2.3. LTE ning fizik sathi va kadrning umumiy strukturasi
LTE DL va UL uchun asosiy farqlardan biri kadrning umumiy strukturasidir.
Yuqorida ta`kidlaganimizdek, LTE spetsifikatsiyalarida ham chastota (FDD)
bo`yicha ham vaqt (TDD) bo`yicha dupleks rejimlari aniqlangan.
Biz bu erda faqat chastota bo`yicha dupleks FDD rejimiga asoslanamiz.
Shuning uchun DL uchun ham UL uchun ham kadrning umumiy strukturasi FDD
rejimida aniqlanadi.
LTE tizimida uzatish kanali 10 msek uzunlikdagi kadrlarga bo`lingan. Kadrlar
har biri 0,5 msek davomiylikka ega bo`lgan 20 ta slotni o`z ichiga oladi.
Subkadrlar ikkita slotni o`z ichiga oladi va 1,0 msek davomiylikka ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |