Yig‘ma birlik - tashkil etuvchi elemetnlar yig‘ilishi natijasida hosil qilingan maxsulotdir (stanok, dvigatel va h.k.). Mahsulotning tashkil etuvchilari alohida detal, yig‘ma birliklari va shuningdek yuqori murakkablikka ega bo‘lgan qism bo‘lishi mumkin. Tashkil etuvchilar aloxida tartibdagi turlarga bo‘linadi. Birinchi tartibdagi tashkil etuvchilar bevosita maxsulot tarkibiga kiradi. Ular alohida detal, bir nechta ikkinchi tartibdagi qismlar va detallardan tashkil topadi.Ikkinchi tartibdagi tashkil etuvchilar birinchi darajali tashkil etuvchilarga kiradi. U detallarga va uchunchm tartibdagi tashkil etuvchilarga bo‘linadi. Oxirgi tartibdagi tashkil etuvchilar faqat detallardan iborat bo‘linadi. Yuqorida keltirilgan turlash texnologik belgilar asosida amalga oshirilgan. Shuningdek, boshqa belgilar asosida turlarga bo‘lish usullari ham mavjuddir. Masalan, funksional, ya’ni bajariladigan vazifasiga qarab turlarga bo‘lishda ichki yonuv dvigateli tashkil etuvchilariga moylash tizimi, gaz taqsimlash tizimi, sovitish tizimi va boshqalar kiradi - Yarim tayyor maxsulot (polufarikat) - ta’minlovchi korxona tomonidan yetkazib beriladigan maxsulot bo‘lib, qo‘shimcha ishlov berishni yoki yig‘ishni talap qiladi.
- Butlovchi maxsulot deb, ta’minlovchi korxona tomonidan tayyorlanadigan va korxona ishlab chiqaradigan maxsulotning tashkil etuvchisi sifatida qo‘llaniladigan qismga aytiladi. Avtomobilsozlikda tashkil etuvchi sifatida boshqa zavodlarda tayyorlanib beriladigan dvigatel, uzatish qutisi, podshipniklar va boshqa agregat va uzellarni ko‘rsatish mumkin.
- Zagotovka – ishlab chiqarish vositasi bo‘lib, shakli, o‘lchami, yuza g‘adir – budirliklarini, material hususiyatlarini o‘zgartirish yo‘li bilan detalga aylantiriladigan ob’yektdir.
- 2. Ishlab chiqarish jarayoni to‘g‘risida umumiy tushuncha.
- Ishlab chiqarish jarayoni deb, korxonada maxsulotni ishlab chiqarishda odamlar va jixozlarning harakatlanish va o‘zaro ta’sir majmuasiga aytiladi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |