Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
61b762c5e6d666.07483815
В
r r E B A В А K ) , ( : В А K r r E B А Ikkinchi axborotni olishi bilan qatnashuvchi V oldingi protokoldagi tekshirishni amalga oshiradi va qatnashuvchi A ga atalgan uchinchi xabarga kiritish 163 uchun qo‘shimcha tasodifiy son A r ni rasshifrovka qiladi. Qatnashuvchi A uchinchi xabarni olganidan so‘ng A r va B r larning qiymatlarini tekshirish asosida aynan qatnashuvchi V bilan ishlayotganiga ishonch hosil qiladi. Autentifikatsiya jarayonida uchinchi tarafni jalb etish bilan foydalanuvchilarni autentifikatsiyalashni ta’minlovchi protokollarning mashhur namunalari sifatida Nidxem va Shrederning maxfiy kalitlarni taqsimlash protokolini va Kerberos protokolini ko‘rsatish mumkin. Kerberos protokoli "mijoz-server" va ham lokal va ham global tarmoqlarda ishlovchi abonentlar orasida aloqaning himoyalangan kanalini o‘rnatishga atalgan kalit axborotini almashish tizimlarida autentifikatsiyalash uchun ishlatiladi. Bu protokolning MicrosoftWindows 2000 va UNIX BSD operasion tizimlariga autentifikatsiyalashning asosiy protokoli sifatida o‘rnatilganligi alohida qiziqish o‘yG‘otadi. Kerberos ishonch qozonmagan tarmoqlarda autentifikatsiyalashni ta’minlaydi, ya’ni Kerberos ishlashida niyati buzuq odamlar quyidagi harakatlarni bajarishlari mumkin: - o‘zini tarmoq ulanishining e’tirof etilgan taraflaridan biri deb ko‘rsatish; - ulanishda ishtirok etayotgan kompyuterlarning biridan foydalana olish; - har qanday paketni ushlab qolish, ularni modifikasiyalash va/yoki ikkinchi marta uzatish. Kerberos protokolida xavfsizlik ta’minoti yuqorida keltirilgan niyati buzuq odamlarning xarakatlari natijasida paydo bo‘ladigan har qanday muammolarning bartaraflanishini ta’minlaydi. Kerberos protokoli oldingi asrning 80-yillarida yaratilgan va shu paytgacha beshta versiyada o‘z aksini topgan qator jiddiy o‘zgarishlarga duchor bo‘ldi. Kerberos TCP/IP tarmoqlari uchun yaratilgan bo‘lib, protokol qatnashchilarining uchinchi(ishonilgan) tarafga ishonishlari asosiga qurilgan. Tarmoqda ishlovchi Kerberos xizmati ishonilgan vositachi sifatida harakat qilib, tarmoq resurslaridan mijozning (mijoz ilovasining) foydalinishini avtorizasiyalash bilan tarmoqda ishonchli autentifikatsiyalashni ta’minlaydi. Kerberos xizmati 164 alohida maxfiy kalitni tarmoqning har bir sub’ekti bilan bo‘lishadi va bunday maxfiy kalitni bilish tarmoq sub’ekti haqiqiyligining isbotiga teng kuchlidir. Kerberos asosini Nidxem-Shrederning uchinchi ishonilgan taraf bilan autentifikatsiyalash va kalitlarni taqsimlash protokoli tashkil etadi. Nidxem- Shreder protokolining ushbu versiyasini Kerberosga tatbiqan ko‘raylik. Kerberos protokolida (5-versiya) aloqa qiluvchi ikkita taraf va kalitlarni taqsimlash markazi KDC (Key Distribution Center) vazifasini bajaruvchi ishonilgan server KS ishtirok etadi. Chaqiruvchi ob’ekt A orqali, chaqiriluvchi ob’ekt V orqali belgilanadi. Seans qatnashchilari, mos holda Id A va Id B noyob identifikatorlarga ega. A va V taraflar, har biri alohida, o‘zining maxfiy kalitini server KS bilan bo‘lishadi. Aytaylik, A taraf V taraf bilan axborot almashish maqsadida seans kalitini olmoqchi. A taraf tarmoq orqali server KSga Id A va Id B identifikatorlarni yuborish bilan kalitlar taqsimlanishi davrini boshlab beradi: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling