Toshkent arxitektura qurilish universiteti qurilishni boshqarish fakulteti «qurilishda menejment» kafedrasi


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 57


Download 231.29 Kb.
bet3/20
Sana06.04.2023
Hajmi231.29 Kb.
#1329902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
G\'ulomova Laylo Kurs ishi 1

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 57

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda aloqa va axborotlashtirish sohasini rivojlantirish, barcha sohalarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, jahon axborot makoniga integratsiyalashish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Prezidentimizning 2012-yil 21 martda qabul qilingan “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazkur yo‘nalishdagi ishlarni takomillashtirishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. 2013 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra, ma'lumotlar uzatish, jumladan, internet tarmog'iga ulash xizmatlarini ko'rsatuvchi xo'jalik sub'ektlarining soni 930 taga yetdi, jamoa bo'lib foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi 7780 Mbit/s.ga yetkazilib, o'tgan yilga nisbatan 160,9 foizga o'sdi. Buning natijasida operator va provayderlarga internet xizmatlari (tashqi kanal) uchun belgilangan tarif 2012 yil boshiga nisbatan o'rtacha 25 foizga kamaytirildi. UZ zonasida qayd qilingan domenlar soni bugungi kunda 15,8 mingtadan ziyodni tashkil etdi. Hisobot davrida Davlat axborot resurslarining umumiy soni 195taga yetkazildi. Interaktiv davlat xizmatlarining umumiy soni 197tani tashkil qildi. Davlatimiz rahbari tomonidan 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisida quyidagi vazifasi menejmentda “Axborot-kommunikatsiya va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi chora-tadbirlar va loyihalarni jadal amalga oshirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biz o‘zimizga shuni aniq tasavvur etishimiz kerakki, iqtisodiyotning barcha sohalariga, Jumladan,menejmentda zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etish bo‘yicha tub va ijobiy ma’nodagi portlash effektini beradigan o‘zgarishlarni amalga oshirmasdan turib, istiqboldagi maqsadlarimizga erishish qiyin bo‘ladi. Biz qisqa vaqt mobaynida menejmentda nafaqat axborot xizmatlari ko‘rsatishning ko‘plab turlari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etishimiz, balki axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasida yuksak darajaga erishgan ilg‘or mamlakatlar safiga qo‘shilishimiz zarur”1. Bugungi kundagi asosiy ustuvor vazifa sifatida amalga oshirilmoqda.Davlatimiz rahbari tomonidan 2015 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2016 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisida belgilab berilgan AKTni kelgusida menejmentni yanada rivojlantirish va takomillashtirish borasidagi vazifalar ham alohida ahamiyatga ega. Jumladan, mazkur muhim vazifalarni amalga oshirish bo'yicha soha korxonalari rahbarlariga tegishli chora-tadbirlarni belgilab olish va ijrosini ta'minlash yuzasidan quyidagilarni amalga oshirmoqdalar:





  • “Elektron hukumat” tizimini, shu jumladan, boshqaruv jarayonlari, shuningdek, biznes sohasiga va fuqarolarga davlat xizmatlari ko'rsatish tizimini shakllantirish konsepsiyasi va kompleks dasturini ishlab chiqishni jadallashtirish,


  • tadbirkorlar va aholiga interaktiv davlat xizmatlari ko'rsatishning elektron shakllarini joriy qilish,


  • milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirishning 2013-2017 yillarga mo'ljallangan kompleks Dasturini ishlab chiqish,


  • zamonaviy texnologiyalar asosida videotelefonlar, internet-televideniye, yuqori tezlikdagi internet, HDTV kanallarini namoyish qilish va boshqa xizmatlar ko'rsatish imkonini beradigan 2 ming kilometr uzunlikdagi keng polosali optik tolali aloqa tarmog'i qurilishini yakuniga yetkazish,


  • internet tarmog'ida turli yo'nalishlardagi zamonaviy milliy veb-resurslarni yaratishAxborotlashtirish sohasidagi islohotlarning olib borilishi natijasida respublikamizning barcha tarmoqlari va davlat boshqaruvi organlari oldiga qo’yilgan vaziflardan kelib chiqib, Menejmentda zamonaviy axborot-komunikatsion texnologiyalari (AKT) va telekomminikatsiya tizimlarini rivojlantirish va ularni hayotga keng joriy etish qilinishiga erishilmoqda. Jumladan ,menejmentning ijtimoiy yo’naltirilgan ko’p tarmoqli axborot industriyasini tashkil etish , AKTni iqtisodiyotning turli sohalarida keng joriy qilish orqali jamiyatimizning ichki mustahkamligi va ijtimoiy birligini tashkil etish , umumjahon hayot sifati standartlariga chiqish maqsadida ,8ta qonun ,O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 3ta farmoni. Prezident va hukumatimizning 17ta qarori qabul qilindi.Vazirlar Mahkamasining maxsus qarorlariga asosan davlat axborot resurslarini qo’shimcha ro’yxati tasdiqlanib , yil boshida 51 ta davlat axborot resurslari va 8ta menejment axborot tizmlari yaratildi hamda davlat organlarining 49 interaktiv xizmatlari turlari tasdiqlandi. Mamlakatda iqtisodiyotni rivojlanishi, menejment tizimini mukamallashtirish axborotlarsiz amalga oshirib bo’lmaydi. Marketing muammolariga mamlakatimiz Prezidentimiz alohida e’tibor qaratib: ”Biz doimo hamma darajada marketing tadqiqotlarini tashkil etish bilan jiddiy shug’ullanish zarurligini ta’kidlaymiz.Biroq bu borada amalda juda oz ish qilinmoqda.Ichki va tashqi bozorlarning taraqqiyot tamoyillarini yaxshi bilmaslik natijasida korxonalar ,qo’yinki butun mamlakat katta zarar ko’rmoqda.”2 Xalqaro tajriba shuni ko’rsatadiki davlat boshqaruvida AKTni qo’llash uning natijaviy samaradorligini,xususan axborotning o’zaro ta’siri ,qayta ishlanishi va izlanishni amalg oshiridh uchun vaqt qisqarihsi hisobiga unumdorlini o’rtacha 20 foizga ko’paytirishga imkon yaratilmoqda .


Download 231.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling