Toshkent Arxitektura Qurilish Universiteti Texnologiya fakulteti Tarix fanidan taqdimot mavzu: Mustaqillik yillarida tasviriy va amaliy san’at


Download 20.53 Kb.
bet6/7
Sana14.11.2023
Hajmi20.53 Kb.
#1772827
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqillik yillarida tasviriy va amaliy san’at.

90-yillar rasngtasvir san’ati o’tish davriga xos bo’lgan turli tuman uslublar ko’lamining kengligi bilan farqlanadi. Bu ko’lamda akademik realzm, dekorativizm va milliy-romantizm (ko’p hollarda miniatyura talqini ohanglarida) qiyofasiz rangtasvir, instalyatsiya yechimi tarzidagi avangardizm yonma-yon mavjuddir. Bu ko’p jihatdan ijodiy dunyoqarashning kengayishi va teranlashuvi, mualliflarning belgilangan qoliplar chegarasidan chiqishga intilishi bilan izohlanadi.

1997 yilda O’zbekiston Badiiy Akademiyasining tashkil etilishi Respublika madaniy hayotida muhim voqea bo’ldi. Uning faoliyati badiiy ta’lim, ko’rgazma ishlarini takomillashtirish va badiiy merosni hamda zamonaviy san’atni targ’ib qilish istiqbolini ta’minlashga yo’naltirilgan. Akademiklar orasida ustoz rassomlar- fahriy akademiklar R.Ahmedov, A.Abdullaev, N.Qo’ziboev, M.Saidov, R.CHoriev, M.Nabiev hamda haqiqiy a’zolari – V.Burmakin, A.Ikromjonov, T.Qo’ziev, T.Mirjalilov, J.Umarbekov, B.Jalolov, A.Mirzaev, J.Izintaev, L.Ibragimov, B.Boboev, Y.Tursunnazarov, S.Abdullaev, A.Nur va boshqalar bor. Turli avlod rassomlaridan iborat akademiklar tarkibi ramziy ma’noda mamlakat tasviriy san’atining XX asrda bosib o’tgan turli xil uslubiy yo’nalishlarini, o’ziga xos taraqqiyot yo’lini ifoda etdi.


Rassomlik san’atining kengayishi. Rassomlarning milliy tarixga murojati. Tasviriy san’at

Temuriylar davri buyuk miniatyurachi rassom K.Behzxodning hayotligida ishlangan va hozirgacha saqlanib qolgan portreti A.Ikromjonov «Kamoliddin Behzod»ga (1997 y.) bag’ishlangan kompozitsiyasi, shuningdek A.Abdullaevning A.Navoiyga (1997) bag’ishlangan polotnosining asosi bo’ldi. Temuriy malikalarga atalgan turkum portretlar O.Mo’minovning qalamiga mansubdir. Bu kompozitsiyalarida rassom «SHarq ayollari» (Bibixonim, 1997)ga xos romantik va ehtirosli jihatlarini talqin etadi. CH.Ahmarov shoira Nodira (1992)ning jozibali qiyofasini yaratadi. Tarixiy shaxslar obrazini yaratishda rassom oldida mushkul vazifa turadi. CHunki kamdan-kam holatlardan mustasno tarzdagina tarixda ularning tashqi qiyofalari haqida hech qanday dalillar saqlanib qolmagan. Buning natijasida o’zida zamonasi ruhini timsollashtiruvchi umumlashma tarzdagi ramziy portretlar vujudga kelmoqda. «Jaloliddin Manguberdi»ga (1997) bag’ishlangan T.Kuryazov va E.Masharipovlarning ishlari, M.Yo’ldoshevning «Alpomish» (1998-2000) dostoni qahramoniga bag’ishlangan turkum asarlari, E.Masharipovning «Alpomish» (1998), Q.Basharovning «Spitamen» polotnolari shular jumlasidandir. A.Ikromjonov, T.Qo’ziev, M.Nuriddinov, S.Raxmetovlar jadidlar portrelari turkumlarini yaratdilar.


Download 20.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling