Toshkent axborot texnalogiyalari universiteti qarshi filiali
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqPKvB amaliy 1 Samadova
MUHAMMAD al-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNALOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI TT VA KT fakulteti II bosqich RI 11-21 guruh talabasi Samadova Sevinchning Pul kredit va Banklar fanidan 1-Amaliy ish Mavzu : Pul nazariyasi Reja 1 O’zbekiston milliy valyutalari dunyoga kelish tarixi . 2 O’zbekistonda foydalaniladigan chet el valyutalari. 3 Dunyodagi eng noodatiy pullar . O’zbekiston 1991-yil mustaqillika erishgandan so’ng ham sovet rubili muomilada qolgan edi . 1992 yilning yanvaridan istemol bozorini himoyalash va mahsulotlarni faqat O’zbek fuqarolariga sotish uchun bir martalik kuponlar bosib chiqarilgan . Bunday kuponlar 10,25, 50,100,150, 200,350, 500,1000,2000,3000,5000 rublga yarasha kartochkalar bilan chop etilgan Keyingi bosqichda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi hududida parallel to‘lov vositasi sifatida «so‘m-kuponlar»ni muomalaga kiritish to‘g‘risida»gi 1993 yil 12 noyabrdagi №550-sonli qaroriga ko‘ra, ichki bozorni ortiqcha rubl massasidan himoyalash, aholiga pul mablag‘larini to‘lashni o‘z vaqtida ta’minlash maqsadi 1961–1992 yillarda amalda bo‘lgan sovet rubliga 1:1 nisbatda 1993 yil 15 noyabrdan boshlab muomalaga kiritiladi. 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 so‘mlik pullarning barchasining old qismida O‘zbekiston gerbi va pul nominali, orqa qismida esa Samarqanddagi Registon maydonida joylashgan Sherdor madrasasining surati tushirilgan edi. 1, 3, 5, 10, 25 so‘mlik pullar 120 x 61 mm o‘lchamda, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 so‘mlik pullar 144 x 69 mm o‘lchamda yasalgan. So‘m-kupon Angliyadagi «Harrison & Sons Ltd» bosmaxonasida chop etilgan . Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling