Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
61b762c5e6d666.07483815
GOST R 34.10 elektron raqamli imzoni shakllantirish va tekshirish
algoritmi GOST R 34.10-94 raqamli standart hisoblanib, DSA algoritmiga o‘xshash ishlaydi. Lekin undan keyin GOST 34.10-2001 standarti ishlab chiqilib amalda 2011 yilgacha qo‘llanilib kelingan. 2012 yilda GOST 34.10-2012 standarti qabul qilingan va GOST 34.10-2001 bilan ikkalasi elliptik egri chiziqlar muammolariga asoslangan hisoblanadi. Ushbu standartda elektron rachamli imzoni shakllantirish avvalgi algoritmlardagi kabi bo‘lib xeshlash funksiyasi sifatida GOST R 34.11-2012 algoritmi qo‘llaniladi. Ushbu algoritmda elektron raqamli imzoni shakllantirish jarayoni va uni tekshirish jarayoni quyidagi rasmda keltirilgan (5.23 va 5.24-rasm). Elektron raqamli imzoni shakllantirish. M xabar ostiga qo‘yiladigan elektron raqamli imzoni olish uchun algoritm bo‘yicha quyidagi amallarni (qadamlarni) bajarish zarur: 1-qadam: xabarning xesh-funksiyasini hisoblanadi: m=H(M); 2-qadam: e≡ m (mod t) ni hisoblanadi. Agar e=0 bo‘lsa, u holda e=1 ni aniqlanadi; 3-qadam: ushbu 0 tengsizlikni qanoatlantiruvchi tasodifiy (psevdotasodifiy) k butun sonini generatsiya qilinadi; 4-qadam: elliptik egri chiziqning C=[k]N nuqtasini hisoblanadi va ni aniqlanadi, bu erda nuqtaning x koordinatasi. Agar bo‘lsa, u holda 3-qadamga qaytiladi; 5-qadam: s≡(rd+ke) (mod t) ifodaning qiymatini hisoblanadi. Agar s=0 bo‘lsa, 3-qadamga qaytiladi; 6-qadam: r va s larni ERI sifatida chiqishga beriladi. Ushbu jarayon uchun dastlabki (kirishdagi) ma’lumotlar M xabar va ERIning yopiq kaliti d, chiqish natijasi bo‘lib esa, (r, s) elektron raqamli imzo hisoblanadi. 134 BOSHLANISHI M xabardan xesh-qiymatni hisoblash α Ni olish va е ni hisoblash k tasodifiy sonini hosil qilish С=kP elliptik egri chiqiziq nuqtalarini hisoblash. r ni hisoblash r = 0 s qiymatni hisoblash s = 0 s va r qiymatlari bo’yicha raqamli imzoni hisoblash TAMOM Imzoni shakllantirish jarayoni Ha Yo’q Ha Yo’q 5.23-rasm. Elektron raqamli imzoni shakllantirish jarayoni. Elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash. Olingan M xabar ostiga qo‘yilgan ERI haqiqiyligini tasdiqlash uchun algoritm bo‘yicha quyidagi amallarni (qadamlarni) bajarish zarur: 1-qadam: agar 0 < r < t, 0 o‘tiladi, aks holda, “imzo haqiqiy emas” deb qabul qilinadi; 2-qadam: M xabar bo‘yicha xesh-funksiyani hisoblanadi: m=H(M); 3-qadam: e≡m(mod t) ni hisoblang. Agar e=0 bo‘lsa, u holda e=1 ni aniqlanadi; 4-qadam: ifodaning qiymati hisoblanadi; 135 5-qadam: ushbu ifodalar qiymatlari hisoblanadi; 6-qadam: elliptik egri chiziqning nuqtasini hisoblanadi va ni aniqlang, bu erda nuqtaning x koordinatasi. 7-qadam: agar R=r tenglik bajarilsa, u holda “imzo haqiqiy”, aks holda “imzo haqiqiy emas” deb qabul qilinadi. BOSHLANISHI M xabardan xesh-qiymatni hisoblash α Ni olish va е ni hisoblash e ga teskari bo’lgan v ni hisoblash С=kP elliptik egri chiziq nuqtalarini hisoblash va u bo’yicha R ni hisoblash 0 0 Z1 va Z2 hisoblash R = r TAMOM (Imzo haqiqiy) Imzoni tekshirish jarayoni Ha Yo’q Ha Yoq s va r qiymatlari bo’yicha raqamli imzoni hisoblash TAMOM (Imzo haqiqiy emas) 5.24-rasm. Elektron raqamli imzoni tekshirish jarayoni Ushbu jarayon uchun dastlabki ( kirishdagi) ma’lumotlar bo‘lib, imzolangan 136 M xabar, (r, s) elektron raqamli imzo va ERI ochiq kaliti, chiqish natijasi bo‘lib esa, mazkur ERI haqiqiyligi yoki haqiqiy emasligi haqidagi axborot hisoblanadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling