Toshkent axborot texnologialari universiteti televizion texnologialar fakulteti


Download 274.87 Kb.
bet1/7
Sana18.02.2023
Hajmi274.87 Kb.
#1212984
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-MT MT UKTAM


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIALARI UNIVERSITETI TELEVIZION TEXNOLOGIALAR FAKULTETI
2-KURS TALABASI
BARATOV UKTAMNING
MALUMOTLAR TUZILMASI VA ALGORITMLAR FANIDAN FANIDAN 1-MUSTAQIL ISHI
Tekshirdi : Sharipov Bahodir
Bajardi : Baratov Uktam


Toshkent 2022
Ishdan maqsad: talabalar berilgan tuzilmaning shakliga qarab biror kalitga mos elementni qidirishning optimal usulini qo’llashni o’rganishlari va qidiruv usullarining samaradorligini taqqoslashlari kerak.
Qo’yilgan masala: topshiriq variantidagi masalani so’ralayotgan qidiruv usuli yordamida funktsiya va rekursiyalardan foydalangan holda yechimini C++ tilidagi dasturini yaratish ko’nikmasiga ega bo’lish.
Ish tartibi:

  • Laboratoriya ishi nazariy ma’lumotlarini o’rganish;

  • Berilgan topshiriqning algoritmini ishlab chiqish;

  • C++ dasturlash muhitida dasturni yaratish;

  • Natijalarni tekshirish;

  • Hisobotni tayyorlash va topshirish.



NAZARIY MATERIALAR



    1. Ma’lumotlarni tuzilmadan qidirish

Kompyuterda ma’lumotlarni qayta ishlashda qidiruv asosiy amallardan biri hisoblanadi. Uning vazifasi berilgan argument bo’yicha massiv ma’lumotlari ichidan mazkur argumentga mos ma’lumotlarni topish yoki bunday ma’lumot yo’qligini aniqlashdan iborat.
Ixtiyoriy ma’lumotlar majmuasi jadval yoki fayl deb ataladi. Ixtiyoriy ma’lumot (yoki tuzilma elementi) boshqa ma’lumotdan biror bir belgisi orqali farq qiladi. Mazkur belgi kalit deb ataladi. Kalit noyob bo’lishi, ya’ni mazkur kalitga ega ma’lumot jadvalda yagona bo’lishi mumkin. Bunday noyob kalitga boshlang’ich (birinchi) kalit deyiladi. Ikkinchi kalit bir jadvalda takrorlansada u orqali ham qidiruvni amalga oshirish mumkin. Ma’lumotlar kalitini bir joyga yig’ish (boshqa jadvalga) yoki yozuv sifatida ifodalab bitta maydonga kalitlarni yozish mumkin. Agar kalitlar ma’lumotlar jadvalidan ajratib olinib alohida fayl sifatida saqlansa, u holda bunday kalitlar tashqi kalitlar deyiladi. Aks holda, ya’ni yozuvning bir maydoni sifatida jadvalda saqlansa ichki kalit deyiladi.
Kalitni berilgan argument bilan mosligini aniqlovchi algoritmga berilgan argument bo’yicha qidiruv deb ataladi. Qidiruv algoritmi vazifasi kerakli ma’lumotni jadvaldan topish yoki yo’qligini aniqlashdan iboratdir. Agar kerakli ma’lumot yo’q bo’lsa, u holda ikkita ishni amalga oshirish mumkin:

  1. Ma’lumot yo’qligini indikatsiya qilish (belgilash)

  2. Jadvalga ma’lumotni qo’yish.

Faraz qilaylik, k – kalitlar massivi. Har bir k(i) uchun r(i) – ma’lumot mavjud. Key – qidiruv argumenti. Unga rec - informatsion yozuv mos qo’yiladi. Jadvaldagi ma’lumotlarning tuzilmasiga qarab qidiruvning bir necha turlari mavjud.


    1. Download 274.87 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling