Toshkent arxitektura-qurilish instituti bino va inshootlar qurilishi fakulteti “Boshqaruv psixologiyasi” fani


Download 0.81 Mb.
bet3/5
Sana28.12.2022
Hajmi0.81 Mb.
#1008888
1   2   3   4   5
Bog'liq
3 mavzu 102-19 mustaqil ish

2. Qurilishda mehnat muhofazasi.

Qurilishda mehnat muhofazasi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tadbirlar – tashkiliy,

texnik, sanitar-gigienik va qonunchilik tizimlaridan iborat bo‘lib, ularning maqsadi

barcha qurilish – montaj ishlarini bajarishda havfsiz mehnat sharoitarini ta’minlashdan iboratdir.

Tashkiliy-texnik tadbirlar – xavfsiz mehnat qilish metodlarini o‘rgatish,

xavfsiz mexanizmlarni, mehnat qilish vositalarini ishlab chiqish va ular asosida

xavfsiz qurilish jarayonlarni ishlab chiqish.

Sanitar-gigienik tadbirlar – qurilish maydonchasida me’yoriy mehnat va

dam olish sharoitlarini yaratishga yo‘naltirilgan.

Qonunchilik tadbirlari – ishlash va dam olish vaqti rejimini, ayollar hamda

o‘smirlarning mehnat sharoitlarini tartibga solish, ishchilarni ishga qabul qilish,

boshqasiga o‘tkazish va ishdan ozod etish qoidalarini, ishchilarning o‘zaro

munosabatlari hamda ishchilar va ma’muriyat o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga

soladi.

Ishlarni bajarishga boshlang‘ich kirish instruktaji (ko‘rsatma, yo‘riq)dan va

ish o‘rnida instruktaj (ko‘rsatma, yo‘riq)dan o‘tgan shaxslarga ruxsat etiladi.

Takroriy instruktaj (ko‘rsatma, yo‘riq) yangi ishga o‘tganda yoki mehnat

sharoitlari o‘zgargan vaqtda amalga oshiriladi.

O‘ta xavfli va zararli ishlarni bajarish uchun (balandlikda montaj qilish, hidli

moddalar bilan ishlash) ishchilarga, tegishli o‘qitishdan va imtixon topshirgandan

so‘ng ishlashga ruxsat etiladi.

Ishlarni boshqaruvchilarga eslatma sifatida qurilish maydonida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha asosiy tadbirlar ishlarni bajarish loyihasi (IBL)da va texnologik xaritalarda bayon qilinadi.

  • Ishlarni boshqaruvchilarga eslatma sifatida qurilish maydonida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha asosiy tadbirlar ishlarni bajarish loyihasi (IBL)da va texnologik xaritalarda bayon qilinadi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling