Toshkent arxitektura va qurilishi universiteti qurilishni boshqarish fakulteti Shahar qurilishi va xojaligi kafedrasi


Download 61.27 Kb.
bet3/5
Sana15.06.2023
Hajmi61.27 Kb.
#1486472
1   2   3   4   5
Bog'liq
4242424 — копия

Elektromagnit maydon

  • Elektromagnit maydon — elektr zaryadlarning oʻzaro taʼsiri bevosita amalga oshadigan fizik reallik; materiyaning alohida shakli. Elektr va magnit maydonlarning kuchlanganligi (induksiyasi) bilan ifodalanadi. J. Maksvell Elektromagnit maydon nazariyasini elektromagnit hodisalarning barcha asosiy qonuniyatlarini ifodalovchi bir necha tenglamalar sistemasi koʻrinishida ifodalagan (1860). J. Maksvell nazariyasining asosida elektr va magnit maydonlarning oʻzaro uzviy bogʻlanishda ekanligini ifodalovchi ushbu 2 gʻoya yotadi: 1) vaqt davomida oʻzgaruvchi har qanday magnit maydon elektr maydonni yuzaga keltiradi va 2) vaqt davomida oʻzgaruvchi har qanday elektr maydon magnit maydonni yuzaga keltiradi. J. Maksvellning birinchi gʻoyasi toʻgʻriligini elektromagnit induksiya hodisasi tasdiqlaydi, ikkinchisini esa G. Gers elektromagnit toʻlqinlarni kashf qilishi bilan isbotladi. 

.
  • Maxsus shartsharoitlarda Elektromagnit maydon elektr maydon yoki magnit maydon koʻrinishida mavjud boʻlishi mumkin. Moddiy jismlar tarkib topgan atomlar teng miqdordagi musbat va manfiy elektr zaryadlarga ega. Atomdagi bu zaryadlarning Elektromagnit maydon orqali oʻzaro taʼsir qilishi har qanday holatdagi jism (gaz, suyuqlik, qattiq jism, plazma)ning xususiyatlarini belgilaydi. Elektromagnit oʻzaro taʼsir tabiatda mavjud uch xil fizik oʻzaro taʼsirlarning biri hisoblanadi.
  • Zaryadlarning fazoda qanday taqsimlanganligi va qanday harakat qilishi maʼlum boʻlsa, bu zaryadlar hosil qilgan Elektromagnit maydon kattaliklarini aniqlash mumkin.

Elektromagnit induksiyasi

  • Elektromagnit induksiya hodisasi. Faradey tajribalari: Elektr toki o’z atrofida magnit matdon hosil qiladi. Agar shunday ekan, uning teskarisi, ya’ni magnit maydoni elektr tokini vujudga keltira olmaydimi? - degan savol tug’iladi.Olimlar uzoq vaqt bu savolga javob izlashgan va nihoyat, Ersted tajribalari e’lon qilingandan keyin 1831-yilga ingliz olimi M.Faradey tajribalar asosida magnit maydoni yordamida elektr toki hosil qilish mumkin ekanligini aniqladi, boshqacha aytganda u elektromagnit induksiya hodisasi deb ataluvchi hodisani kashf qildi. Elektromagnit induksiya hodisasining kashf qilinishi ulkan ahamiyat kasb etib, magnit maydon yordamida elektr toki hosil qilish mumkinligini isbotladi. Bu bilan elektr va magnit hodisalari o’rtasida o’zaro bog’lanish mavjudligi ko’rsatilib, elektromagnit maydon nazariyasi yaratilishiga turtki bo’ldi.

Download 61.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling