Toshkent arxitektura-qurilish instituti arxitektura fakulteti


Download 0.67 Mb.
bet2/5
Sana07.11.2021
Hajmi0.67 Mb.
#171398
1   2   3   4   5
Bog'liq
strategiya

XALQARO OMMAVIY HUQUQ

XALQARO XUSISIY HUQUQ

Xalqaro ommaviy huquq xalqaro munosabatlarda qatnashadigan davlatlar va boshqa subʼyektlarning oʻzaro munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga soladi.

Xalqaro xususiy huquq turli davlatlar fuqarolari hamda tashkilotlari oʻrtasidagi mulkiy va boshqa munosabatlarni, ularning huquqiy holatini, yurisdiksiyasini, yashab turgan davlat milliy qonunchiligini qoʻllash tartibi va shartlariga doir munosabatlarni tartibga soladi.

“Xalqaro huquq” atamasi xalqaro ommaviy huquqni bildiradi, undan xalqaro xusisiy huquqni farqlab olish kerak.



XALQARO HUQUQNING ASOSIY PRINSIPLARI.
  • “Xalqaro huquq prinsipi” tushunchasi. Xalqaro huquqning asosiy prinsiplari ilk bor BMT Ustavi bilan mustahkamlab qo`yilgan.Ularning mazmuni 1970-yili Bosh Assambleyada qabul qilingan BMT Ustaviga muvofiq do`stona munosabatlar va hamkorlikka taaluqli muhim hujjat- Xalqaro huquq prinsiplari tog`risidagi Deklaratsiyada, shuningdek, 1975-yildagi Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashining Yakunlovchi aktida ochib berilgan va rivojlantirilgan. Bundan tashqari xalqaro huquqning bir qator prinsiplariga bag`ishlangan BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyalari ham mavjud.



1970-yilda Xalqaro huquq prinsipi tog`risidagi Deklaratsiya quyidagi 7 ta asosiy prinsipni qamrab oladi:
  • Kuch ishlatmaslik;
  • Nizolarni tinch yo`l bilan hal etish;
  • Aralashmaslik;
  • Hamkorlik;
  • Xalqlarning teng huquqliligi va o`z taqdirini o`zi belgilashi;
  • Suveren tenglik;
  • Xalqaro huquqqa oid majburiyatlarni vijdonan bajarish.

  • 1975-yildagi YEXHK Yakunlovchi akti bular qatoriga yana 3 ta prinsiplarni qo`shgan:
  • Chegaralarning buzilmasligi;
  • Hududiy yaxlitlik;
  • Inson huquqlarini hurmat qilish.

BMT USTAVIDA XALQARO HUQUQ PRINSIPLARINING MUSTAHKAMLANISHI.
  • Kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik prinsipi.

  • BMT Ustavining 2-moddasi 4-bandi: “BMT ning barcha a`zolari har qanday davlatning hududiy daxlsizligiga yoxud siyosiy mustaqilligiga zid ekani va shuningdek qaysidir jihatdan BMT maqsadlariga muvofiq emasligi tufayli kuch bilan tahdid qilish yoki uni ishlatishdan tiyiladilar”.
  • Nizolarni tinch yo`l bilan hal etish prinsipi.

  • BMT Ustavining 2-moddasi 4-bandi: “Har bir davlat o`zining boshqa davlatlar bilan munosabatda yuzaga kelgan nizolarini tinch yo`l bilan shunday tartibda hal etsinki, toki xalqaro tinchlik va xavfsizlik hamda adolat xavf-xatar ostida qolmasin”.
  • Xalqlarning teng huquqliligi va o`z taqdirini o`zi belgilashi prinsipi.

  • BMT Ustavining 1-moddasi 2-bandi: “Millatlar o`rtasidagi do`stona munosabatlarni xalqlarning teng huquqliligi va o`z taqdirini o`zi belgilashi prinsipini hurmat qilish asosida rivojlantirish, shuningdek yalpi tinchlikni mustahkamlash uchun boshqa tegishli choralarni qo`llash”.
  • Hamkorlik prinsipi.

  • BMT Ustavining 1-moddasi 3-bandi: “BMT Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va gumanitar xalqaro muammolarni hal etishda…. Xalqaro hamkorlikni amalga oshirish maqsadini ko`zlaydi. Bunday hamkorlik xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlashdagina barcha davlatlarning majburiyati hisoblanadi ”.
  • Xalqaro huquqqa oid majburiyatlarning vijdonan bajarish prinsipi.

  • BMT Ustavining 2-moddasi 2-bandi: “BMT barcha a`zolarining tashkilot a`zolari tarkibiga mansubligidan kelib chiqadigan yalpi huquq va imtiyozlarini ta`minlash uchun ular mazkur Ustav bo`yicha o`z zimmalariga olgan majburiyatlarni vijdonan bajaradilar”.


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling