Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “muhandislik” fakulteti


Download 6.83 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi6.83 Kb.
#1799732
Bog'liq
Dilshod 1-mavzu

TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH UNIVERSITETI

“MUHANDISLIK” fakulteti

“GEOMATIKA MUHANDISLIGI” kafedrasi

“Muhandislik-geodezik ishlar majmuasini avtomatlashtirish” fani


Bajardi: 101-21 guruh talabasi Norigitov Dilshodjon
O’qituvchi: A.I.Tojiddinov

Mavzu: Muhandislik-geodezik ishlar majmuasi

Reja:

  • Muhandislik-geodezik ishlar majmuasini avtomatlashtirish faning maqsad va vazifalari.
  • Muhandislik-geodezik qidiruv ishlari.

Muhandislik-geodezik ishlar majmuasini avtomatlashtirish faning maqsad va vazifalari.

Muhandislik-geodezik ishlar majmuasini avtomatlashtirish fani – topografik syomkalar, yangi binolar va inshoootlar qurilishida, shu bilan bir qatorda boshqa qurilish ob’ektlaridagi kengaytirish, rekonstruksiyalash va amalda ishlab turgan korxonalarni, binolar va inshootlarni texnik jihatdan qayta jihozlash ishlaridagi qurilish ishlari va qabul qilish ishlaridagi bajariladigan geodezik ishlarning mahsus kompyuter dasturlari orqali bajarishni o’rgatadi.

Qisqartirilgan so’zlar:

  • TGT – tayanch geodezik to‘r.
  • MTP –muhandislik -topografik plani.
  • YDZ – yerni distansion zondlash.
  • SShZT – sputnikaviy shahar zichlashtirish to‘ri.
  • O‘KX – o‘rtacha kvadratik xato.
  • MMGT – maxsus maqsaddagi geodezik to‘r.
  • KSGT – karkasli sputnikaviy geodezik to‘r.
  • RAFS – raqamli aerofotos’yomka.
  • GNSS – global navigatsion sputnikaviy sistema.
  • RMTP– raqamli muhandislik–topografik plani.
  • GRA – geodezik rejalash asosi.
  • GIBL – geodezik ishlarni bajarish loyihasi.
  • NO‘A – nazorat o‘lchash apparatlari.
  • RTK (Real Time Kinematic) – real vaqtda kinematik rejimda sputnikaviy geodezik aniqlashlar.
  • YTS – yoriladigan tektonik siljish.
  • EUL – elektr uzatish liniyasi.
  • GIBL - geodezik ishlarni bajarish loyihasi;
  • IBL - ishlarni bajarish loyihasi;
  • QTEL - qurilishni tashkil etish loyihasi;
  • SNS - sputnikaviy navigatsiya sistemasi;
  • KHYS - konstruktorlik hujjatlarning yagona sistemasi;
  • QLHS - qurilish uchun loyihaviy hujjatlar sistemasi;
  • GTS - gaz taqsimlash stansiyasi;
  • TP - taqsimlash punkti;
  • TP - transformator punkti;
  • QMOIGP - qurilish maydoning operativ ijroiy geodezik plani;

Muhandislik-geodezik ishlar
Topografiya
Qurilishda geodeziya

Topografiya

Geodezik, topografik, aerofotos’yomka, stereofotogrammetrik, muhandislik-gidrografik, trassalash ishlari, statsionar geodezik kuzatishlar, kadastr va boshqa maxsus ishlar va tadqiqotlar, shuningdek qurilish jarayonidagi geodezik ishlar, korxonalarni, bino va inshootlarni ekspulatatsiya qilish va tugatishni o‘z ichiga olgan muhandislik-qidiruvlarni bajarish topografiya tarmog’i hisoblanadi.

Topografik ishlar tarkibi:

Topografik ishlar tarkibi:

  • - qurilish uchun maxsus mo‘ljallangan geodezik to‘r bilan birga, geodezik tayanch to‘rni barpo etish va rivojlantirish;
  • - topografik va muhandislik -topografik planlarni (MTP) yangilash;
  • - qurilishni loyihaviy tayyorlashni asoslash uchun mo‘ljallangan (shaharsozlik xujjatlari, qurilishga invistitsiyani asoslash, loyihalar va ishchi xujjatlar) MTP, profillar va boshqa topografik-geodezik materiallarni va ma’lumotlarni yaratish;
  • - geoaxborot tizimini (GAT), davlat kadastrlarini (shaharsozlik, yer va b.) yaratish va yuritish;
  • - tematik kartalar, planlar va maxsus maqsadlardagi atlaslar (grafik, raqamli, fotografik va boshqa shakllarda) yaratish va yangilash.

Qurilishda geodeziya

  • Qurilishda bajariladigan geodezik ishlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
  • a) geodezik ishlarni bajarish loyihasini (GIBL) ishlab chiqish;
  • b) qurilish maydonining rejalash to‘rini barpo etishni va bino va inshoootlar (yirik va murakkab ob’ektlar va 9 qavatdan baland binolar uchun - binolar, inshoootlarning tashqi rejalash to‘rlarinibarpo etish),magistral va maydon tashqarisidagi chiziqli inshootlarning asosiy va bosh rejalash o‘qlarini joyga ko‘chirish hamda texnologik qurilmalarni montaj qilishni o‘z ichiga olgan geodezik rejalash asosini yaratish;

v) magistral, chiziqli inshootlar yoki ularning qismlaridan tashqari, maydon ichidagi vaqtincha binolar (inshoootlar)ni rejalash;

  • v) magistral, chiziqli inshootlar yoki ularning qismlaridan tashqari, maydon ichidagi vaqtincha binolar (inshoootlar)ni rejalash;
  • g) binolar (inshoootlar)ning boshlang‘ich va montaj gorizontlarida ichki rejalash to‘rini va texnologik qurilmalarni montaj qilish uchun rejalash to‘rini barpo etish,agarda bu ishlarni bajarish loyihasida ko‘rsatilgan bo‘lsa, hamda batafsil rejalash ishlarini amalga oshirish;
  • d) binolar (inshoootlar) ning geometrik parametrlari aniqligini geodezik nazorat qilish vaijroiy s’yomka bajarish orqali ijroiy geodezik hujjatlarni tuzish.

Muhandislik-geodezik qidiruvlar odatda uch bosqichda:
Tayyorgarlik ishlari
Dala
Kameral ishlar
Download 6.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling