Toshkent Arxitektura Qurilish Universiteti 50-21-guruh Tayyorladi: Ibrohimov Muhammadamin
Download 0.98 Mb.
|
Ibrohimov Muhammadamin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dor orderi
- E’tiboringiz uchun rahmat
Toshkent Arxitektura Qurilish Universiteti 50-21-guruhTayyorladi: Ibrohimov MuhammadaminTekshirdi:Mavzu: Orderlar haqida. Dor,ion,korinf orderlarFR FABRIKAM RESIDENCES Reja:
Order (meʼmorlikda) — meʼmoriy kurilmalardagi turli (vertikal va gorizontal) qismlarning oʻzaro uygʻunligi, ularning tarkibiy va badiiy uslubi. Vertikal qismi ustun (kolonna)dan iborat boʻlib, tana, kapitel (bosha) va poyustun, baʼzan pyedestaldan tashkil topadi. Gorizontal (toʻsin) qismi arxitrav, friz va karnizni, ular birgalikda antablementni tashkil qiladi. Orderning mumtoz tizimi Yunonistonda paydo boʻlgan. Asosiy orderlar yunon qabila va viloyatlarining nomlari bilan doriy, ioniy, korinf orderlari deb ataladi. Orderning dastlabki har xil tizimlari qadimgi Misr va Eron xalq meʼmorligida qoʻllanilgan. Qadimgi Rimda shakllangan mumtoz orderlar tizimi jahon meʼmorligining yuksalishiga katta hissa qoʻshdi Dor orderiDor orderi nisbatan sodda, lekin kuch-qudrat ramzi hisoblanadi. Eng yetuk namunalarini Afina Akro-polidagi mashhur Parfenon va Propilei ehromlarida koʻrish mumkin. Qadimgi nusxasi esa Pestum (Kichik Osiyoning qadimgi shahri)dagi Poseydon ehromi xarobalarida saqlangan. Dor orderining ustun tanasi tepaga torayib boradi. Kapitel ham sodda boʻlib, u kvadrat taxtacha (abak) va ogʻirlikni bir maromda ushlab turuvchi yumaloq yostiqcha (exin)dan iborat. Abakning ustiga toʻsin yogʻochi — arxitrav qoʻyiladi.Frizning sal boʻrtib chiqqan qismi (triglif) va uning orasidagi kvadrat taxtacha (meton)lar bilan toʻgʻri burchaklarga boʻlingan. Ioniy orderi nazokat ramzi hisoblanadi. Mumtoz namunalari Afina Akropolidagi Erexteyon, Nika Apteros ehromlari va Propilei (darvoza)da ishlatilgan. Orderning bazasi murakkab, tanasi esa kannelyura (novsimon) shaklda, kapitel — qoʻchqor shoxidek ikki tarafga burilgan volyutalar va ular orasidagi tuxumsimon ioniklardan tashkil topgan. Arxitrav frizi tekis boʻlib, baʼzan unga relyef ham ishlanadi. Karniz qismida qator tishchalar bor. Korinf orderi birinchi marta Yunonistondagi Apollon ehromi Bassa (qad. shahar)da qoʻllangan. Mumtoz namunalari esa mil. av. 4-asrda qurilgan Lisikrat, Shamol burji kabi bi-nolarda joriy etilgan. Bu order ioniy va doriy orderlaridan ancha keyin shakllangan boʻlib, ulardan barcha nozik sifatlarni oʻzida mujassamlashtirgan. Bular chukur savat shaklidagi kapiteli va karniz ostidagi medalyonlari bilan ajralib turadi. Meʼmorlik orderlari orasida korinf orderi eng nafis va chiroylisi hisoblanib, odatda, savat koʻtargan sarvqomat qizga oʻxshatiladi. Qadimgi davrda tashkil topgan Meʼmorlik orderlari bejirim tuzilgan boʻlib, meʼmorlar ularni deyarli oʻzgartirmay foydalanmoqdalar. Qadimgi Misr orderlari tizimi oʻsimlik dunyosi — papirus, lotos va palma daraxti shakliga xos uslublashtirilgan, ustun tanasi dumaloq (aylana), baʼzan 8 va 16 qirrali shaklda, kapiteli gʻuncha yoki ochilayotgan gul shaklida ishlangan. Meʼmorlik orderlari turli tarixiy davrlarda meʼmor nazariyotchi (Brunelleski, Alberti, Palladio va b.)lar ijodida katta qiziqish uygʻotgan Vitruviy doriy orderini erkak tanasi goʻzalligiga va mustahkam qoʻrgʻonga, ioniy orderini esa nazokatli ayol tanasiga qiyoslagan. Oʻrta Osiyoda Meʼmorlik orderlari kushon meʼmorligida (Baqtriya, Yangi Nisa ibodatxonalari qurilishida), axomaniylar davrida Xorazmda qoʻllanilgani maʼlum. E’tiboringiz uchun rahmatFR FABRIKAM RESIDENCES Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling