Toshkent arxitektura-qurilish instituti bino va inshootlar qurilishi fakulteti “Boshqaruv psixologiyasi” fani
Download 0.81 Mb.
|
3 mavzu 102-19 mustaqil ish
Qurilish jarayonlari yoki qurilish-montaj ishlari majmualarini bir-biriga bog‘lanishiga ko‘ra qurilish ishlari mavjud bo‘lgan uch usuldan biri bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin: ketma-ket, parallel va oqim. Ketma-ket usul har bir keyingi binoni barpo etish oldingisini qurilishi tugagandan so‘ng barpo etishni nazarda tutadi. Qurilishning umumiy davomiyligi bir binoni qurishga sarflangan vaqtni ushbu binolar soniga ko‘paytirilganiga teng bo‘lib, ishlarni amalga oshirish uchun nisbatan kam sondagi ishchilar talab etiladi.
Parallel usul barcha binolarni bir vaqtda qurilishini nazarda tutadi. Barcha binolarni qurishning umumiy davomiyligi bitta binoni barpo etish davomiyligiga teng, biroq bunda bir paytda ishlash uchun ishchilarga bo‘lgan ehtiyoj m marta (m – qurilayotgan binolar soni) ortadi. Oqim usuli yuqorida tavsiflangan usullarning afzalliklarini o‘zida uyg‘unlashtirib kamchiliklarini istisno qiladi. Oqim usulida qurilishning davomiyligi ketma-ket usuldagiga qaraganda qisqaroq, biroq resurslarni iste’mol qilish jadalligi ham parallel usuldagiga nisbatan kam bo‘ladi. Oqim usulining o‘ziga xos xususiyati shundaki, binoni barpo qilish ishlari bir xil davomiylikka ega bo‘lgan bir nechta tashkil etuvchi tsikllarga bo‘linadi, ular har bir binoda turli vaqtlarda bajarilishi mumkin, bu esa bir turdagi jarayonlarni ketma-ket va har turdagi jarayonlarni parallel bajarishga imkon beradi.
Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling