Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi
I bob. AXBOROT XAVFSIZLIGI TUSHUNCHASI VA UNING
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
61b762c5e6d666.07483815
17 I bob. AXBOROT XAVFSIZLIGI TUSHUNCHASI VA UNING VAZIFALARI 1.1. Milliy xavfsizlik tushunchasi Hozirda 29 avgust 1997 yili qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” qonuni amalda. Ushbu qonunga asoslanib milliy xavfsizlik tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin. O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligi deganda O‘zbekiston Respublikasining suverenitetini ifodalovchi va hokimiyatning yagona manbai hisoblanuvchi ko‘p millatli xalqining xavfsizligi tushuniladi. Milliy xavfsizlikning, shartli ravishda, quyidagi tashkil etuvchilarini ko‘rsatish mumkin: - iqtisodiy xavfsizlik; - ichki siyosiy xavfsizlik; - ijtimoiy xavfsizlik; - ma’naviy xavfsizlik; - halqaro xavfsizlik; - axborot xavfsizligi; - xarbiy xavfsizlik; - chegaraviy xavfsizlik; - ekologik xavfsizlik. Iqtisodiy xavfsizlik – shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy sohadagi hayotiy muhim manfaatlarining ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanganligi. Iqtisodiy xavfsizlikka binoan xalq o‘zining iqtisodiy rivojlanish yo‘llari va shakllarini tashqaridan aralashishsiz va bosimsiz mustaqil ravishda aniqlay oladi. Ichki siyosiy xavfsizlik – hokimiyat institutlarining barqarorligi va samaradorligi, hokimiyat tuzilmalarining siyosiy jarayonlarni nazoratlash qobiliyati, aksariyat fuqarolar tomonidan madadlashga erishish, jamiyatda siyosiy barqarorlikni ta’minlovchi, samarali faoliyat yurituvchi nodavlat siyosiy 18 institutlarning mavjudligi bilan xarakterlanadi. Ichki siyosiy xavfsizlikka binoan siyosiy munosabatlar sohasida qarama-qarshilik, siyosiy ekstremizmning ommaviy tus olishi, hokimiyat bilan xalq orasida qarama-qarshilik bo‘lmaydi.Fuqarolarning siyosiy ongi holati va jamiyatning siyosiy madaniyati jamiyatning xavfsiz siyosiy rivojiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy xavfsizlik – shaxs, oila va jamiyatning hayotiy muhim manfaatlarining ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanganligi. Ijtimoiy xavfsizlikning ob’ekti - milliy va ijtimoiy siyosat tomonidan tartibga solinuvchi xalq turmushi sifati va darajasini ta’minlovchi ijtimoiy tizimning barcha asosiy elementlari. Ijtimoiy rivojlanish strategiyasi, ularning uzoqligiga, kambag‘allik darajasiga, turmush darajasidagi mintaqaviy mutanosibligiga, ta’lim va sog‘liqni saqlash sifatiga, jamiyatdagi ma’naviyat va madaniyatning umumiy darajasiga va, nihoyat, demografik muammolariga ta’siri ma’lum. Ma’naviy xavfsizlik – bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin. Ayniqsa, ommaviy madaniyat degan niqob ostida ahloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik, individualizm, egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlarini, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi.Hozirgi vaqtda ahlloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog‘liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda va ko‘pchilik butun jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish naqadar muhim ekanini anglab olmoqda. Xalqaro xavfsizlik – xalqaro munosabatlar nazariyasida xalqaro xavfsizlik deganda dunyo hamjamiyatining barqarorligini ta’minlovchi xalqaro munosabatlar holati tushuniladi. Boshqacha aytganda, xalqaro xavfsizlik – xalqaro munosabatlar 19 sub’ektlariga urush xavfi yoki suveren xayotiga va mustaqil rivojiga tashqaridan boshqa tajovuz xavfi bo‘lmagan holat. BMT Nizomiga binoan, hozirda halqaro tinchlikni saqlashga asosiy javobgar sifatida Xavfsizlik Kengashi belgilangan. Faqat aynan ushbu Kengash agressorga nisbatan sanksiya qo‘llash xuquqiga ega. Axborot xavfsizligi – mamlakat madaniy mulkining, xo‘jalik sub’ektlari va fuqarolar intellektual mulkining, davlat va kasbiy sirga ega maxsus ma’lumotlarning ishonchli himoyalanganligi holati. Xarbiy xavfsizlik – xarbiy siyosat O‘zbekiston Respublikasi xarbiy doktrinasida ishlab chiqilgan nizomlarga asosan yuritiladi. Xarbiy doktrina – O‘zbekiston Respublikasining xarbiy xavfsizligining xarbiy-siyosiy, xarbiy- strategik va xarbiy-iqtisodiy asoslarini belgilovchi rasmiy qarashlar mujmui. Xarbiy doktrinaning xuquqiy asosini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlar hamda xarbiy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasining xarbiy xavfsizligini ta’minlashga rahbarlik Qurolli Kuchlarning Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi. Chegaraviy xavfsizlik – O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasi va chegara oldi xududlarining himoyalanganlik holati. Chegaraviy xavfsizlik shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligining juda muhim tashkil etuvchilaridan biri hisoblanadi, chunki davlat barqarorligi uning chegaralarining xavfsizligi bilan uzviy bog‘langan. Chegara xavfsizligini ta’minlash zaruriyati davlat chegarasi va chegara oldi xududlarda yuzaga kelgan tahdidlar tizimiga asoslangan. Ekologik xavfsizlik.Sivilizatsiyaning atrof – muhitga faol ta’siri natijasida uning ifloslanishi yildan-yilga oshib bormoqda. Ushbu salbiy ta’sir ayniqsa ekologik halokat joylarda, mineral resurslardan va ishlab chiqarishning zararli chiqindilaridan oqilona foydalanilmaydigan joylarda kuchli bo‘ladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling