Ko‘pikblok ishlab chiqarishni texnologik sxema tavsifi
Ko‘pikbetonni tayyorlanishi va qo‘llanilishi.
Ko‘pikblokni ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagicha: suyuq qorishma avtoklavsiz monolit g‘ovak beton opalubkaga quyiladi va bo‘shliq, yoriqlarni to‘ldirib zich joylashadi hamda buzilgan asosni tiklaydi. Qorishmani tayyorlash uchun 10 daqiqa kerak bo‘ladi. Bu erda faqat to‘rtta komponentni ishlatish kerak:
Bu suv, sement, ko‘pik xosil qiluvchi maxsus poroshok shuningdek, mayda to‘ldiruvchi xam ishlatiladi.
Quyidagi g‘ovaksimon beton, boshqa qorishmalar kabi maxsus tempuraturani, namlikni talab qiladi. Bir tarafdan bu sement gidrotatsiyasini saqlab turishga, ikkinchi tamondan mustaxkamligini saqlashga, tempuraturani tushishida, betonda yoriqlar bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi.
Shu sababli betonning quyilishi bilan uning ustini polietilen plyonkasi bilan yopish tavsiya etiladi. Bunda betonning qotishi normal sharoitda (t=22°C) bo‘ladi, penobeton 7 kundan so‘ng o‘zining 55 – 70% mustaxkamligiga ega bo‘ladi. Yig‘ma elementning mustahkamligi proekt markasidan – 70 – 80%. Ishlab chiqarishdan oldin buyumni 3-4 xaftalik xavoda ushlab turib montajni boshlash mumkin.
Butun dunyoda klassik usuli asosida ko‘pikgeneratorni qo‘llash orqali ko‘pikblok qorishmasini tayyorlashning 4 ta asosiy texnik jarayonlari mavjud :
Qorishtirgichni ishlatib, qorishtirgichda aylanuvchi valning ichiga suv+sement+qum qo‘shiladi. Sement qumli qorishma (3-4 min) tayyorlanadi.
Qorishtirgichni to‘xtatmasdan ko‘pikgeneratordan ko‘pikni (1 daqiqa va undan kam) uzatamiz.
Bir xil massa xosil bulguncha aralashtiramiz (1-2 daqiqa).
Tepa qismini yopib, qorishtirgichga siqilgan havoni uzatamiz va massa kerakli xajmdagi qoliplarga (3-4 daqiqa) qo‘yiladi.
To‘liq texnologik jarayon taxminan 7-12 daqiqani tashkil qiladi. Boshqacha qilib aytganda, agar biz 500 litrli qorishtirga ega bo‘lsak, u holda 7 – 12 minutli siklda – soatiga 5 – 8 marta qorishmani qorish va ishlab chiqarish 2,5 – 4 m. kub/soatni tashkil qiladi.
1.4 Ishlab chiqarish texnologik sxemasi
Do'stlaringiz bilan baham: |