Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi pkqt va umo tarmoq markazi


Bitiruv ishi mavzusining dolzarbligi va zaruriyati


Download 0.93 Mb.
bet3/25
Sana26.09.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1688244
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bitiruv ishi mavzusining dolzarbligi va zaruriyati. Jahonning ko‘pgina taraqqiy etgan davlatlarida global axborot xavfsizlik makonini yaratish dolzarb vazifaga aylandi, axborotlashgan jamiyatning jadallik bilan rivojlanishi tabiiyki, ma’lumotlarning xavfsizligiga bo‘ladigan xatarlarni ham yuzaga keltiradi. Rivojlangan davlatlarda, shu jumladan, AQSH, Fransiya, Germaniya, Rossiya davlatlarida kiberxavfsizlik mexanizmlarini takomillashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Respublikamizda ta’limni axborotlashtirish sharoitida bo‘lajak mutaxassislarda axborot-kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish, raqamli texnologiyani keng joriy etish orqali axborot madaniyatini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 9 sentyabrdagi O‘RQ-444-son “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”, 2020 yil 23 sentyabrdagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”, 2019 yil 3 maydagi PQ-4307-son “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”, 2021 yil 26 martdagi PQ-5040-son “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu mavzuni o‘zlashtirish muayyan darajada xizmat qiladi.
Bitiruv ishining ob’yekti. Axborot texnologiyalari fani kesimida “Kiberxavfsizlik siyosati va uni boshqarish” mavzusini o‘qitish hisoblanadi.
Bitiruv ishining predmeti. Talabalarning “Kiberxavfsizlik siyosati va uni boshqarish” mavzusida zamonaviy innovasion pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda ma’ruza va amaliy darslarni tashkil etish jarayonidir.
Bitiruv ishining maqsadi. “Kiberxavfsizlik siyosati va uni boshqarish” mavzusini o‘qitish jarayonida talabalarda axborot xavfsizligi ko‘nikmalarini shakllantirishga tayyorlash.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling