Toshkent axborot texnologiyalari universiteti al-xorazmi nomidagt texnologiyalari universite
Download 35.82 Kb.
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-Laboratoriya ishi Bajardi: Ismatullayeva Munavvar Qabul qildi: Berdimurodov Toshkent-2023 4-LABORATORIYA ISHI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI AL-XORAZMI NOMIDAGT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITE TI“Tarmoqni dasturlash asoslari” Fanidan 4-Laboratoriya ishi Bajardi: Ismatullayeva Munavvar Qabul qildi: Berdimurodov Toshkent-2023 4-LABORATORIYA ISHI Mavzu: Internet manzillar va JSON ma’lumotlar almashish formati bilan ishlash. Ishning maqsadi: Talabalarda Java dasturlash tili java.net.* paketining URL klassi va uning metodlari hamda JSON ma’lumotlar almashish formati bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilish. Nazariy qism: URI – Uniform Resource Identifier (yagonalashtirilgan resurs identifikatori). URL – Uniform Resource Locator (resurs joyining yagonalashtirilgan belgilovchisi). URN – Uniform Resource Name (resursning yagonalashtirilgan nomi). Ularning tahlili. URI: tarmoqdagi resurs nomi va manzilini bildiradi. Qoida bo‘yicha URL va URNga bo‘linadi va shuning uchun URI URL va URNlardan tashkil topgan. URL: qandaydir resursning webdagi manzili. URL resurs joylashgani joyi va unga murojat qilish usulini bildiradi. URN: qandaydir resursning webdagi nomi. URNning ma’nosi shundaki, ko‘pgina aniq bo‘lgan joylarda joylashgan aniq bir predmetning faqat nomini bildiradi. URI bu identifikatorning abstrakt konsepsiyasi bo‘lib, URL va URN esa manzil va nomning real qo‘llanilishidir. So‘rov/javob xabarlari formati. Klient so‘rov shakli. Dastur-klient ulanish o‘rnatilganidan keyin serverga so‘rov yuboradi. Ushbu so‘rov ikki shaklda bo‘lishi mumkin: to‘liq va oddiy so‘rov shakllarida. Oddiy so‘rov kirish usuli va resurs so‘rovini o‘z ichiga oladi. Masalan: GET http://polyn.net.kiae.su/ Bu yerda GET so‘zi kirish usulini anglatadi, http://polyn.net.kiae.su/ esa resurs so‘rovidir. 0.9 dan yuqori versiyalagi protokolni qo‘lllab-quvvatlay oladigan 2 klientlar to‘liq so‘rov shaklidan foydalanishlari shart. To‘liq shakldan foydalanilganda so‘rovda so‘rov satri, bir necha sarlavhalar (so‘rvo sarlavhasi yoki umumiy sarlavha) va, ehtimol, resursni bildiruvchi tana ko‘rsatiladi. Bekus-Naur shaklida to‘liq so‘rovning umumiy ko‘rinishi quyidagicha: Bu yerda kvadrat qavslar sarlavhaning nozaruriy elementlarini bildiradi. So‘rov satri – resursning so‘rovidir. Farq shundaki, so‘rov satrida turli kirish usullarini ko‘rsatish mumkin va resurs so‘rovidan keyin protokol versiyasini ko‘rsatish kerak. Masalan, tashqi dasturni chaqirish uchun quyidagi so‘rov satridan foydalanish mumkin: POST http://polyn.net.kiae.su/cgi-bin/test HTTP/1.0 Bu holatda POST usuli va 1.0 protokol versiyasidan foydalaniladi. Server javobi. Server javobi so‘rov kabi soddalashtirilgan yoki to‘liq bo‘lishi mumkin. Soddalashtirilgan javobda server faqat server tanasini qaytaradi (masalan, HTML-hujjat matni). To‘liq javobda klientga holat satri (Status-Line), umumiy sarlavha, javob sarlavhasi, resurs sarlavhasi va resurs tanasi qaytariladi. BekusNaur shaklida to‘liq javob quyidagicha keltiriladi: Holat satri protokol versiyasi, qaytarish kodi va ushbu kodning qisqacha tavsifidan iborat bo‘ladi. Masalan, u quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin: "HTTP/1.0 200 Success" Server javobi sarlavhasi so‘ralayotgan resursning URI adresidan va/yoki server dasturi nomidan, va/yoki himoyalangan rejimda ishlash identifikatsiya kodidan iborat bo‘lishi mumkin. Resurs sarlavhasi satrlari tarkibi klient so‘rovi va server javobi uchun umumiy bo‘lib, kirish usuliga ruxsat, resurs tanasini kodlash 3 turi (resurs tarkibi), resurs tanasi tarkibi, resurs turi, resursning berilgan nusxasining kuchga ega bo‘lish muddati, resursni oxirgi marta o‘zgartirish va sarlavhani kengaytirish vaqtidan iborat bo‘ladi. URL klasi java.net.* paketida joylashgan. URL klassining metodlari: getFile(), getHost(), getPort(), getDefaultPort(), getProtocol(), getRef(), getQuery(), getPath(), getUserInfo(), getAuthority(). JSON yoki JavaScript Object Notation - bu inson tomonidan o‘qiladigan ma’lumotlarni almashish uchun mo‘ljallangan yengil matnli ochiq standart. JavaScript Object Notation - fayl formatining ochiq standarti va ma’lumotlar almashish formati bo‘lib, u atribut-qiymat juftliklari va massiv ma’lumot turlaridan iborat ma’lumotlar obyektlarini saqlash va uzatish uchun inson o‘qiy oladigan matndan foydalanadi. JSON imkoniyatlaridan C, C++, Java, Python, Perl va boshqa tillar dasturchilari foydalanishadi: - Formatni Douglas Crockford yaratgan; - U inson o‘qiydigan ma’lumotlar almashish uchun mo‘ljallangan; - JavaScript skript tilidan kengaytirilgan; - Fayl nomining kengaytmasi .json. JSON ma’lumotlar almashish formatidan foydalanish: - Bu brauzer kengaytmalari va veb-saytlarni o‘z ichiga olgan JavaScriptga asoslangan dasturlarni yozishda ishlatiladi; - JSON formati tizimlashtirilgan ma’lumotlarni seriyalashtirish va tarmoq orqali uzatish uchun ishlatiladi; - U asosan server va veb-ilovalar o‘rtasida ma’lumotlarni uzatish uchun ishlatiladi; - Umumiy ma’lumotlar bilan ta’minlash uchun veb-xizmatlar va APIlar JSON formatidan foydalanadilar; - U zamonaviy dasturlash tillarida ishlatilishi mumkin. JSON ma’lumotlar almashish formati tavsifi: - JSONni o‘qish va yozish oson; 4 - JSON yengil matnga asoslangan almashish formatidir; - JSON dasturlash tiliga bog‘liq emas (mustaqil). JSON sintaksisi asosan JavaScript sintaksisining qismi hisoblanadi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - Ma’lumotlar nom/qiymat juftliklarida berilgan; - Figurali qavslar obyektlarni o‘z ichiga oladi va ':' ikki nuqta bilan ajratilgan nom/qiymat juftliklari vergul bilan ajratiladi; - Kvadrat qavslar massivlarni o‘z ichiga oladi va qiymatlar vergul bilan ajratiladi. Download 35.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling