Toshkent arxitektura qurilish –instituti


Download 114 Kb.
Sana12.11.2020
Hajmi114 Kb.
#144250
Bog'liq
Bir qarashda TAQI

TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH –INSTITUTI


MUTAQIL ISH

Mavzu: Bir qarashda TAQI



Bajardi: 29-19 guruh talabasi

Rahimjonov Mahmudjon

Bir qarashda TAQI

INSTITUT HAQIDA

    Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi o‘zining shonli va sharafli 25 yillik tarixi davrida jahonga namuna qilib ko‘rsata oladigan bir qancha taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tdi. Shu jumladan, iqtisodiyot, siyosat, fan, ta’lim, sport, sanoat, qishloq xo‘jaligi kabi bir qancha sohalarda ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. Ayniqsa, hozirgi kunda qurilish sohasi Vatanimizning har bir hududida barqaror sur’atlar bilan jadal rivojlanib kelmoqda. Shaxsan O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi bilan ulkan ishlab chiqarish korxonalari, ko‘rkam va zamonaviy turar-joy binolari, madaniy-maishiy ob’ektlar, haybatli ko‘priklar va yo‘llar qurilgan. Bu faoliyatni samarali amalga oshirish uchun me’morchilik va qurilish sohasida chuqur bilimga ega bo‘lgan me’mor, quruvchi hamda muhandislarga bo‘lgan ehtiyoj sezilarli darajada yuqori bo‘lganligi sababli Toshkent arxitektura qurilish institutini tashkil etishga ehtiyoj tug‘ilgan. Hozirgi vaqtda bu jarayonda jonbozlik ko‘rsatayotgan Toshkent arxitektura qurilish instituti O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimovning 1991 yil 6 maydagi farmoniga binoan Toshkent politexnika institutining "Arxitektura”, "Sanoat va fuqaro qurilishi” hamda "Muhandis qurilishi” fakultetlari negizida tashkil etilgan. Shuni alohida ta’kidlash zarurki Toshkent arxitektura qurilish instituti arxitektura va qurilish sohasida tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar uchun davlat ta’lim standartlari, namunaviy o‘quv rejalar, fan dasturlari ishlab chiqishga hamda respublika oliy ta’lim muassasalarida tadbiq etishda doimo tashabbus ko‘rsatib kelmoqda.

    Bugungi kunda institutda "Arxitektura”, "Bino va inshootlar qurilishi”, "Muhandislik qurilish infrastrukturasi” va "Qurilishni boshqarish” fakultetlari mavjud bo‘lib, ularda "Dizayn”, "Arxitektura”, "Ko‘chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish”, "Qiymat injiniringi”, "Geodeziya, kartografiya va kadastr”, "Bino va inshootlar qurilishi”, "Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va montaji”, "Gidrotexnika qurilishi” kabi 18 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 4000 nafarga yaqin bakalavrlar hamda "Dizayn”, "Geodeziya va kartografiya”, "Bino va inshootlar arxitekturasi”, "Arxitektura nazariyasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash”, "Landshaftlar arxitekturasi”, "Bino va inshootlar qurilishi”, "Qurilishni tashkil etish texnologiyasi”, "Qurilish iqtisodiyoti”, "Gidrotexnika inshootlari”, "Ko‘chmas mulkni baholash va boshqarish” kabi 17 ta mutaxassislik bo‘yicha 200 nafarga yaqin magistrlar tayyorlanmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov kadrlar tayyorlash milliy dasturini sharhlab berar ekan "Bizga oddiy bitiruvchilar kerak emas, bizga zamon talablariga javob beradigan yangi zamonaviy texnologiyalarni egallagan, ilm-fanga chanqoq, mustaqil fikrlovchi kadrlar kerak” – degan edilar. Prezidentning bu ko‘rsatmalarini o‘ziga dasturilamal deb bilgan Toshkent arxitektura qurilish institutining barcha professor-o‘qituvchilari butun kuch va bilimlarini malakali mutaxassis tayyorlashga qaratmoqda. Hozirda institutni bitirib chiqayotgan yosh mutaxassislar qurilish obektlarida, loyihalash institutlarida va boshqa tashkilotlarda malakaviy amaliyotlarni o‘tash bilan birga samarali mehnat qilib kelmoqdalar.

    Bugunga qadar institutda turli sohalar bo‘yicha 35 mingdan ortiq mutaxassislar tayorlandi va ular mamlakatimizning arxitektura, qurilish va boshqa sohalarni kadrlar bilan ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

    Bu kadrlar yetarlicha bilim egalari, malakali mutaxassislar bo‘lishlari uchun ko‘p jihatdan o‘z sohasini mukammal bilgan, o‘z kasbini sevgan professor-o‘qituvchilarga bog‘liqdir. Institut rahbariyati professor-o‘qituvchilar ilmiy salohiyatini oshirishga jiddiy e’tibor bermoqda. Yosh kadrlardan ilmiy darajali va ilmiy unvonli, malakali pedagoglarni tayyorlash kafedra va dekanatlar diqqat markazida turibdi. Toshkent arxitektura qurilish institutida 360 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib, ulardan 20 nafari fan doktorlari va professorlar, 110 ga yaqini fan nomzodlari va dotsentlar talabalarga ta’lim-tarbiya bermoqdalar. Institut professor-o‘qituvchilarining 38% ilmiy daraja va ilmiy unvonlarga ega.

    Talaba va magistrlarga professor-o‘qituvchilar dars jarayonini sifatli olib borishlari uchun, har bir fan uchun birgina 2016 yil mobaynida 3 ta monografiya, 8 ta darslik, 350 dan ortiq chet-el tajribalari asosida tayorlangan o‘quv-uslubiy majmualar, respublika va chet el ilmiy jurnallarida 73 ta ilmiy maqola hamda turli konferensiyalarda 700ga yaqin maqola va tezislar chop etildi.

    Institut tashkil etilgandan beri, arxitektura va qurilish sohasi mutaxassislarini tayyorlashning dolzarb muammolari bo‘yicha 20 dan ortiq xalqaro konferensiyalar o‘tkazilgan. Institut ilmiy-tadqiqot ishlari O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustivor yo‘nalishlari bo‘yicha Davlat ilmiy-texnika dasturiga kiritilgan. Institut mutaxassislari qurilish konstruksiyalarini, jamoat va turar joy binolarini loyihalash, bino va inshootlarning zilzilabardoshligini aniqlash, texnogen chiqindilar asosida samarali qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha buyurtmalar qabul qiladi. Davlat buyurtmasi asosida, xo‘jalik shartnomasi hamda innovatsiya mavzulari bo‘yicha bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining umumiy qiymati 2016 yilning o‘zida 803.04 mln. so‘mga yetgan.

    Shu bilan birga Toshkent arxitektura qurilish instituti 20 dan ortiq MDH davlatlari va boshqa xorijiy davlatlarning nufuzli institut va universitetlari bilan hamkorlik shartnomalari asosida ishlab kelmoqda. Ular orasida AQSh, Germaniya, Fransiya, Italiya, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi, Indoneziya, Latviya, Rossiya kabi davlatlarning bir nechta ta’lim muassasalari bilan hamkorlik olib borilmoqda.

    Kadrlar tayorlash milliy dasturi oldimizga ta’limni jahon andozalari darajasiga ko‘tarish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish maqsadida chet ellardagi ilmiy va o‘quv markazlari bilan hamkorlik qilish, institutga xorijiy sarmoyalarni jalb etish vazifalarini ham qo‘ygan. Institut chet ellardagi o‘quv dargohlari bilan talabalar almashishda, xorijiy grantlarni qo‘lga kiritishda faol ishtirok etmoqda.

    Alohida e’tibor institutning iqtidorli yoshlari bilan ishlashga qaratilgan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida iste’dodli talabalardan bir nafari prezident stipendianti, 34 nafari Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori, talaba-qizlarimizdan 4 nafari Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlaridir.

    Oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan talabalarga ta’lim sohasini tarbiya bilan birgalikda olib borish talab etiladi. Zero har bir talaba kelajakda kasb-hunar sohibi bo‘libgina qolmay, yuksak ma’naviyatli komil inson bo‘lishi shart. Bu borada birinchi Prezidentimiz o‘zlarining 2008 yilda nashr qilingan "Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarlarida bir ibratli fikrni keltirib o‘tganlar. "Ta’limni-tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi. Bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasidir”.

    Fakultetlarda talaba-yoshlarning qiziqishi va intilishlaridan kelib chiqib, turli mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi. Jumladan, "Talabalikka qabul qilish”, "Oq yo‘l sizga bitiruvchilar”, "Quvnoklar va zukkolar”, "Zakovat intellektual o‘yinlari” muntazam o‘tkazilib kelinmoqda. Respublikamiz siyosiy-ijtimoiy hayotiga oid muhim sanalar , tantanalar institut katta va kichik marosimlar hamda ko‘rgazma zallarida o‘tkazib kelinmoqda.

    Yoshlar masalasi, yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari mustaqil davlatimizning hamisha diqqat markazida turibdi. Mamlakatimiz yoshlarini ozod va obod Vatan yaratishdek ulug‘ maqsad yo‘lida birlashtirish, jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlovchi, yoshlarni voyaga yetkazishga har tomonlama ko‘maklashish, yurtimizning shon-shuhratini oshirishga xizmat qiladigan uzoq muddatli keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlardagi faol ishtirokini ta’minlash maqsadida institutda 1999 yil "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining boshlang‘ich tashkiloti tashkil etilgan. "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining boshlang‘ich tashkiloti institutda madaniy-ma’naviy va sport-sog‘lomlashtirish sohasida ko‘pgina hayrli ishlar va tadbirlarni amalga oshirmoqda.

    Institutda talabalar ta’lim olishi uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlangan kompyuter xonalari, shuningdek, internetdan foydalanish imkoniyatlari, bepul Wi-Fi hududlari talabalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun xizmat qilmoqda. Bundan tashqari institut ijodiy ishlarni katta va kichik formatlarda sifatli chop etish uchun zamonaviy plotter va printerlar, skanerlar, muqovalash uskunalar va boshqa texnika jihozlari bilan ta’minlangan.

    Institut ma’muriyati tomonidan moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, o‘quv jarayonini hamda ilmiy tadqiqotlarni yangi texnalogiyalar bilan qurollantirish va ta’minlashga ham juda katta e’tibor qaratilgan. Hozir aksariyat kafedralar, ihtisoslashtirilgan audiotoriyalarda zamonaviy kompyuterlar, turli texnik asbob-uskunalar bir nechta laboratoriyalar muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Bu laboratoriyalarda talabalar amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari davomida zamonaviy uskunalar va yangi jihozlar orqali fanlarni yanada chuqur egallab kelmoqdalar.

    Ilm-fan va texnika taraqqiyoti, umuman har qanday mamlakat va jamiyat rivojini kitobsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Qaysi bir davlatda kitob mo‘l bo‘lsa, kitobga katta e’tibor berilsa, shu mamlakatda ilm-fan ravnaq topadi, ko‘plab barkamol insonlar kamol topadi. Institutda 16849 nomdagi turli o‘quv adabiyotlari, badiiy va ilmiy kitoblar, jahon adabiyoti durdonalaridan tashkil topgan 250000 ga yaqin kitoblar fondiga ega Axborot-resurs markazi faoliyat yuritmoqda. O‘quv zali fondida 100 ga yaqin nusxada gazeta va jurnallar, mavjud. Axborot-resurs markazida chet el adabiyoti xonasi ham mavjud. Kitob fondida hozirgi kunda 5 mingdan ziyod tabiiy va ijtimoiy fanlarga oid adabiyotlar mavjud bo‘lib, ularning aksariyati ingliz, nemis, fransuz va boshqa xorijiy tillarda yozilgan adabiyotlardir.

    Institut tarkibi haqida gapirar ekanmiz, shuni aytib o‘tish lozimki, 1996 yildan etiboran Toshkent arxitektura qurilish instituti qoshida akademik litsey faoliyat ko‘rsatmoqda. Akademik litseyda 403 nafar o‘quvchiga 33 nafar yuqori malakali pedagog xodimlar dars berib kelmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 22 sentabrdagi 408-sonli qaroriga asosan institut huzurida "Qurilish sohasidagi menejerlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi” faoliyat ko‘rsatmoqda. Markazning asosiy vazifasi bozor iqtisodiyoti sharoitlarida qurilish jarayonini boshqarish talablarini, ob’ektlarni qurishda ishlarni bajarishni tashkil etish hamda xalqaro va Vatanimizda to‘plangan tajribalarni hisobga olgan holda qurilish sohasidagi menejerlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishdan iborat hisoblanadi.

    Toshkent arxitektura qurilish instituti huzurida "Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi” faoliyat ko‘rsatmoqda. 2015 yildan boshlab tarmoq markazida Arxitektura, Dizayn (turlari bo‘yicha), Bino va inshootlar qurilishi, Shahar qurilishi va xo‘jaligi, Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji, Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi, Geodeziya, kartografiya va kadastr kabi 14 ta yo‘nalishlari bo‘yicha Oliy ta’lim muassalari pedagog kadrlari qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tashkil etilgan.

    Shuningdek, Toshkent arxitektura qurilish institutida Respublikaning turli hududlaridan kelib, tahsil olayotgan talabalar uchun zamon talablariga mos jami 500 o‘rinli 2 ta talabalar turar joyi hamda institutning bosh binosida 250 o‘rinli oshxona talabalar uchun xizmat qilmoqda.

    Umuman, mustaqillik davrida, Toshkent arxitektura qurilish institutida talabalar intellektual salohiyatini oshirish, yetuk mutaxassislar tayyorlash borasida ulkan natijalarga erishildi va erishilmoqda. Biroq istiqbolda qilinadigan ishlar hali ko‘p ekanini ham ta’kidlash kerak. Yakdillik, hamjihatlik, bag‘rikenglik va yuksak ilmiy salohiyat asosiy mezon bo‘layotgani institut jamoasi har doim mamlakatimiz ravnaqiga, ona-Vatanimizning jahon hamjamiyatidagi mavqei bundan ham yuksalishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shadi deyish uchun to‘la asos beradi.

QBF- Fakulteti

    Qurilishni boshqarish fakulteti 1992-yilning mart oyida Iqtisodiyot fakulteti nomi bilan tashkil etilgan. Iqtisodiyot fakulteti institut tuzilmasining o’zgarganligi va fakultetlarning ixtisosligi hamda mutaxassisligi nomlanishlaridan kelib chiqqan holda 2006 yilning 6 fevralidan institut rektorining 31-sonli buyrug’iga asoson Qurilishni boshqarish fakulteti nomi bilan yuritila boshladi. Ma’lumki, har bir qurilish tashkiloti, ob’ekti, umuman qurilishning barcha turlari turli xil resurslardan samarali foydalanish, oqilona hisob-kitob bilan amalga oshiriladi. Ayniqsa, bozor munosabatlari sharoitida boshqaruv va iqtisodiyot fanlari nazariyasi va amaliyoti hamda menejerlar, baholovchi-smetachi, zamonaviy qurilish va xizmatlar sohasi borasidagi mutaxassislarning roli ancha ortdi. Shu bois ham bularning barchasi samarali boshqarish tizimi natijasida ushbu fakultetning ochilishi zamon talabiga mos va xos muhim tadbir edi.

    Fakultetda qurilish sohasi uchun eng zarur hisoblangan 5340900-"Ko’chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish”, 5341100-"Qiymat injiniringi”, 5340300-"Shahar qurilishi va xo’jaligi”, 5610100-"Xizmatlar sohasi(uy-joy va kommunal, maishiy xizmatlar)” hamda ikkita 5111000-"Kasb ta’limi (5340300-Shahar qurilishi va xo’jaligi) va 5111000-"Kasb ta’limi(5610100-Xizmatlar sohasi(uy-joy va kommunal, maishiy xizmatlar)) ta’lim yo’nalishlari va 2016-2017 o’quv yilidan boshlab 5310900-"Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar, 5A340901-"Ko’chmas mulkni baholash va boshqarish”, 5A340206-"Qurilish iqtisodiyoti” va 5A340302-"Shahar transport xo’jaligi va aloqa yo’llari” hamda 2016-2017 o’quv yilidan boshlab 5A310902-"Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifatini boshqarish mutaxassisliklari bo’yicha yuqori malakali magistrlar tayyorlanmoqda.

Fakultet tarkibida 3 ta mutaxassis tayyorlovchi va 3 ta yordamch kafedralar mavjud. Bular Iqtisodiyot va ko’chmas mulkni boshqarish, Menejment, Shahar qurilishi va xo’jaligi, Informatika va informatsion texnalogiyalar, O’zbek va xorijiy tillar, Falsafiy va ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedralari faoliyat yuritadi. Fakultetda 6 ta fan doktorlari va professorlar, 15 dan ortiq fan nomzodlari va dotsentlar, shuningdek, 50 dan ortiq katta o’qituvchi va assistentlar 60 dan ortiq fanlardan talabalarga saboq bermoqda.

Bugungi kunga kelib fakultetda bakalavr va magistrlar tayyorlashda talabalarga zarur bo’lgan o’quv rejalari, na’munaviy fan dasturlari va 100 dan ortiq darslik va o’quv qo’llanmalar yaratildi. Yangi zamonaviy darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar ustida ish olib borilmoqda.

Arxitektura - Fakulteti

 1929 yilda O’rta Osiyo Politexnika instituti tarkibida tashkil topgan qurilish fakultetining arxitektura bo’limida O’zbekiston xududida arxitektor kadrlar tayyorlashga asos solindi. 1934 yilda birinchilar qatorida ushbu bo’limni bitirgan Abdulla Boboxonov, S.Asaturov, G.Jaxongirovlar keyinchalik mashxur arxitektor-muxandis, taniqli pedagog olim bo’lib yetishdilar.


    1991-yilda Toshkent arxitektura — qurilish instituti tashkil qilingach, birinchi kundan boshlaboq o’quv jarayoni qayta tashkil etildi, kadrlar tayorlashning zamonaviy talablarga moslashtirish soxasida juda katta tashkiliy ishlar qilindi. 1991-93 yillarda yo’nalish va mutaxassisliklarning o’quv rejalari qayta ishlab chiqildi. Talabalar uchun ikki bosqichli tizim, yani bakalavr va magistrlar tayyorlash tizimi joriy etildi. Hozirgi kunda Arxitektura fakultetida uchta yo’nalish: 5340100 -"Arxitektura”, 5150900 - "Dizayn”, 5341000 - «Qishloq xududlarini arxitektura loyihaviy tashkil etish» bo’yicha bakalavrlar tayyorlanadi. Arxitektura ta’lim yo’nalishi buyicha bakalavrlar tayyorlash muddati 4,5 yil, dizayn yo’nalishida…esa..4-yil.Bugunda fakultetda 5 ta mutaxassis tayyorlovchi 2 ta yordamchi kafedralar faoliyat ko’rsatmoqda. Bular "Arxitektura tarixi va nazariyasi”, "Arxitekturaviy loyihalash”, "Landshaft di­zayni va inter’er", «Shaharsozlik va landshaft arxitekturasi», "Rasm, rangtasvir va xaykaltaroshlik” va "Chizma geometriya va kompyuterda loyihalash” kafedralaridir.
    Fakultetda 100 ga yaqin professor-o‘qitvchilar faoliyat ko‘rsatadi. Ulardan 8 nafari fan doktori professorlar, 30 nafari fan nomzodi dotsentlar, 72 nafari katta o‘qituvchi va assistentlardir.
    Fakultetda 5 ta mutaxassislik boyicha magistrantlar tayyorlanadi va bular: 5A340101 "Bino va inshootlar arxitekturasi”, 5A340102 "Arxitektura tarixi va nazariyasi”, 5A340103 «Shaharsozlik, shahar va qishloq aholi yashash joylarini rejalash”, 5A340104 «Landshaft arxitekturasi», 5A150901 "Dizayn”. Bugungi kunga kelib fakultetda bakalavr va magistrlar tayyorlashda talabalarga zarur bo’lgan o’quv rejalari, na’munaviy fan dasturlari va 100 dan ortiq darslik va o’quv qo’llanmalar yaratildi. Yangi zamonaviy darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar ustida ish olib borilmoqda.

Bino va inshootlar qurilishi fakulteti


1929 yilda O’rta Osiyo Paxtachilik-irrigasiya politexnika instituti tarkibida tashkil topgan Qurilish fakultetida O’zbekiston xududida quruvchi-muhandis kadrlar tayyorlashga asos solindi. Yil sayin professor-o’qituvchilar jamoasi shakllanib, talabalar kontingenti oshib, moddiy-texnik baza shakllantirilib fakultet salohiyati yuksalib bordi.
    Fakultet taraqqiyoti, uni bitirib chiqayotgan kadrlar salohiyati bilan uyg'unlashgan holda Respublika qurilish infratuzilmasi shakllanishiga olib keldi, ya'ni loyiha, ilmiy tadqiqot institutlari, qurilish ishlab chiqarish boshqarmalari va trestlari tashkil etildi.
Bu qurilish infratuzilma elementlari bo’lmish ta'lim muassasasi va qurilish ishlab chiqarishi korxona va tashkilotlarini bir-birining rivojiga ta'sir etib, tarixiy yo’l bosib o’tildi.
    Fakultetga taniqli pedagog olimlardan professorlar B.A.Asqarov, A.B. Ashrabov, K.K.Qozoqboev, H.Z. Rasulov, X.N. Nuretdinov, dotsentlardan R.R.Abdurasulov, S.I.Ikramov, R.A.Qo’chqorov, R.H.Pirmatov va I.U.Ibragimovlar turli yillarda rahbarlik qilganlar. Bugungi kunda fakultetga dotsent I.Aliyev boshchilik qilmoqda.
    1991-yilda Toshkent arxitektura - qurilish instituti tashkil qilingach, birinchi kundan boshlaboq o’quv jarayoni qayta tashkil etildi, kadrlar tayorlashning zamonaviy talablarga moslashtirish sohasida juda katta tashkiliy ishlar qilindi. 1991-93 yillarda yo’nalish va mutaxassisliklarning o’quv rejalari qayta ishlab chiqildi. 1991 yildan 1999 yilgacha "Sanoat va fuqaro qurilishi” fakulteti, 1999- yildan "Bino va inshootlar qurilishi” fakulteti deb nomlangan.
    Talabalar uchun ikki bosqichli tizim, yani bakalavr va magistrlar tayyorlash tizimi joriy etildi. Hozirgi kunda Bino va inshootlar qurilishi fakultetida uchta yo’nalish: 5340200-"Bino va inshootlar qurilishi”, 5340700-"Gidrotexnika qurilishi”, 5312000-"Neft-gazni qayta ishlash sanoati ob’ektlarini loyihalashtirish va qurish bo’yicha bakalavrlar tayyorlanadi. Uchda ta’lim yo’nalishida ham bakalavrlar tayyorlash muddati 4 yil.
    Bugunda fakultetda 4 ta mutaxassis tayyorlovchi 1 ta umumkasbiy va 1 ta umumta’lim kafedralari faoliyat ko’rsatmoqda. Bular "Bino va inshootlar”, "Qurilish konstruksiyalari”, "Qurilish texnologiyalari va tashkiliyoti”, "Gidrotexnika inshootlari, zamin va poydevorlar”, "Qurilish mexanikasi va inshootlar zilzilabordoshligi” va "Jismoniy tarbiya” kafedralaridir.
Fakultetda 117 nafar professor-o‘qitvchilar faoliyat ko‘rsatadi. Ulardan 8 nafari fan doktori professorlar, 39 nafarifan nomzodi dotsentlar, 70 nafari katta o‘qituvchi va assistentlardir.
    Fakultetda 5 ta mutaxassislik bo'yicha magistrantlar tayyorlanadi va bular: 5А340201- "Bino va inshootlar qurishi”, 5А340202- "Qurilishni tashkil etish texnologiyasi”, 5А340204-"Qurilish konstruksiyalari, maxsus jixozlar va muxandislik tizimlari montaji”, 5А340701-"Gidrotexnika inshootlari”, 5А340702-"Geotexnika va yer osti gidrotexnika inshootlari” .
    Bugungi kunga kelib fakultetda bakalavr va magistrlar tayyorlashda talabalarga zarur bo’lgan o’quv rejalari, na’munaviy fan dasturlari va 150 dan ortiq darslik va o’quv qo’llanmalar yaratildi. Yangi zamonaviy darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar ustida ish olib borilmoqda.

Muxandislik qurilish infrastrukturasi - Fakulteti

Muhandislik qurilish infrastrukturasi fakul’tetining tarixi 1972-yildan boshlanadi. O’sha yilning 23 noyabrda ish boshlagan "Qishloq qurilishi” fakul’teti 1978-yilning oktyabr oyida "Injener-qurilish” fakul’teti 2007 yilning sentyabr oyida "Injener servis” fakulteti, 2010 yil dekabr oyida "Muhandislik qurilish infrastrukturasi fakul’teti” deb nomlandi. Fakul’tetning ta’lim-tarbiya, ilm-fan va ma’naviy-ma’rifiy sohadagi rivojiga taniqli pedagog olimlardan B.Asqarov, E.Qosimov , N.Samig’ov va boshqalar munosib hissa qo’shdilar. Fakul’teta turli yillarda dots F.N. Nazrullayev, professor X.Z. Rasulov, B.A. Asqarov, dotsent X.A.Akramov, S.A. Tashpulatov, dotsent S.M. Narbayevlar rahbarlik qildilar. Bugungi kunda fakultetga Norov Nusiratjon Nuralievich rahbarlik qilmoqda.


    Muhandislik qurilish infrastrukturasi fakul’tetining quyidagi vazifalarni amalga oshirishga katta е`tibor beriladi: yangi o`quv dasturi asosida ta`lim sifatini yanada oshirish; talabalarning mustaqil ishlarini tashkil еtish va rahbarlik qilish; uzluksiz amaliyot jarayonini yaxshilash; ishlab chiqarish, loyiha va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan aloqani mustahkamlash; shartnomalar asosida talabalarni shaxsiy reja asosida o'qitishga o`ta boshlash; talabalar bilimiga baho berishda reyting usulini joriy еtish va x. k.
    Kafedralarda bajariladigan ilmiy - tadqiqot ishlariga iqtidorli talabalar muntazam jalb еtilib kelinmoqda. Bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari ilmiy anjuman va seminarlarda muhokama еtilib, hisobotlarda va maqolalarda o`z aksini topmoqda.
Fakul’tet professor-o`qituvchilari jamoasi tomonidan har yili institut ma`muriyati bilan tuziladigan shartnomalar asosida monografiyalar, darsliklar, o'quv qo`llanmalar, uslubiy qo`llanmalar yaratilmoqda. Respublika va xorij jurnallarida professor o`qituvchilar ilmiy maqolalari muntazam chop еtilib turadi.
Fakultet professor-o`qituvchilari qurilish ilmi va uning natijalarini ishlab chiqarishga joriy qilish borasida ham muvaffaqiyatlarga еrishmoqdalar. Ilmiy-tadqiqot ishlari Davlat grantlari asosida bajariladigan innovatsiya, amaliy tadqiqotlar va ishlab chiqarish tashkilotlari buyurtmasiga ko`ra xo`jalik shartnomalari shaklida olib borilmoqda. Buning natijasida kafedralar moddiy texnika ta`minoti yuksalmoqda, o`qituvchilar ijtimoiy himoyalanmoqda va institut xazinasiga ham sezilarli mablag` tushmoqda.
    Fakultetda talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga jiddiy е'tibor beriladi. Professor-o`qituvchilar va murabbiylar har bir talabani komil inson qilib tarbiyalashga bor kuch-g'ayratlarini sarflamoqdalar. Fakultetda milliy qadriyatlar, milliy an'analar, bayramlar, sharqona urf-odatlar, udumlarga bag`ishlangan kechalar, yig'ilishlar, suhbatlar muntazam o`tkaziladi. Taniqli adabiyot va san`at namoyandalari, shoirlar, bastakorlar, yozuvchilar, aktyorlar bilan ijodiy uchrashuvlar uyushtiriladi.
    Fakultetda 3 ta mutaxassis tayyorlovchi ("Geodeziya, kartografiya va kadastr ”, "Injenerlik kommunikatsiyalarini loyihalash, qurish va ishlatish”, "Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari texnologiyasi") va 2 ta umumkasbiy "Мatematika va tabiiy fanlar", "Qurilish materiallari va kimyo") kafedralar  faoliyat yuritadi.
Download 114 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling