Toshkent arxitertura va qurilish universiteti muhandislik qurilish


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana09.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1471834
  1   2
Bog'liq
Презентация 4



TOSHKENT ARXITERTURA VA QURILISH 
UNIVERSITETI MUHANDISLIK QURILISH 
INFRASTRUKTURASI FAKULTETI 61-21 
GURUH TALABASI MASTONOV 
MURODBEKNING FALSAFA FANIDAN 
MUSTAQIL ISHI
BAJARDI: MASTONOV M
TEKSHIRDI: ELMUROTOV J


Mavzu; 
Dialektika rivojlanish 
haqidagi ta'limot.


Reja:
I. Kirish
II. Asosiy qisim
1. Dialektika va uning
muqobillari.
2. Falsafaning asosiy
qonunlari. Falsafada uslub
muammosi.
3. Kategoriya tushunchasi va
uning tasnifi (klassifikatsiyasi).
III Xulosa
VI Foydalanilgan Adabiyotlar


Kirish
Borliqni falsafiy tushunish faqat uning turlari va ularning oʼziga xos
xossalarini bilib olishdan iborat boʼlmay, balki borliqni tashkil etgan
narsa va hodisalarning oʼzaro aloqalari va bogʼlanishlarini, oʼzgarish
va rivojlanishlarini bilishni ham taqozo qiladi.
Busiz, olamning bir butun, yaxlit manzarasini tasavvur etib, 
shuningdek uning haqidagi nazariy xulosaga kelib ham boʼlmaydi. 
Busiz borliqning holatini, tabiatini, manbai, sababi va harakatga
keltiradigan kuchi hamda yoʼnalishini tushunishga imkon ham 
yaratilmaydi. Bu, oʼz navbatida, aloqadorlik va taraqqiyot
toʼgʼrisidagi taʼlimotning falsafiy muammolarini ham oʼrganishni
taqozo qiladi.


Dialektikani bahs sanʼati sifatida tushunish hatto oʼrta asrlarda ham 
davom etgan. Buni oʼrta asrlar mutafakkiri Per Аbelyarning «Ha va
yoʼq» nomli asari yaqqol tasdiqlaydi.
Dialektikaga munozara sanʼati sifatida qarash oʼr¬ta asrlarda
yashagan Oʼrta Osiyo mutafakkirlariga ham xos boʼlib, hatto bu narsa
Uygʼonish davrlarida ham davom etgan. Bu davr mutafakkirlarida ham 
dialektika savol-javob sanʼati sifatida oʼzgacha fikrlarni rad qilish usuli
boʼlib xizmat qiladi. Bunga misol qilib G.Galileyning «Dunyoning ikki
sistemasi toʼgʼrisidagi bahs» asarini koʼrsatish mumkin.


Аsrlar davomida toʼplanib borgan dialektik munozara madaniyati
murakkab muammolarni muhokama qilish, ulardagi turli qarama-
qarshi nuqtai nazarlarni ochish, aniqlash va tushunish mahoratining
qaror topishi inkor qilib boʼlmas ahamiyat kasb etdi. Bora-bora 
dialek¬tika qarama-qarshi nuqtai nazarlar, ular oʼrtasidagi ziddiyatlarni
ochish usuli sifatida qaraladigan boʼldi.
Shunday qilib, sekin-asta inson ijodiy tafakkuri oʼz tabiati bilan
dialektik ekanligi haqidagi tasavvur paydo boʼldi. Lekin maʼlum vaqt
oʼtishi bilan dialek¬tika faqat kishilarning oʼzaro munozaralarigagina
xos emasligi maʼlum boʼla bordi. Oqibatda, dialektika faqat inson
fikrlash jarayonigagina xos boʼlmasdan, bal¬ki u tabiat va jamiyatdagi
narsa va hodisalarga ham xos, deb qarala boshlandi.


Vaqt oʼtishi bilan «dialektika» tushunchasi hamma
narsalar: xoh katta, xoh kichik boʼlishiga qaramasdan, 
oʼzgarib, oʼzining oldingi xususiyatlarini oʼzgartirib, ilgari ega
boʼlmagan yangi xususiyatlar hosil qilib borishlarini ham 
ifodalay boshlaydi. Shu asosda asta-sekin dunyoni dialektik
tushunish, borliq va bilishga dialektik qarash qaror topa
boshlaydi. Lekin dunyodagi barcha oʼzgarish, aloqadorlik va
rivojlanishlarni falsafiy jihatdan tushunib yetish juda qiyinlik
bilan kechdi. Sababi: insoniyat taraqqiyotining juda uzoq
davrlarigacha kishilar kosmosni, oʼsimliklar, hayvonot
dunyosini, hatto kishilarning oʼzlarini ham oʼzgarmas, doimo
bir xilda turadi, deb bilishgan. Dunyoning oʼzgaruvchanligi, 
undagi narsa va hodisalarning bir-birlariga bogʼliqligi
toʼgʼrisidagi tasavvurlarning paydo boʼlishi insoniyatning
dunyoni bilishi jarayonida juda katta kashfiyot boʼlgan.


Rivojlanish gʼoyasi inson ongida uzoq asrlar davomida shakllanib boradi. Dastlab
kishilar rivojla¬nish toʼgʼrisida hech bir tasavvurga ega boʼlmagan. Lekin keyinchalik
ular dunyodagi narsa va hodisalarda yuz beradigan turli xil oʼzgarishlarni anglay
borib, dunyo¬ning uzluksiz harakatda, oʼzgarish va rivojlanishda ekanligini tushuna
boshlaganlar. Ular, shu bilan bir¬ga, tabiat va jamiyat voqea-hodisalarida juda koʼp
davriy, takrorlanuvchi hodisalarni ham bila borganlar. Masalan, yil fasllari, kun bilan
tunning oʼrin almashishi va shular kabi. Lekin dastlabki davrlarda mutafakkirlar
rivojlanishni butunlay yangi narsaning, yangi bosqichning paydo boʼlishi, deb 
tushunish darajasiga koʼtarila olmaganlar.
Rivojlanishni butunlay yangi sifat oʼzgarishi, eskiga nisbatan jiddiy yangining paydo
boʼlishi, deb tushunishda Uygʼonish davri Sharq va Oʼrta Osiyo mutafakkirlari, 
keyinchalik esa oʼrta asr xristian, diniy va tarix falsafasi mutafakkirlari bir qadar
oldinga ketadilar. Ularning qarashlarida rivojlanish gʼoyasini insoniyat jamiyati tarixiga
tatbiq etishga urinishlarni uchratamiz.


Nihoyat, rivojlanish toʼgʼrisidagi har xil qarashlarning sintezi sifatida
bir butun taraqqiyot nazariyasi faqat nemis klassik falsafasidagina
paydo boʼldi. Bu falsafaning asoschilaridan biri Immanuil Kant 
rivojlanish gʼoyasini quyosh sistemasi va barcha yulduzlar dunyosini
izohlashga tatbiq etib, uni hatto insonning ijtimoiy rivojlanishiga, 
xususan, insonning ahloqiy rivojlanishiga ham joriy etishga urinadi. 
Kantning shogirdi Gerder esa rivojlanish gʼoyasini butun xalqlarning
tarixi taraqqiyotiga va insoniyat madaniyati taraqqiyotiga birinchi boʼlib
tatbiq etadi. Bu davrga kelganda, dialektika tushunchasi endi rivojlanish
gʼoyasini ifodalay boshlaydi.


Dialektikani rivojlanish haqidagi har taraflama, mazmun
jihatdan boy va chuqur taʼlimot sifatida birinchi marta nemis
klassik falsafasining buyuk vakili Gegel ishlab chiqdi. Gegelning
ulugʼ xizmati shu boʼldiki, u birinchi boʼlib, butun tabiiy, tarixiy va
maʼnaviy dunyoni bir jarayon shaklida, yaʼni uzluksiz harakat 
qilib, oʼzgarib, qaytadan tuzilib, taraqqiy qilib turadigan holda
koʼrsatdi va bu harakat bilan taraqqiyotning ichki bogʼlanishini
ochib berishga urindi. Natijada, insoniyat tarixi insoniyatning
oʼzining taraqqiyot jarayoni sifatida maydonga chiqdi va
endilikda tafakkurning vazifasi bu jarayonning barcha yanglishib
yurishlari ichida uning izchil bosqichlarini kuzatib borish va
zohiriy tasodiflar orasida bu jarayonning ichki qonuniyatlarini
isbot etishdan iborat boʼlib qoldi.


Dialektika kishilarning, ularni qurshab turgan dunyoni bilishining umumiy
usuli sifatida dunyoga dialektik qarashni vujudga keltirgan.
Dunyoga dialektik qarash — bu barcha narsa va hodisalarni, ularning
inson miyasidagi inʼikoslari — inson bilishini ham oʼzaro aloqadorlikda va
bogʼlanishda, qarama-qarshiliklar birligi va kurashida, miqdor va sifat
oʼzgarishlarining bir-biriga oʼtishida, eskining oʼrnini yangi egallashida, 
ularni «oʼz harakati»da, oʼzgarib va rivojlanib turishida, paydo boʼlib va
yoʼq boʼlib turishida, va ayni vaqtda hamma narsa oʼzaro bogʼliqlik va
aloqa-dorlikda va oʼzaro munosabatda, deb tushunishdir. Bunday 
tushunish dialektik qarashni vujudga keltiradi. Dunyoga dialektik qarash
dialektik tafakkurni yuzaga keltiradi.



Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, Dialektika borliq, yaʼni
tabiat, jamiyat va inson tafakkuridagi aloqadorliklar va
rivojlanishlarning umumiy qonuniyatlari haqida bizga toʼgʼri
yoʼnalish berib, dunyoni oʼzlashtirish va oʼzgartirish yoʼllarini
koʼrsatib beruvchi bir yo'lboshlovchidir.Dialektika dunyoning
haqiqiy ilmiy manzarasini yaratib, kishilarda ilmiy
dunyoqarashni shakllantirishga yordam beruvchi bir
xazinabondir.


Foydalanilgan adabiyotlar;
www.adabiyot.uz
www.ziyo.net


E'TIBORINGIZ 
UCHUN RAHMAT


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling