Toshkent Arxitektura va Qurilish Universiteti Fakultet: Muhandislik Qurilish Infratuzilmasi


Download 0.86 Mb.
bet2/3
Sana09.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1471441
1   2   3
Bog'liq
Abdulloh

(2). Onadan bolaga – OIV bilan zararlangan ayoli farzandiga OIV virusi bilan tug‘ruq davomida, homiladorlikda, ko‘krak suti bilan oziqlantirish paytida yuqtirishi mumkin.
(3).Qon orqali – bu yo‘l orqali yuqish rivojlangan mamlakatlarda qon quyish jarayonida ko‘proq sodir bo‘ladi. Bu holatda tomir ichiga yuboriladigan narkotik shprislarini o‘zgartirmasdan yoki zararlangan shpirslar orqali yuborilganda zararlanish kuzatiladi.
2. OITSga qarshi kurashga yo‘naltirilgan davlat dasturlari asosida tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, bu esa OIV infeksiyasining parenteral yo‘l (in'yeksion muolajalar orqali) bilan yuqishi ko‘rsatkichini kamaytirdi. Infeksiya onadan bolaga yuqishining oldini olish bo‘yicha ham ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Ya'ni, har bir ayol homiladorlikning o‘n to‘rtinchi haftasidan joylardagi tibbiyot muassasasi tomonidan nazoratga olinib, OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi. OIV infeksiyasi aniqlangan homilador ayolga belgilangan muddatdan tug‘ruq amalga oshirilgungacha virusga qarshi maxsus profilaktika dori vositalari beriladi.
Tug‘ilgan bolaga ham bir oy davomida virusga qarshi profilaktik dori preparatlari beriladi. Buning natijasida kasallik onadan bolaga yuqishi ko‘rsatkichlari keskin kamayishiga erishildi. 2013 yilda OIV infeksiyasining onadan bolaga yuqishi 2,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilda bu ko‘rsatkich 0,3 foizga teng bo‘ldi. Ayni vaqtda O‘zbekiston OIV infeksiyasining onadan bolaga yuqish holatlaridan ozod hudud sifatida sertifikat olish arafasida turibdi.
«Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonunning 15-moddasiga muvofiq, turmush qurmoqchi bo‘lgan yoshlar OIV infeksiyasi bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkaziladi, agar ularda kasallik aniqlansa, dispanser nazoratiga olinadi.
3.OITS ning oldini olish choralari
OIV ning oldini olish choralarini har bir tibbiyot xodimi bilishi zarur:
Himoya vositalarisiz jinsiy aloqa – bu yo‘l bilan inson OIV va boshqa jinsiy a’zolarning infeksion kasalliklarini yuqtirib olishi mumkin. Prezervativlar har bir jinsiy aloqa uchun alohida va to‘g‘ri ishlatilishi zarur.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling