MIMO (Multiple Input Multiple Output) ma`lumotlarning tizimli
tezligini oshirish usuli
Sathni ko`rsatilishi va oldindan kodlashtirish MIMO ni qo`llash uchun zarur.
Odatda sath sath kanalning fazo bo`yicha mul`tipleksirlanishiga mos keladi.
MIMO tizimi N
transmitters
x N
receivers
qiymati bilan aniqlanadi. LTE uchun 1x1, 2x2,
3x2 i 4x2 konfiguratsiyalari berilgan. Shunga e`tibor qaratish kerakki, qabul
qiluvchi antennalar maksimal soni faqat ikkita bo`lganda uzatuvchi antennalar soni
to`rttagacha etishi mumkin. Xuddi shunday, tizimda fazoviy taqsimlanish bilan
faqat ikkita ma`lumotlar oqimi uzatilishi mumkin. 1x1 yoki 2x2 tizimlari uchun
sathlar bilan uzatuvchi antenna portlari orasida birga bir moslik mavjud. Shunga
qaramasdan 3x2 va 4x2 tizimlari uchun faqat ikkita fazoviy mul`tipleksirlangan
kanal bor. Xuddi shunday, bunday holda bir yoki ikkala ma`lumotlar oqimi uchun
rezervlash kuzatiladi. Sathning tayinlanishi faqat qo`shimcha uzatuvchi antenna
o`rnatilganda amalga oshiriladi. Fazoviy mul`tipleksirlash bilan o`zaro aloqada
oldindan kodlashtirish ham ishlatiladi. Shunga yana bir bor e`tibor qaratamizki,
41
MIMO tizimi fazoviy ma`lumotlar oqimining bir-biriga bog`liq bo`lmasligiga
erishish uchun ko`pnurlanish usulini ishlatadi. Boshqa so`z bilan aytganda, MIMO
tizimi normal ishlashi uchun etarli darjadagi nurlanish rejimiga ehtiyoj sezadi.
Umumiy shovqin darajasi past muhitda va kichik buzilishlarda yuzaga keltirilgan
ko`pnurlanishda MIMO tizim effektivligi kamdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |