Toshkent arxitektura qurilish instituti


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana04.11.2020
Hajmi1.7 Mb.
#140604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism


 
Ishlarni    bajarish  loyihasini  variantlash  asosida  ishlab  chiqish,  ya’ni 
asosiy  qarorlarning  variantlari  samaradorligini  solishtirish  kerak.  Qurilish 
texnologiyalarini loyihalaganda yechiladigan masalalar: 
• ilg‘or qurilish konstruksiyalarini qo‘llash; 
• jihozlar va ishchilarni bir maromda yuklagan holda ishni oqim usulida 
tashkil etish; 
• qurilishni tashkil etishning ilg‘or usullarini ishlab chiqish; 
•  qurilish  ishlarini  bajarganda  ilg‘or texnologiya va   usullarni qo‘llash, 
bino  karkasini  barpo  etishdagi  ishlarni  umumqurilish  ishlari  bilan  birgalikda 
qo‘shib olib borish; 
•  ishlarni  bajarishning  samarali  mexanizatsiya  vositalari  va  qo‘l 
mehnatini qisqartirish uchun majmuali mexanizatsiyalash; 
•  ob’yektlarni  konstruksiyalar  bilan  komplektlashning  samarali 
sxemalari; 
• konstruksiyalarni keltirish va joylashtirishning  oqilona yechimlari
• konstruksiyalarni yiriklashtirib yig‘ish maydonchasini jihozlash; 

13 
 
•  ishlarni  bajarishda  uzluksizlikni  ta’minlash  va  behuda  texnologik 
tanaffuslarga yo‘l qo‘ymaslik; 
• ishlarni bajarishning  barcha bosqichlarida inshootning mustahkamligi 
va turg‘unligini ta’minlash; 
• mashina va mexanizmlarni  energoresurs  va suv bilan ta’minlash; 
• ratsional va universal   montaj uskunalarini qo‘llash; 
• kichik mexanizatsiya vositalarini keng qo‘llash; 
•  zamonaviy  ko‘chma,  konteynerli  va  yig‘ma  turdagi  xizmat  xonalari  
kabi vaqtinchalik inshootlarini qo‘llash; 
• ob’yekt qoshidagi omborlar soni va yuzasini qisqartirish; 
• transport vositalaridan montaj qilish; 
• karkasni barpo etish  va bir vaqtda bajariladigan ishlarni 2...3 smenada 
tashkil etish; 
• ishchilarni xavfsiz mehnati va dam olish normal sharoitini ta’minlash; 
Bino va  inshootlarni  yer  ustki  (yer  osti, alohida  seksiya  va  b.)  qismini 
barpo etish texnologiyasini loyihalash quyidagi prinsiplarga asoslanishi kerak: 
• binolarni hajmiy-rejaviy va konstruktiv yechimlarini o‘rganish; 
•  asosiy  montaj  mexanizmlarini  qo‘llash  mumkin  bo‘lgan  ishlarning 
bajarish usullarini oldindan tahlil qilish; 
• yig‘ma temirbeton konstruksiyalar ro‘yxatini tuzish, nomenklaturasi va 
materiallarning  maksimal massasini aniqlash; 
• material va yarimfabrikatlarga bo‘lgan talabni aniqlash (umumiy soni 
va aniq muddatda ayrim materiallarni yetkazish zaruriyati); 
• ishlarni vaqt sarfi va taxminiy mashina vaqti sarfini  hisoblash; 
• bino karkasini barpo etishni mumkin bo‘lgan muddatlarini aniqlash; 
• yuqorida keltirilgan materiallarni birinchi bor tahlili va baholanishi. 
Ma’qul texnologik xulosada, xususan ishlarni bajarish nuqtai nazaridan 
quyidagi prinsipial tomonlar  aks ettirilishi kerak: 
• kerakli montaj kranlari soni va sutkadagi ish smenalari soni; 

14 
 
• yetarli texnik parametrlar asosida montaj mexanizmlari va ularning eng 
arzonini  iqtisodiy solishtirishga ko‘ra  tanlash
• zamonaviy, ishonchli va universal industrial mexanizatsiya vositalarini, 
takelaj moslamalarini tanlash. 
Binolarni  barpo  etish  texnologiyasini  loyihalash  ishlari  birinchi  qabul 
qilingan qarorlarga asoslangan yakunlovchi bosqichidir. 
Asosiy  umumlashtiruvchi  hujjat  −  ishlarni  bajarish  kalendar  grafigi 
(plani). U  montaj va birgalikda bajariladigan ishlar hajmi, ularning mehnat sarfi 
va  qabul qilingan ish usullari asosida tuzilib quyidagilarni o‘rnatadi: 
•  alohida  ishlarning  bajarilish  ketma-ketligi,  o‘zaro  bog‘liqligi  va 
bajarilish muddati; 
• qo‘llaniladigan montaj kranlari soni va ulardan foydalanish muddatlari; 
•  bino karkasini barpo  etish davrida    ishchi kadrlarga bo‘lgan umumiy 
talab va xususan mutaxassislik bo‘yicha; 
• sutkada qabul qilingan ishchi smenalar soni va  u yoki bu smenalarda 
bajariladigan ishlar nomenklaturasi; 
• bino karkasini barpo etish umumiy davomiyligi,  kunlarda; 
• ishchilar kompleks brigadasining  va maxsus zvenolarning tarkibi. 
 

15 
 
1.5. Alohida ko‘rinishdagi texnik murakkab ishga  IBL tarkibi va mazmuni 
 
Ko‘p  hollarda  ishlarni  bajarish  loyihasi  bajarilishi  juda  murakkab 
bo‘lgan  montaj,  pardozlash  yoki  maxsus  ishlarga  ishlab  chiqiladi.  Yig‘ma 
konstruksiyalarni montaj qilish IBLning tarkibiga quyidagilar kiradi: 
•  ob’yekt  bo‘yicha  ishlarni  bajarish  kalendar  grafigi  (smenali,  soatli), 
ishchi kadrlar va mexanizmlarga bo‘lgan talab grafigi bilan birgalikda. 
•  ushbu  ish  turiga  qurilish  bosh  plani, kerakli  kranlarni  joylashtirilishi, 
ularning harakat yo‘llari, omborlar xo‘jaligini tashkil etish va maydon ichidagi 
ruxsat etilgan harakat zonalari; 
•  ishlarni  bajarish  usullari  va  sxemalari,  kerak  bo‘lgan  paytda  ishlarni 
bajarish texnologik xaritasi albatta bajariladigan va nazorat qilinadigan geodezik 
ishlar; 
• ishlarni bajarish loyihasi bo‘yicha texnika-iqtisodiy ko‘rsatkichlar; 
•  IBLda  qabul  qilingan  yechimlarga  ko‘ra  kerakli    izohlar  va  asoslar 
bilan tushuntirish xati. 
Bino  karkasi  montajining  ishlarini  bajarish  loyihasi  asosiy  qoidalarni 
aniqlashdan boshlanadi (ishlarning umumiy konsepsiyasi), u o‘z ichiga montaj 
usullari, kerakli montaj uskunalari va ishlarni bajarish muddatini oladi. 
Ishlarni  bajarishning  bu  asosiy  qoidalari  loyihaning  buyurtmachisi 
(qurilish yoki montaj tashkiloti)  bilan kelishiladi. Bu kelishuvlar tavsiya etilgan 
loyihadagi  konstruksiyalarni  ishchi  chizmalariga  asoslangan  bo‘lishi  kerak,  
IBLda ularni o‘ziga xosligi  va montaj qilish texnologiyasi taklif etilishi lozim. 
Asosiy  qoidalar  montaj  ishlarini  har  bir  taklif  etiladigan  variantlariga  ishlab 
chiqiladi.  Ishlarni  bajarish  usullarining  variantlari    nafaqat  qo‘llaniladigan 
montaj  mexanizmlari,  shuningdek,  montaj  ishlarining  texnologiyasi  bilan 
farqlanishi  kerak.  Ma’qul  variantni  tanlash    texnik-iqtisodiy  ko‘rsatkichlarni 
solishtirish  bilan  amalga  oshiriladi:  har  biri  uchun  mexanizatsiyalashtirish 
variantini o‘ziga xosligi  va qiymati, mehnat sarfi va ishlarni bajarish muddati.  

16 
 
Asosiy  qoidalar  tarkibida  tushuntirish  xati  ish  hajmlari  bilan,  har  bir 
variant uchun qurilish bosh plani fragmenti (qismi), ishlarni bajarish sxemalari 
va  yiriklashtirilgan  grafik  va  texnik  –  iqtisodiy  ko‘rsatkichlar  bo‘lishi  kerak. 
Ishlarni bajarish loyihasini  tayyorlashni  boshlash  uchun, tavsiya etilgan montaj 
variantlardan birini pudratchi, montaj tashkilotining rahbari yoki bosh pudratchi 
(qurilishni olib boruvchi qurilish tashkiloti) tasdiqlagandan so‘ng kirishiladi 
Ishlarni  bajarish  loyihasida  konstruksiyalar  montajini  ketma-ketligi, 
elementlarni aniq o‘rnatilishi va konstruksiyalarni fazoviy  o‘zgarmasligi, bino 
qismlarini barpo etish jarayonlarida turg‘unligi, konstruksiyalarni yiriklashtirish 
darajasi  va  albatta  ishlar  bajarilishida    xavfsizlikni  ta’minlovchi  tadbirlar 
o‘rnatiladi. 
Murakkab  qurilish  jarayonlariga    yoki  oddiy  qurilish  ishlariga 
tuziladigan  IBL tarkibidagi  asosiy  hujjat texnologik  xarita  bo‘lib, u o‘z  ichiga 
quyidagi bo‘limlarni oladi: 
1. Qo‘llanilish sohasi, qurilish jarayonining  tarkibi va maqsadi; 
2. Moddiy-texnik resurslar va asosiy mexanizmlarni tanlash – 
loyihalanayotgan ishlar hajmiga material, yarimfabrikatlar va konstruksiyalarga, 
mexanizm, asbob, uskunalarga bo‘lgan ehtiyoj ma’lumotlari; 
3. Mehnat sarfi va mashina vaqti sarfi kalkulyatsiyasi−ushbu 
operatsiyalarni    va  ish  hajmlarini    bajarish  uchun  ketgan    mehnat  sarfining 
ro‘yxati;  4.  Ishlarni  bajarish  grafigi  soat  yoki  smenada  −  jaryonlarni  vaqt 
bo‘yicha bog‘liqligi, ketma-ketligi va ularni bajarishning umumiy davomiyligi;  
5. Kompleks jarayonni texnologiyasi va uni tashkil etish – bajariladigan 
operatsiyalarning  ro‘yxati  va  texnologik  ketma-ketligi.  Bu  bo‘limda  montaj 
asboblarining  va  takelaj  uskunalarining    ishchi  chizmalari;  karkasning  asosiy 
konstruktiv  elementlarini  ildirish  (stroplash)  sxemalari;  montaj  so‘rilarini  , 
to‘siqlarini  (devor),  o‘tish  joylarini  va  narvonlarni  joylashtirish    o‘rinlari 
berilishi kerak; 

17 
 
6.  Sifatga  bo‘lgan  talablar.  Operatsiyalar  bo‘yicha  nazorat.  Ishni  qabul 
qilish – nazorat uchun qo‘llaniladigan pribor va asbob-uskunalar, bajariladigan 
montaj  ishlarini  va  montaj  birikmalarini  sifatini  operatsion  nazoratini  amalga 
oshiruvchi majburiy tadbirlar, ayrim jarayonlarni sifatini baholash; 
7.  Xavfsizlik  texnikasi  –  qurilish  jarayonlarini  xavfsizligi  va  montaj 
mexanizmlarini xavfsiz ishlashini tashkil etishni ta’minlovchi chora- tadbirlar; 
8.  Texnik-iqtisodiy  ko‘rsatkichlar  –  ish  birligiga  sarf  bo‘lgan  mehnat 
sarfi, texnologik xarita bo‘yicha ishni bajarish muddati. 
 

18 
 
II BOB. ISHLARNI BAJARISH VA BINONI BARPO ETISH KETMA-
KETLIGI 
Ishlarni  bajarish  ketma-ketligi  quyidagi  asosiy  omillar  va  ularni 
bosqichma-bosqich  o‘zlashtirilishi,    qurilish  jarayonini  amalga  oshishiga    olib 
keladi. 
• qurilish territoriyasi; 
• maydonni tayyorlash (tayyorlov davri ishlari) 
yer osti qismini barpo etish
• yer usti qismini barpo etish; 
• to‘sib turuvchi konstruksiyalarni barpo etish; 
• injener (muhandis) asbob-uskunalarini montaji; 
• ichki pardozlash ishlari; 
• texnologik asbob-uskunalarni  montaji; 
tashqi pardozlash ishlari
• obodonlashtirish. 
Qurilishni  amalga  oshirishning  birinchi  bosqichi  –  bu  qurilish 
territoriyasini  tanlash.  Bu  bosqichda  qo‘yilgan  masalaga  qarab  ma’qul  yerda 
joylashgan, qurilish davrida  qurilish  materiallari, konstruksiyalari va resurslar 
bilan  ta’minlash  talablariga  va  ekspluatatsiya  (foydalanish)  kerakli  talablariga 
javob  beradigan  yer  uchastkasi  (maydoni)  tanlaniladi.  Davlat  talablari  asosida  
rasmiylashtirish, qurilish uchun  yer  uchastkasini  ajratish va  arxitektura-rejaviy 
topshiriqni tayyorlash ishlari amalga oshiriladi. 
Maydonni  tayyorlash  majburiy  bosqich  bo‘lib,  ishlar  tarkibi  bo‘yicha 
sanoat  va  fuqaro  qurilishidagidek  bo‘ladi.  Asosan  maydonni  tayyorlashda 
muhandislik  tadqiqotlarini  o‘tkazish,  barpo  etilayotgan  binoni  mahalliy 
sharoitga  bog‘lash,  eski  binolarni  buzish,  tarmoqlarni  ko‘chirib  o‘tqazish, 
vaqtinchalik bino va inshootlarni barpo etish kabi ishlar nazarda tutiladi. 
Alohida  binoni  yoki  yaqin  joylashgan  bir  xil  tipdagi    kompleks  
(majmua)ni  barpo  etish  uchun    qabul  qilingan  ishlarni  bajarish  ketma-ketligi 

19 
 
sezilarli  darajada umumiy qurilish muddatiga ta’sir qiladi. Binolar qurilishining  
yoki o‘zaro bog‘liq ishlarni bajarilishining uchta asosiy usuli mavjud. 
Ketma-ket usulda alohida binoni barpo etishda ishchilar brigadasi  har 
bir  keyingi  ishni  oldingi  ish  to‘gagandan    so‘ng  boshlaydi.  Demak,  bino 
qurilishining  umumiy  davomiyligi  alohida  ishlar  bajarilish  davomiyliklarining 
yig‘indisidan  iborat, ya’ni  bu  holatda  ob’yektdagi  ishlarni bajarish  uchun kam 
miqdordagi ishchilar yetarlidir. Bir tipdagi binolar ketma-ket qurilganda, ya’ni 
har bir keyingi bino oldingisi qurilgandan so‘ng boshlansa, binolarni qurayotgan 
yagona  brigada  ketma-ket  qurilgan  binodan  yangi  qurilishi  boshlangan  binoga 
o‘tadi.  Bu  usulda,  binolar  kompleksi  (majmuasi)ning  umumiy  qurilish 
davomiyligi bir bino qurilishi davomiyligini  binolar sonini ko‘paytmasiga teng 
bo‘ladi,  ammo  bu  holatda,  bir  bino  qurilishidagidek  o‘zoq  vaqt  bir  yerda  
harakatda bo‘lganiga  nisbatan kam ishchilar soni kerak bo‘ladi .  
Parallel usulda bir paytning o‘zida alohida binoda turli ishlar bajariladi 
yoki  bir  tipli binolar  bir  paytda  barpo  etiladi. Har  bir  ko‘rilayotgan  ob’yektda 
mustaqil  ish  yuritadigan  brigada  ishlaydi.  Ideal  holatda  brigadalar  bir  paytda 
ishni boshlab va bir paytda binolarni barpo etishni to‘gatadilar. Parallel usulda, 
alohida binoni barpo etish muddati jami ishlarni bajarish muddatiga teng, ammo 
bu  usulda  bir  paytda  ishlaydigan  ishchilarga  bo‘lgan  talab  m  martaga  (shu 
turdagi  ishlar  va  ishchilar  brigadasi  soni)  oshadi.  Bir  xil  tipdagi  binolar 
kompleksini    parallel  usulda  barpo  etganda,    inson  resurslarini  jalb  etish  va 
qurilish muddati yuqorida keltirilgan sxemaga o‘xshash bo‘ladi. 
Qurilishning  oqim  usuli  o‘zida  ketma-ket  va  parallel  usullarining 
yutuqlarini  aks  ettirib  ularning  kamchiliklarini  bartaraf  etadi.  Bu  usulda 
qurilishni umumiy davomiyligi ketma-ket usuldagidan ancha kam, shuningdek, 
ishchilardan foydalanish intensivligi parallel usuldagidan kamroq. 
Ko‘rsatilgan  qurilish  usullarni  beshta  bir xil  binolar   qurilishi misolida 
kerakli hisoblar va diagrammalar yordamida namoyish etamiz. Bir binoga sarf 
bo‘ladigan  mehnat  xarajati  q  =  300  odam-kun,  brigada  n  =  10  odam  sonidan 

20 
 
iborat, binoni qurilish davomiyligi (bir qamrovdagi ishlar)  t= 30 ish kuni, N ‒ 
ishchilar soniga bo‘lgan kundalik maksimal talab. 
2.1-rasmda binolarni ketma-ketlik usulida barpo etishni kalendar grafigi 
berilgan.  Ishlarni  bajarish  davomiyligi  T=  mt  =  5  •  30  =  150  kun.  Inson 
resurslari    (ishchilarga  bo‘lgan  talab)  p  =  N  (har  kuni  10  odam).  Umumiy 
mehnat sarfi                 Q = Tp = 150 • 10 = 1500 odam-kun. Binolarni parallel 
usulda barpo etish 2.2-rasmda keltirilgan. Ishlarni umumiy bajarish davomiyligi 
T = t =30 kun. Ishchilarga bo‘lgan talab  N = mn = 5 • 10 = 50 odam (ishchi ) 
bir kunda. Umumiy mehnat sarfi o‘zgarmaydi  Q = NT= 50 • 30 = 1500 odam-
kun. 
Ishlarni oqim usulida bajarishning o‘ziga xos tomoni  qurilish ishlari va 
ularning  kompleks  (majmua)larini  bosqichlarga  yanada  kichikroq  tashkil 
etuvchilarga bo‘lishdir. 
Qamrovlar 
Ishlarning davomiyligi (vaqt), kunlarda 
10  20  30  40  50  60  70  80  90  100  110  120  130  140  150 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2.1-rasm. Binolarni ketma-ket usulda barpo etishning kalendar grafigi 
Qamrovlar
 
Ishlarning 
davomiyligi 
(vaqt), 
kunlarda
 
10 
20 
30 

 
 
 

 
 
 

 
 
 

 
 
 

 
 
 
2.2-rasm. Binolarni  qamrovlarda  parallel  usulda barpo etishning  kalendar grafigi. 

21 
 
Qamrovlar
 
Ishlarning davomiyligi (vaqt), 
kunlarda
 
 
 

18 
27 
36 
45 
54 
63 

 
 
 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 
 
2.3-rasm. Binolarni  qamrovlarda oqim   usulida barpo etishning  kalendar grafigi. 
 
Bino  qurilishini    boshlagan  hamma  brigada  a’zolarini  kerakli  qurilish 
kasblarini  mukammal  o‘zlashtirgan,  yer  ishlaridan  boshlab  binoni  pardozlash 
ishlariga  qadar  barcha  ishlarni  sifatli  bajaradi  deb  tasavvur  qilish  qiyin.  Shu 
boisdan, qurilish ishlarini ketma-ket bajariladigan uch siklga bo‘lish ma’quldir: 
binoni  yer  osti  qismini  barpo  etish  −  yer  ishlari,  poydevorlarni  va  yerto‘lani 
qurish,  gidroizolyatsiya va  boshqa ishlarni bajarish; yer usti qismini barpo etish 
–  ichki  devorlar  bilan  birgalikda  binoni  karkasi,  pardevorlar,  deraza  va 
eshiklarni o‘rnatishdagi  bo‘shliqlarini to‘ldirish hamda maxsus ishlarni bajarish 
va oxirgi sikl  − binoning ichkari va tashqarisini pardozlash. Shartli  ravishda 
qabul  qilgan  holda,  har  bir  sikldagi  ishlarni  bajarishda  mustaqil, 
ixtisoslashtirilgan, yuqori malakali 10 odamdan iborat bo‘lgan brigada ishlaydi 
va ular har bir binoda o‘zining ishini 9 kunda bajaradi. Ishlarni oqim usulida olib 
borishning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ixtisoslashtirilgan brigada bir 
binoda  o‘z  siklini  to‘gatib  ikkinchi  binoga  o‘tadi  va  o‘z  o‘rnini  keyingi  sikl 
ishlarini bajaruvchi  brigadaga bo‘shatib beradi (2.3-rasm). Shuningdek, ketma-
ket  ravishda  ikkinchi  brigada  birinchi  ob’yektdan  ikkinchi  ob’yektga  (  bir 
qamrovdan  ikkinchi  qamrovga)  ko‘chadi.  SHunga  o‘xshash  uchinchi  brigada 
ishlaydi, agar sakllar soni ko‘p bo‘lsa , u holatda to‘rtinchi va hokazo. Bu yerda 
ixtisoslashgan va tajribaga ega har bir brigada o‘zining ishini 10 kunda emas 9 
kunda bajaradi. 
 

22 
 
Ishchilar 
soni, 
odam 
Ishlarning davomiyligi (vaqt), kunlarda 
 

18 
27 
36 
45 
54 
63 
72 
81 
30 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
20 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
10 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2.4-rasm. Ishlarni oqim usulida ishchi kuchi harakati grafigi. 
 
Har bir vaqt intervalida ishlaydigan ishchilar soni 2.4-rasmda keltirilgan. 
Ishlarni umumiy davomiyligi  T= 63 kun. Umumiy mehnat sarfi  
Q= 10*9*2 + 20*9*2 + 30*93 = 1350 odam-kun. 
Ishlarning sikli 
Ishlarning davomiyligi (vaqt), kunlarda 
 

18 
27 
36 
45 
54 
63 
Yer osti qismi 
 
 
 
 
 
 
 
Yer usti qismi 
 
 
 
 
 
 
 
Binoni pardozlash 
 
 
 
 
 
 
 
2.5-rasm. Ishlarni oqim usulida bajariladigan  ish turlari bo‘yicha  kalendar grafigi. 
 
Ishlarni oqim usulida bajariladigan  ish turlari bo‘yicha  kalendar grafigi 
2.5-  rasmda  ko‘rsatilgan.  Ishlarni  bajarish  usullarini  solishtirish  2.1-jadvalda 
keltirilgan.  Brigadalarni  ixtisoslashtirilishi  oqim  usulida    maksimal  darajada 
mehnatni mexanizatsiyalashtirishga, tashkil etishni yaxshi ta’minlashga, yuqori 
mehnat  unumdorligiga  erishishga  imkon  beradi.  Muddatlarni  qisqartirish  bir 
turli ishlarni ketma-ket va har turli ishlarni parallel bajarish hisobiga erishiladi. 
 2.1-jadval 
Ishlarni bajarishning  turli usullarini solishtirish 
Usullar 
Ishlarning 
davomiyligi, kunlar 
Ishchilarning 
minimal soni 
Kompleks brigadalar 
soni 
Umumiy mehnat 
sarfi, odam-kun 
Ketma-ket 
150 
10 

1500 
Parallel  
30 
50 

1500 
Oqim 
63 
30 

(ixtisoslashtirilgan) 
1350 
Bino va inshootlar qurilishida oqim usuli asosiy usul bo‘lib, chunki uni 
qo‘llaganda qurilish – montaj ishlarining  uzluksizligi va bir maromda bajarilishi 
ta’minlanadi. 

23 
 
III BOB. QURILISH  BOSH  PLANI,  MATERIAL VA 
KONSTRUKSIYALARNI OMBORLARGA JOYLASHTIRISH 
3.1. Qurilishning  qurilish bosh planlari 
 
Qurilish  bosh  planini    tuzilishi    uchun    quriladigan  bino,  inshoot  yoki 
kompleksning  bosh plani asos  bo‘ladi . Qurilish bosh planlari asosan ikki xil 
bo‘ladi:  butun  qurilish  maydonining  territoriyasini  qamrab  oluvchi  
(mikrorayon,  kompleks,  qurilayotgan  korxona)    umummaydon  bosh  qurilish 
plani  va  alohida  bino  yoki  kompleksga  tegishli  bir  ob’yektni  barpo  etish 
territoriyasini o‘z ichiga olgan alohida ob’yektning  qurilish bosh plani 
Umummaydon  bosh  qurilish  plani    QTEL
 
tarkibiga  kirib,
   
loyiha 
tashkiloti tomonidan bosh pudratchi uchun ishlab chiqiladi va unda  kompleksga 
kiruvchi ob’yektlarni qurilish plani va qurilish maydonida vaqtinchalik bino va 
inshootlarning,  doimiy  va  vaqtinchalik  kommunikatsiyalarini    joylashtirilishi 
ko‘rsatiladi.  Umummaydon  qurilish  plani      qurilishni  tayyorlov  va  asosiy 
davrlari uchun  yoki variant sifatida tayyorlov davri ob’yektlarini  ajratib olgan 
holda  qurilishni asosiy davri uchun  loyihalanishi mumkin. 
U  bosh  plan  kabi  masshtabda  ishlab  chiqiladi  va    unda    doimiy  va 
vaqtinchalik  binolarning ro‘yxati keltiriladi. Tushuntirish xatida  barcha kerakli 
hisoblar va qurilish bosh planini asoslovchi  texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan 
birgalikda qurilish va foydalanish davridagi suv, energetik manbaalarga bo‘lgan 
ehtiyoj hisoblari beriladi. 
Ob’yektning    qurilish    bosh  plani  IBLning  tarkibiy  qismi  bo‘lib, 
yuqori  darajada  aniqlashtirilib,    qurilish  tashkiloti  tomonidan    yoki  uning 
buyurtmasi asosida institutlar tomonidan ishlab chiqiladi. Alohida ob’yektning  
qurilish  bosh  planida    umummaydon  bosh  qurilish  planida    qabul  qilingan 
qarorlarga  aniqliklar  kiritiladi.  Alohida  ob’yektning    qurilish  bosh  plani 
qurilishni bir necha bosqichlari uchun yaratilishi mumkin: tayyorlov davri, “nol 
sikli “ ishlari,  montaj sikli, pardozlash va tomyopma ishlari. 

24 
 
Qurilish bosh planining  vazifasi – qurilish maydonini  tashkil etishning   
eng samarali modelini  yaratish va amalga oshirish bo‘lib, u ishlayotganlarning 
yuqori  mehnat  unumdorligiga  erishishini    ta’minlovchi  sharoit    yaratilishini, 
qurilish-montaj  jarayonlarini    eng  qulay  variantda  mexanizatsiyalashtirilishini, 
qurilish-montaj  mashinalaridan  va  transport  vositalaridan  samarali 
foydalanishni,  mehnatni  muhofaza  qilish  talablariga  amal  qilinishini  e’tiborga 
oladi. Qurilish bosh planida barpo etilayotgan binoning  va ushbu maydondagi 
barcha  mavjud  va  loyihalanayotgan    inshootlarning  masshtabdagi    konturi 
chizilgan  bo‘lishi  kerak.  Mavjud  va  loyihanalayotgan  tarmoq  va 
kommunikatsiyalar,  shuningdek,  bor  bo‘lgan  temir  va  avto  yo‘llar  ham  aks 
ettirilishi kerak. 
Bino karkasini barpo etish uchun ishlab chiqilgan  texnologiyaga bog‘liq 
holda,  qurilish  bosh  planida  konstruksiyalar  ombori,    kerak  bo‘lgan  holda 
yiriklashtirib yig‘ish  maydoni ham joylashtiriladi. Material va konstruksiyalarni 
omborga  tashib  kelish  uchun  mavjud  yo‘llardan  foydalaniladi,  zarur  bo‘lgan 
holatda qoplamasi IBLda keltirilgan vaqtinchalik yo‘llar loyihalanadi. Qurilish 
bosh  planida  o‘ziyurar  mexanizm  va  kranlarning  to‘xtash  joylari  va  harakat 
yo‘llari,  minorali  kranlar  va  ularning  kranosti  yo‘llari  ko‘rsatilishi  kerak. 
Shuningdek, konstruksiyalar montajidagi xavfli zonalar va to‘siqlar yoki xavfli 
zonani ko‘rsatuvchi belgi-ko‘rsatkichlarni joylashtirilishi aks ettirilishi kerak. 
Qurilish  bosh  planida  vaqtinchalik  transformator  podstantsiyasidan 
qurilish  maydonini  yoritish  uchun  tortilgan  asosiy  elektromagistral,  ishlar 
bajariladigan  zonani  yoritilishi,  payvandlash  apparatlarini  ishi  uchun,  montaj 
kranini  ishlashi  uchun  kuchli  tok  kabeli,  xizmat  xonalariga  beriladigan 
elektrenergiyani  o‘lanish  joylari  ko‘rsatilishi  kerak.  Qurilish  maydonini 
yoritilishi  −  2  lk,  ishlar  bajariladigan  zonalarda  −  15  lk,  ombor  maydonlari 
territoriyasida  −    10lk  dan  kam  bo‘lmasligi  kerak.  Maydonni  yoritish  kerakli 
quvvatga  ega  bo‘lgan  projektorlar  o‘rnatilgan  minora-vishkalardan  amalga 
oshiriladi. 

25 
 
Ishlarni bajarishni tashkil etish uchun qurilish maydonida materiallarni, 
jihozlarni, instrumentlarni, ish kiyimlarini  va boshqa narsalarni  asrash uchun 
omborxonalar  mo‘ljallanishi  kerak.  Kiyimni  almashtirish,  isinish,  ovqatlanish, 
yuvinish, hojatxona, kiyimni quritish uchun xonalar loyihalangan bo‘lishi kerak. 
Bu  maqsadlar  uchun  mavjud  xonalardan  foydalanish,  inventar  xona  yoki 
vagonchalardan foydalanish oqilona yechimdir. 
Yong‘in xavfsizligi masalalari butun qurilish maydoni uchun yechilishi 
kerak.  Qurilayotgan  ob’yekt  atrofi  bo‘ylab  qurilish  maydonidagi  loyihalangan 
yo‘llarga  yaqin  masofada  gidrantlardan  iborat  yong‘inga  qarshi  tarmoqlar 
joylashtirilishi nazarda tutilishi kerak. Qurilish maydoni to‘silgan, tartibli kirish 
va chiqishga ega bo‘lishi, chiqish joylarida g‘ildiraklarni yuvish punkti tashkil 
qilinishi  kerak. 
Qurilish bosh plani yaratilayotganda ob’yekt qurilishiga bog‘liq bo‘lgan 
barcha tashkilotlar bilan muvofiqlashtirilishi, asosiy bajaruvchi montaj tashkiloti 
va bosh pudratchi bilan kelishilgan  bo‘lishi kerak. 
Ko‘p qavatli binoni montaji qurilish bosh plani tarkibida bo‘lishi kerak        
(3.1-rasm): 
1 —  prorab, ish yurituvchi xonasi; 
2 — ishchilar uchun inventar xizmat xonalari; 
3 — oshxona; 
4 —  dush- yuvinish,  kiyimni quritish xonalari; 
5  — hojatxona; 
6 — materiallar asrash ombori; 
7 — lift jihozlari ombori
8 —  santexnika  jihozlari ombori; 
9 — yuk ildirish moslamalari va tara (idish, sig‘im) uchun maydoncha; 
10 — qorishma va beton qabul qilish uchun maydoncha; 
11 — avtotransportdan yuk tushirish maydonchalari; 
12 — yong‘inga qarshi suv quvurlari gidrantlar bilan; 

26 
 
 
Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling