Toshkent arxitektura-qurilish instituti “arxitektura” fakulteti “bino va inshootlarni loyihalash” kafedrasi
Chunki balandlik ortishi bilan atmosfera havosi zichligi tobora siyraklashib boradi
Download 82.76 Kb.
|
1 2
Bog'liq3-labaratoriya ishi
Chunki balandlik ortishi bilan atmosfera havosi zichligi tobora siyraklashib boradi.
Suyuqliklarda va qattiq jismlarda tovush yana ham tezroq tarqaladi. Dengiz sharoitida uzoqdagi portlash ovozi ikki marotaba eshitiladi: birinchisi suvdan tarqalgan tovush to‘lqinlari hisobiga, ikkinchisi esa havodan keladi. Ultratovushli tebranishlar. Siz bilan biz eshitadiga eng past tovushlar chastotasi soniyasiga 20 tebranish, yoki 20 Gerts (Hz) ni tashkil qiladi. Bu birliklar nemis fizigi Genrix Gerts (1857-1894) sharafiga atalgan. Eng baland eshitiladigan tovushlar chastotasi esa 20000 Hz (20 kHz) bo‘lib, undan yuqorisini inson quloqlari eshitmaydi. Bu chastotadan yuqori chastotadagi tovush to‘lqinlari «ultratovushlar» deyiladi. Ultratovushni hosil qilish. Ultratovushni ko‘plab jonivorlar, shu jumladan itlar ham eshitishadi. Bunday qobiliyat ko‘rshapalaklarga mutlaqo qorong‘i sharoitlarda ham aniq mo‘ljal olish imkoniyatini beradi. Ular 200 kHz dan yuqori chastotada chiyillagan tovush chiqarib uchadi va uning har xil hashoratlar, jismlardan qaytishini ilg‘agan holda harakatlanib, ov qiladi. Inson esa ultratovushni harbiy sohada va tibbiyotda keng qo‘llaydi. Bizning tana to‘qimalarimiz ultratovushni yaxshi o‘tkazadi va bu ichki organlarga tibbiy tashxis qo‘yishda (UZI) muhim vositalardan biri hisoblanadi. Eshitish chastotasidagi tovushlarni qog‘oz yoki metall diafragmaning o‘ta tezkor tebranishlari orqali hosil qilinadigan oddiy dinamik yordamida olish mumkin. Lekin diafragmani ultratovush chiqaradigan darajada tebrantirishni imkoni yoq. Bu maqsadda maxsus qurilma - o‘zgartirgichda hosil qilinadi. Bunda o‘zgartirgich asosida yotgan kristallning qirralariga o‘zgaruvchan elektr tokinin ta'siri ostida ultratovush to‘lqinlari paydo bo‘ladi. Bunday usulada olingan ultratovush bilan masalan, oddiy usulda tozalash qiyin bo‘lgan kiyimlarni tozalash yoki nozik mexanizmli soatlarni tozalash mumkin. Suv ostidagi tovushlar. Exolokatorar huddi ko‘rshapalaklar qo‘llaydigan usulda ishlaydi. Kemalardan tarqatiladiga ultratovushlar suvosti kemalaridan, dengiz tubidan va baliq to‘dalaridan qaytadi va muhim axborot vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Hozirgi kunda exlokatrolar tibbiyotda ham keng qo‘llanilmoqda. Ultartovish impulslar odam tanasiga chuqur kirib borib va qaytib, ichki organlarning tasviriy shaklini hosil qilishi mumkin. Bundan tashqari ultartovushli teshiruvning Doppler effektiga asoslangan turi orqali qon tomirlariga tashxis qo‘yish imkoniyati mavjud. Inson tanasidagi har bir organning tashkil qiluvchi to‘qimalarining zichligiga mos ravishda ultratovushlarni o‘ziga xos ravishda qaytaradi. Zamonaviy tibbiyotda ultartovushli tahlil orqali bunday organlarning, nafaqat organlarning, balki ona qornidagi rivojlanayotgan embrionning ham tasvirini ko‘rish odatiy holga aylandi. TOVUSH CHASTOTASI (Hz) Tovush hodisalarini o’rganuvchi fizika bo’limiga akustika deyiladi. Akustika umumiy fiziologik (bioakustika), arxitekturik, musiqiy va hakozo bo’limlarga bo’linadi.Tovush – (bu zarrachalarning elastik muhitda tebranishidir) qulog’imiz seza oladigan chastotalarda zarrachalarning elastik muhitda tebranishidir, ya’ni 16 – 2·104 Gs chastotadagi diapazondir. 16 Gs chastotadan kichik tebranishlarga infratovush (IT), 2·104 Gs dan kattalarini ultratovush (UT) deb ataladi. ITva UT larni qulog’imiz qabul qilmaydi. Tovushlar yo‘g‘on va ingichka, baland va past, yoqimli va yoqimsiz bo‘ladi. Ular bir-biridan qanday kattaligi bilan farq qiladi? Buning uchun maxsus kattaliklar kiritilgan. Tovushninng har xil muhitda tarqalish tezligi har xil bo’lib, u muhitning elastik hususiyatiga va muhit zichligiga bog’liq bo’lib, quyidagicha ifodalanadi: 𝑣 = √𝐸/𝜌 bunda, E – Yung moduli, 𝜌 – zichlik. Tovush toni (vaqt mobaynida doimiy yoki biror qonuniyat asosida o’zgaruvchi bo’lgan tebranish) chastota, amplituda (siljish) va tebranish shakli - garmonik spektr bilan harakatlanadi. Organizmda mustaqil ravishda paydo bo’ladigan tovushlarni eshitish auskultatsiya deyiladi, tovushlarni eshitish uchun stetoskop, forendeskop ishlatiladi. Auskultatsiyaga asoslangan usulni fonokardiografiya deyiladi, ya’ni yurakdagi tovushlarni yozish usuli .Tananing ayrim qismlarini tukkullatish va uni analiz qilinishiga perkussiya deyiladi. Organizmda mustaqil ravishda paydo bo’ladigan tovushlarni eshitish auskultatsiya deyiladi, tovushlarni eshitish uchun stetoskop, forendeskop ishlatiladi. Auskultatsiyaga asoslangan usulni fonokardiografiya deyiladi, ya’ni yurakdagi tovushlarni yozish usuli .Tananing ayrim qismlarini tukkullatish va uni analiz qilinishiga perkussiya deyiladi Tovush geniratsiyasini organizimda tovush apparati hosil qiladi. U tanglay, til, lab, ovoz boylamidan iborat. Tovush hosil qilishda o’pka, bronxlar, traxeyalar, og’iz bo’shlig’i, burun, tomoq bo’shlig’i ham qatnashadi. Burun va og’iz bo’shlig’i rezonator hisoblanib, tovush formasini til, lab, tishlar yordamida kuchaytirish yoki kuchsizlantirish mumkin. Ovoz boylamlarining eng zo’r tebranishlari unli tovushlar chiqarilishida ro’y beradi. Unsiz tovushlar hosil bo’lganda yumshoq tanglayning til uchining va lablarining har xil qisimlari mustaqil tebranadi. Odamning eshitish apparati tovushni o’tkazuvchi va qabul qiluvchi qismlardan iborat. Quloq 3 qisimdan – tashqi, o’rta va ichki qisimdan iborat. Eshitish retseptorlari ichki quloqda joylashgan. Tashqi quloq – quloq chag’anog’i va tebranishni kuchaytiruvchi (rezonator) vazifasini bajaruvchi tovush yo’lidan iboratdir (quloqning sxemasi bo’lishi kerak). Tovush intensivligi. Tovush intensivligining fizik xarakteristikasiga tovushning qattiqlik deb ataluvchi psixofizik xarakteristikasi mos keladi. Tovush qattiqligi subyektiv ma’noga ega bo’lib tovush chastotasi va sezuvchanlikka bog’liqdir. Foydalanilgan adabiyotlar
Download 82.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling