Toshkent Arxitektura va qurilish unversituti Devorbop va pardozbop yo’nal
Download 1.67 Mb.
|
“Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini tashkiletish va boshqarish” fanining mazmuni va vazifasi.
Boshqaruv jarayoni asosan davriy (siklik) harakterga ega bo‘ladi. U maqsad va vazifalarni belgilash bilan boshlanib, ularni bajarish, ya’ni muayyan bir natijalarga erishish bilan tugallanadi. Natijalar to‘g‘risida (maqsadga erishish darajasi) olingan axborotlar asosida yangi vazifalar belgilanadi va boshqaruv sikli qaytadan boshlanadi. Bunday sikllarning soni bir nechta bo‘lib, ular birinchi o‘rinda boshqaruv obyektining o‘ziga xos xususiyatlari va boshqa ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi.Boshqaruv jarayoni asosan davriy (siklik) harakterga ega bo‘ladi. U maqsad va vazifalarni belgilash bilan boshlanib, ularni bajarish, ya’ni muayyan bir natijalarga erishish bilan tugallanadi. Natijalar to‘g‘risida (maqsadga erishish darajasi) olingan axborotlar asosida yangi vazifalar belgilanadi va boshqaruv sikli qaytadan boshlanadi. Bunday sikllarning soni bir nechta bo‘lib, ular birinchi o‘rinda boshqaruv obyektining o‘ziga xos xususiyatlari va boshqa ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi.Boshqaruv zamonaviy korxonalar faoliyatida obyektiv zaruriyat sifatida. Boshqaruv jamiyat munosabatlarining muhim ko‘rsatkichi sifatida jamiyat hayotining barcha jabhalariga tegishlidir. U insonning jamiyatdagi mohiyati, mehnati taqsimoti, kooperatsiya va muomala zarurati, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy munosabatlardan kelib chiqadi. Boshqaruvsiz tabiatni o‘zgartirish, mehnat qurollari va predmetlarini yagona ishlab chiqarish jarayonida birlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyat yuritishning iloji yo‘q. Boshqacha qilib aytganda, boshqaruv ishlab chiqarishning barcha qatnashchilari va elementlari o‘rtasida keliShuvni yo‘lga qo‘yib, yuzaga kelgan munosabatlarning mazmuni va me’yorini tartibga soladi hamda resurslardan foydalanishning samarali yo‘llarini topishga o‘z hissasini qo‘shadi. Boshqaruvning mohiyati va obyektiv zaruriyatini yanada osonroq va tezroq tuShunish uchun adabiyotda mashhur bo‘lgan misol – orkestr va dirijerga murojaat qilish lozim. Orkestr va dirijerning o‘zaro aloqasini ilg‘ab olish uchun musiqiy qobiliyat talab qilinmaydi. Boshqaruv tizimi deganda nimani tuShunish lozim? Agar jamiyatning butun iqtisodiy tizimini oladigan bo‘lsak, uning tarkibiga kiruvchi ko‘plab kichik tizimlarni – tarmoqlar, korxonalar, birlashmalar va hokazolarni ko‘rishimiz mumkin. Ularning har birini ikki jihatidan: mustaqil faoliyat yuritish nuqtai nazaridan yoki butun birlikning tarkibiy qismi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Masalan, korxona (firma) mustaqil boshqaruv tizimi yoki tarmoqning (ishlab chiqarishning) bo‘linmasi, bo‘g‘ini sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Bunga bog‘liq bo‘lgan holda boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi, uning vazifalari va funksiyalari shakllantiriladi Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling