O‘quv qo‘llanma. Т., «Fan va texnologiya»

3.Qodirova, T.F. San’at, arxitektura va shaharsozlik tarixi

4. Shosh.uz

5. library.ziyonet.uz

6.Daryo.uz



Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling